Bu qanday ishlaydi:
Bu dasturda biz foydalanuvchidan biror qiymat kiritishini so'raymiz, kiritilgan qator uzunligi 3 dan katta bo'lsa, tegishli amallarni bajaramiz. Satr uzunligini hisoblash uchun len funksiyasini ishlatdik va agar satr uzunligi 3 dan kichik bo'lsa, qolgan amallarni continue operatori yordamida bajarmay, siklning keyingi iteratsiyasiga o'tamiz. Aks holda biz uchun kerakli amallarni bajaruvchi buyruqlar bajariladi.
Eslab qoling, continue operatoti for sikli bilan ham ishlaydi.
Bu darsimizda buyruqlar ketma-ketligini boshqaruvchi uchta if, while va for operatorlari hamda ular bilan bog'liq bo'lgan break va continue operatorlaridan qanday foydalanishni ko'rib chiqdik. Bular Pythonning eng ko'p ishlatiladigan konstruksiyalaridan hisoblanadi. Shuning uchun ulardan foydalana olish ko'nikmasi juda ham muxim.
Do'stlaringiz bilan baham: |