4.6 To‘g‘rilagich tiristorlarini boshqarish tizimi funksional sxemasini
ishlab chiqish.
Tiristorli o’zgartkichlar kuch sxemasi va boshqaruv tizimidan iborat bo’ladi. Boshqariluvchi to’g’rilagichning kuch sxemasini boshqariluvchi tiristorlar tashkil etadi, ular boshqaruv elektrodlariga ma’lum vaqtda yetarli quvvatga ega bo’lgan impuls berilgandan keyingina ishlashi mumkin. Bu vazifani impuls-faza boshqaruv tizimi (IFBT) bajaradi. IFBT quyidagi ikki vazifani bajaradi:
Tiristorlarning ulanish vaqtlarini aniqlash;
Tiristorlarning boshqaruv elektrodlariga kerakli vaqtda beriladigan
boshqaruv signallarini, ya’ni impulslarni shakllantirish.
AKG – arrasimon kuchlanish generatori;
QIH – qisqa impulslarni hosil qiluvchi;
IK – impuls kuchaytirgich.
TV1 kuch transformatoridan liniya kuchlanish (Uas) olamiz. Olingan
signal pasaytiruvqchi transformator TV2 ga uzatiladi, bu erda transformator
to’g’rilagichni katta qiymatli kuchlanish va toklardan himoyalovchi, oshqaruv tizimi bilan to’g’rilagichning kuch sxemasi o’rtasida o’zaro galvanik bog’liqlikni uzish vazifasini o’taydi. Komparator K1 yordamida o’zgartkichning sinusoidal liniya kuchlanishi shunday ketma-ketlikda o’zgaruvchi to’g’ri burchakli impulslarga o’zgartiriladi. Komparator K1 dan olingan impulslar arrasimon kuchlanishlar generatori AKG ga uzatiladi va u erda impulslar arrasimon ko’rinishdagi kuchlanishga o’zgartiriladi. Komparator K2 ga berilgan boshqaruv kuchlanishi U va berilayotgan arrasimon kuchlanish asosida boshqaruv burchagi α ni belgilovchi signal hosil qilinadi. Qisqa impulslarni tashkil etuvchi QIH qabul qilib olingan to’g’ri burchakli impulsdan davomiyligi va qiymati bo’yicha tiristornining ochilishi uchun etarli bo’lgan kuchlanish impulsini shakllantiradi. Bu impuls impuls kuchayaytirgich IG kuchaytirilib tiristorning boshqaruv elektrodiga
uzatiladi.
Xulosa
Berilgan birlamchi ma’lumotlar asosida to’g’rilagich sxemasi tanlandi va
hisoblandi. O’zgartkichning berilgan FIK asosida to’g’rilagichning uch
fazali ko’prik sxemasi (Larionov sxemasi) tanlandi.
Kuch sxemasi uchun sovutish tizimi O153-150 bo’lgan T253-1000 tipdagi
tiristorlar tanlandi.
0.8 mkF sig’imli kondensator, qiymati 0.036 Om bo’lgan rezistordan iborat
bo’lgan (quvvati 6.5 Vt) RC-zanjiri hisoblandi.
Transformatsiya koeffitsienti KT = 0.359 bo’lgan moslovchi transformatorning asosiy ko’rsatkichlari hisoblandi.
Yuklanish quvvati 10 kVt dan yuqori bo„lgani uchun (bizning misolimizda ST=133.88 kVt induktivligi Ld =685 mkGn bo’lgan filtr tanlandi.
To’g’rilagichning boshqaruv tavsifi hisoblandi va qurildi. Boshqaruv burchagining α = 60° qiymatida boshqaruv tavsifining egilishi boshlanadi va
tavsifning nolga teng bo’lishi α = 120° bo’lganida yuzaga keladi.
Boshqaruv burchagining turli qiymatlari uchun to’g’rilagichning tashqi tavsiflari hisoblandi va qurildi.
Tiristorlarni boshqarish uchun IFBT asosida boshqaruv tizimining funksional sxemasi yaratildi va ishlash prinsipi bayoni berildi.
Adabiyotlar ro‘yxati.
CHebovskiy O.G. i dr. Silovыe poluprovodnikovыe priborы. Spravochnik. –
M.: Energoatomizdat, 1985.
2. Imomnazarov A.T. Elektromexanik tizimlarning elementlari. Toshkent,
“Ta`lim”, 2009 y.
3. Moщnыe poluprovodnikovыe priborы. Tiristorы. Spravochnik / V.YA.
Zamyatin, B.V. Kondratьev. – M.: Radio i svyazь, 1988 g.
Katalog elektronnыx komponentov. – M.: RTK, 2004 g.
Do'stlaringiz bilan baham: |