6.2. Signaturali tahlil qurilmalari
Birinchi signaturali taxlilchi XP5004A “Xevlett-Packard” firmasi tomonidan chiqargan bu taxlilchi nazorat qilinayotgan raqamli qurilmaning nosozliklari natijasida, taxlil qilinayotgan berilgan ketma-ketliklarida xatoliklar topishga mo‘ljallangan.
Signaturali taxlilchining tarkibiy sxemasi 6.2-rasmda keltirilgan.
6.2-rasm
6.2-rasmdagi 1-siljituvchi registr, 2-ikkini moduli bo‘yicha jamlagich bo‘lib, uning kirishlariga registr chiqish razryadlari ulangan, hosil qiluvchi ko‘pxadga mos qilib signaturali taxlilchining boshqaruvchi signallari bo‘lib, START, SBROS va SDVIG xizmat qiladi. START va SBROS signallari taxlilchida informasiya ixchamlashni amalga oshiruvchi amallarni, vaqtinchalik vaqt oraliqlarini hosil qiladi. START signali ostida 1-siljituvchi registrning xotira elementi boshlang‘ich holatga (0-holatga) o‘tadi, registrning o‘zi esa SDVIG sinxron signali ostida o‘ng tomonga bir razryadli siljich funksiyasini bajaradi. CA asosiy elementi bo‘lib teskari bog‘lanishli siljituvchi registr hisoblanadi, u sxemaning aniq tugunidan aniq uzunlikda tanlab olingan ikkilik ketma-ketliklarini signaturaga aylantiradi. Ko‘pgina hollarda signaturali taxlilchilarda 16-bitli teskari bog‘lanishli suruluvchan registr ishlatiladiki, u kirish ikkilik ketma-ketliklarini to‘rt razryadli o‘n oltilikka (16)^4=2^16 tekshirilayotgan tugunning signaturasiga aylantiradi.
Teskari aloqa to‘rtta razryadli signallari bilan G(X) qonuniga mos ravishda qayta ishlanuvchi issiqlik ketma-ketliklar ikkini moduli bo‘yicha jamlanadi. G(X) ko‘pxadini ko‘rinishini tanlash xatoliklarni gruppalanishiga ruxsat bermaslik sharti asosida bajariladi. SHu sababdan juft kirishlar sonini qo‘llashni hamda sakkiz yoki to‘rt razryaddan keyin chiqish simlarini bajarish tavsiya etilmaydi, chunki ular mikroprosessorlarda extimoli yuqori bo‘lgan so‘z o‘lchovlariga mos keladi
Teskari aloqa ifodasini X^16+X^12+X^9+1 qo‘llab siljituvchi registrning 7,9,12,16, razryadlarida, ya’ni toq kirishlar sonida Xevlett-Packard firmasi to‘xtatadi.
Qayta ishlanuvchi ikkilik ketma-ketliklar singari registr ham taktli signallar bilan sinxronlashtiriladi. Kirish ketma-ketliklari ixtiyoriy ma’lum uzunlikda bo‘lishi mumkin, lekin qayta ishlash so‘ngida ular 16 bitli so‘zga aylanadi. O‘n oltili formatda tasvirlangan bitli so‘zlar izlangan signatura bo‘ladi.
Signaturali taxlilgichda kirish ketma-ketliklari quyidagicha o‘zgartirilishi bajariladi, teskari aloqalar bilan aniqlanadigan kirish ketma-ketlikning kodi yaratuvchi ko‘pxadga G(X) bo‘linadi.
Siljituvchi registr yordamida bo‘lish bajariladi va hamma ketma-ketlikni yaratuvchi ko‘pxadga bo‘lgandan so‘ng bu registrda qayd etilgan qoldiq shu ketma-ketlikning signaturasi bo‘ladi. Siljitish registridagi bo‘lish ikkini moduli bo‘yicha jamlanish va teskari aloqalar hisobiga bajariladi.
Signaturani olish jarayoni qandaydir ma’lum takt signallari bilan mos ravishda aniqlanuvchi vaqt oralig‘i – “darchani” ko‘zda tutadi va signaturali taxlilchi kirishiga keladigan shunday miqdordagi chiqish bit ketma-ketliklari hosil qiladi. Taxlilgichini “darcha” darcha tuzuvchi sxemasi bo‘lib uni kirishiga START, SDVIG, SBROS signallari keladi. 6.3-rasmda signaturani tuzish jarayoni uzunligi 20 taktga mos “darcha” uchun 11111100000111111111 kirish ketma-ketligiga ko‘rsatilgan.
6.3-rasm.
Birinchi ettita takt davomida teskari aloqa zanjiri orqali 0 keladi va kirish ketma-ketligining boshlang‘ich 7 biti hech qanday o‘zgartirishsiz registrga kiritiladi.
Ettinchi taktdan so‘ng teskari aloqa zanjiri bo‘yicha 1 keladi, u sakkizinchi taktda registrning birinchi razryadiga joylashadi (kirish ketma-ketligining sakkizinchi tartibida 0 turibdi). Taxlilgchi keyingi taktlarda ham shunga o‘xshash ishlaydi. “Darcha” berkilgandan so‘ng (20 taktdan keyin) registrda 16 bitli 1110100101010011 qoldiq H953 ga mos signatur hosil bo‘ladi.
SHunday qilib, signaturali taxlil usuli katta bo‘lmagan qo‘shimcha jihozni va ancha-muncha sodda universal tashiladigan signaturali taxlilgichni talab qiladi.
Apparaturani tekshiruvchi test-dastur tekshiriluvchi jihozni o‘ziga joylashtirilgan doimiy xotira qo‘rilmasi katta integral sxemasiga yozilish mumkin. Signaturali taxlildan foydalanilganda mikroprosessor qurilmada nosozlikni ishlash televizorga texnik xizmat ko‘rsatishga o‘xshaydi, uni tuzatuvchi usta testir va shu yordamida ushbu zanjirdagi signallarni, sxemani chizmasida ko‘rsatilgan signal bilan solishtiradi. Farqlanish aniqlanganda nosozlik o‘rnini aniqlash uchun chiqishdan kirishgacha harakatlanib signallarni ko‘rib chiqish bajariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |