Sifatni boshqarish fazasi. Aqsh da sifatni boshqarish tajribasi yaponiyada sifatni boshqarish tajribasi


-rasm. «Sabab–oqibatlar» diagrammasi



Download 50,41 Kb.
bet4/9
Sana04.06.2022
Hajmi50,41 Kb.
#634293
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
3-mavzu

4-rasm. «Sabab–oqibatlar» diagrammasi
(Ishikava diagrammasi)»


2.AQSH da SIFATNI BOSHQARISH TAJRIBASI
Amerikadagi sanoat inqilobi hunarmandchilikka chek qo‘ydi. Hynarmand ishlab chiqarish jarayonini boshidan oxirigacha nazorat qilardi. Uning o‘zi sifat bo‘yicha nozir edi, o‘zi xom ashyo sotib olardi, o‘zi savdo qilar va boshqaruvchi vazifasini ham o‘zi bajarar edi. Ish uning uchun faxrlanish predmeti hisoblanardi, bundan tashqari u yakuniy mahsulotni nazorat ham qila olardi.
XIX asrda seriyalab ishlab chiqarishga o‘tish natijasida ishchining yangi tipi talab etildi. Fabrikalar uchun oddiy takrorlanuvchi operatsiyalarni ma’lum ketma-ketlikda bajarishga rozi bo‘lgan ishchilar zarur edi. Bunday ishchilarning tayyorgarlik darajasi va kasbiy malakasi yuqori bo‘lishi talab etilmas edi. Ishni boshqarish uslubi shunga asoslangan ediki, bunda ishchi hech qanday uskunaga, ish malakasiga ega emasdi, munosabatlarga kirishiga intilmas va mehnati natijalaridan manfaatdor emasdi. Mana shular oqibatida ishchilar va rahbariyat o‘rtasida dushmanlarcha munosabatlar shakllangan edi. Ishchi unga nima buyurilsa shuni qilardi. Agar u yomon ishchi bo‘lsa uni ishdan bo‘shatishar edi.
Amerikada bu tizim yaxshi ishlardi, u kam sarflar bilan ko‘p tovar ishlab chiqarish imkonini berardi. Ikkinchi jahon urushidan keyin, ulkan sanoat salohiyatining kattagina qismi yo‘qotilgan bir vaqtda barcha mamlakatlarda keng iste’mol tovarlari etishmovchiligi yuzaga kelgan edi. AQSH hududi bombalar hujumiga uchramagan, quruqlikda ham urushlarni boshdan kechirmagan edi. AQSH sanoati sobiq soldatlarning uyga qaytishi natijasida butun dunyoda ortib ketgan ehtiyojni qondirish uchun juda tezda va cheklanmagan miqdorda sovitkichlar, televizorlar, avtomobillar va radiopriyomniklar ishlab chiqara boshladi. XX asrning 40- va 50-yillarida Amerikada ishlab chiqarilgan tovarlarning sifati past edi. U vaqtda faqat bitta masala, ya’ni ishlab chiqarish hajmlariga tegishli masala ustidagina o‘ylangan edi.
AQSH sanoati uchun sifat darajasining pastligi oqibatidagi juda katta xarajatlar jiddiy muammo bo‘lib qoldi. Oddiy amerika korxonasi jami joriy xarajat-larining 20-25% mahsulot nuqsonlarini aniqlash va bartaraf etishga to‘g‘ri kelardi. Boshqacha aytganda korxonadagi barcha ishchilarning to‘rtdan bir qismigacha hech narsa ishlab chiqarmas, faqat birinchi marta noto‘g‘ri qilingan ishlarni qayta bajarar edilar. Agar bunga korxona tashqarisiga chiqib ketgan hamda bozorga kelib tushgan nuqsonli buyumlarni almashtirish va ta’mirlash xarajatlari ham qo‘shilsa, sifatning pastligi oqibatidagi jami xarajatlar ishlab chiqarish xarajatlarining 30% va undan ham ko‘prog‘ini tashkil etardi.
AQSHning ko‘plab mutaxassislari past sifat mehnat unumdorligi va amerika mahsulotlari raqobatbardoshligi o‘sishining asosiy to‘sig‘i deb hisoblaganlar. Sifat darajasini oshirish yoki yutqazish – amerika sanoati uchun boshqa uchinchi yo‘l yo‘q.
AQSHda sifat muammosini ko‘proq turli proteksionistik choralar: amerika mahsulotlarini raqobatchilardan himoyalovchi tariflar, kvotalar, bojlar o‘rnatib hal qilishga harakat qildilar. Sifatni oshirish masalasi esa ikkinchi o‘ringa surildi. AQSH ma’muriyati amerikalik tadbirkorlarning talablariga ko‘ra amerikalik avtomobil, po‘lat, maishiy elektronika, mototsikllar ishlab chiqaruvchilarni himoyalash bo‘yicha bir qator proteksionistik choralar qabul qildi. Hatto mahsulot sifati asosiy maqsadi deb hisoblanadigan etakchi amerika kompaniyalarida ham sifatga iste’molchilarning ehtiyojlarini qondirish usuli deb emas, balki ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish vositasi sifatida qaralgan.
AQSHda 80-yillarning boshlarida sifatni boshqarish sifatni rejalashtirishdan iborat bo‘lib qolgan, - va bu sifat xizmatining alohida huquqi edi. Bunda ichki ishlab chiqarishdagi iste’molchilarga etarlicha e’tibor berilmas – sifatni oshirish rejalari firmaning ichki ehtiyojlarini hisobga olmasdan tuzilar edi. Sifatni bunday boshqarish jarayoni rejalarni emas, muammolarni yaratar edi.
SHu bilan birga AQSH firmalarining eng sog‘lom fikrlovchi boshqaruvchilari amerika tovarlarining sifatini oshirish zarurligini tushundilar. Buning uchun qanday choralar taklif etildi? Quyidagi muammolarni rivojlan-tirishga e’tibor berishga qaror qilindi:



  • ishchilarni dalillar bilan ruhlantirish (motivatsiya);

  • sifat to‘garaklari;

  • nazoratning statistik usullari;

  • xizmatchilar va boshqaruvchilarning ongliligini oshirish;

  • sifatga sarflanadigan xarajatlarni hisob olish;

  • sifatni oshirish dasturlari;

  • moddiy rag‘batlantirish.



Sifatni boshqarishning kompleks tizimi shakllanishi va tarqalishi bilan bozor sifat narxdan muhimroqligini tan oldi.
AQSHda sifat muammosini engilroq tasavvur eta boshladilar. Amerika sanoatining resurslari, salohiyati, ambitsiyalari va yaxshi haq to‘lanadigan yuqori bo‘g‘in rahbariyati mavjud. YAngi texnologiyalar va mahsulotlar-ning yangi turlarini ishlab chiqishga sarflangan juda katta kapital mablag‘lar, shuningdek ishchilar va boshqaruvchilar o‘rtasidagi mahsulot hamda ishlar sifatini oshirishdan umumiy manfaatdorlik asosiga quriladigan yangi munosabatlar AQSH da yangi texnik inqilob uchun shart-sharoit yaratadi.
Sifat sohasidagi inqilobning mohiyati buyurtmachilar (iste’molchilar)ning talablarini qondirish hisoblanadi. Konveyerdagi har bir ishchi undan oldingi ishchi mahsulotining iste’molchisi hisoblanadi, shuning uchun har bir ishchining vazifasi ishining sifati keyingi ishchini qoniqtirishini ta’minlashdan iborat.

Download 50,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish