Oraliq nazorat ishi - 1
I.
Denotat
Manbaidan quyilish joyi tomon tabiiy o`zandan doimiy ravishda oqib turadigan kattasuv
Signifikat
Daryo bo`yi Daryo suvi Amudaryo Azim daryo
DARYO
Konnatat
Ilm daryosi g`azab daryosi rahmat daryosi turmush daryosi mehr daryosi
DARYO LEKSEMASI
NOMEMASI: D,A,R,Y,O;
SEMEMASI : Quyilish joyi tomon tabiiy o`zandan doimiy ravishda oqib turadigan kattasuv
SEMALARI: Katta suv , dengiz
DENGIZ LEKSEMASI
NOMEMASI: D,E,NG,I,Z;
SEMEMASI: Okeanning quruqlik yoki orol va yarimoroldan ajralgan qismi
SEMALARI: Okean, Daryo
HOVUZ LEKSEMASI
NOMEMASI: H,O,V,U,Z
SEMEMASI: Suv to`planadigan joy
SEMALARI: baseyn, suv idishi, chuqurlik
II. M.Mirtojiyevning “O`zbek tili semasiologiyasi” nomli monografiyasi so`z semantikasiga bag`ishlangan. Unda asosan leksik ma’no, leksik ma`noning semantik tarkibi, leksik ma`noning taraqqiyoti, leksik ma`noning tiplari, leksik ma`noning miqdoriga ko`ra so`z tiplari, leksik ma`nolarning paradikmatik munosabatlari, leksik ma`nolarning o`zaro tintagmatik munosabati yoki valentliklar haqida ma`lumotlar beriladi. Muallif leksik ma`no haqida ma`lumot berar ekan so`zning leksik, gramatik va so`zlovchining o`z nutqiga munosabatini bildiruvchi ma`nosi, leksik ma`no va tushuncha, uzual va okkazional leksik ma`nolarga to`xtalib o`tadi. Bundan tashqari monosemiya, polesemiya, pinonimiya, antonimiya, qorrelyatpsiyalarga ham to`xtalib o`tiladi. Sinonimlarning absolyut va semantik turlari haqida ma`lumot beriladi. So`z valentligini tavsif qilib leksik-semantik, vositali semantik, shakl semantikasi valentligi, mantiqiy semantik valentlik, emotik valentlik kabi turlari haqida ma`lumot berib o`tadi.
M. Mirtojiyevning yana bir kitobi “ O`zbek tilida polisemiya “ deb nomlanadi. Bu kitob olim tilshunosligimizda mavjud bo`lgan polisemiyaga yondosh hodisalar qiyoslab o`rgangan va uning doirasini aniqlashda anchagina ishlar qilgan. Shuningdek, olim mazkur monografiyasida polisemiyalarning omonimlardan farqi, fraza tarkibidagi so`z ma`nolari polesemantik so`z strukturasi uchun aloqasi yo`qligini yoritib bera olgan. Olim polesemantik so`zlarning strukturasi faqat leksik ma`nolar bilan o`lchanadi, boshqa ma`nolar esa polesemantik so`zning ma`no strukturasini tarkib toptiruvchi leksik ma`nolar miqdori, uning lug`at maqolasida qayd etilgan ma`nolar miqdori teng kelishi shart emas, chunki lug`at maqolasida so`zning leksik ma`nolari qatoriga boshqa ma`nolarni ham sanab, qo`shib ketishni lug`atchilik inkor etmaydi deydi. Shuningdek olim polisemiyalarga tilning ko`pgina hodisalari qorishib ketishi mumkin, polisemiya bilan chalkashlikni yuzaga keltiruvchi yondosh hodisalar asosan konversiya, omonim, frazalardir ular o`rtasida aloqa yo`qligini va shunung uchun ular orasidagi farqni ko`rib chiqqanligini ta`kidlaydi.
III.
1. Qarindoshlikning davomiyligiga ko`ra:
Bobo, bola, nabira, chevara, evara, duvara
2. Rang darajasining ortib borishiga ko`ra:
Gulobi, pushti, qizg`ish, qizil, qirmizi
3. Pastga nisbatan yuqorida joylashuviga ko`ra:
Do`ng, qir, adir, tepa, dovon, tog`, cho`qqi
4. Payt zamoniga ko`ra:
Endi, hozir, boya
5. Haroratning pasayib borishiga ko`ra:
Isimoq, sovumoq, muzlamoq
6. Voyaga yetishish darajasiga ko`ra:
Ko`chat, nihol, daraxt
7. Shaxsning ko`pligiga ko`ra:
Men, biz, hamma
8. Katta-kichikligiga ko`ra:
Pakana, o`rta bo`y, novcha, daroz
9. Hayot davrining bosqichlariga ko`ra:
Tug`ilmoq, yashamoq, o`lmoq
10. Yonish darajasiga ko`ra:
Uchqun, cho`g`, o`t, olov, alanga
Do'stlaringiz bilan baham: |