Sifatlovchi bilan ifodalanishi: Aytilgan so'z-otilgan o'q. (Maqol.)



Download 10,75 Kb.
Sana24.03.2022
Hajmi10,75 Kb.
#507400
Bog'liq
fodalanishi-WPS Office


fodalanishi

Predmetning turli belgilarini, bir predmetning ikkinchi predmetga qarashli ekanligini bildiruvchi ikkinchi darajali bo'lak aniqlovchi deyiladi. Aniqlovchi qanday? qanaqa? qaysi? qancha? kimning? nimaning? qayerning? kabi so'roqlaridan biriga javob beradi. Masalan: Oq, sariq. qizil, rang-barang chirmoviqlar, tikanli gullaming hammasi shudring bilan top-toza yuvilgan. (O.Yo.) Aniqlovchi asosan, otga bog'lamb keladi. Aniqlovchi qanday ma'noni ifodalashiga ko'ra uch xil: 1) sifatlovchi, 2) qaratqichli, 3) izohlovchi.

Sifatlovchi. Predmetning belgi-xususiyatL hajmi, shakli, maza-ta'mi, rang-turi, miqdor-darajasi, tartibi kabilarni bildiruvchi aniqlovchi turi sifatlovchi deyiladi. Sifatlovchi bog'lanib kelgan so'z sifatlanmish deyiladi. Sifatlovchi o'z sifatlanmishiga bitishib yoki bog'lanib, sifat, son, olmosh, ravish, sifatdosh. undov, taqlid so'zlar va so'z birikmasi bilan ifodalanadi.

Sifat bilan ifodalanishi: Nasiba g'ayratli, ishchan tashabbuskor bir qiz bo'lib o'sdi. (0. Yo.) Rang-barang gullar gulzorning husniga husn qo'shib turibdi. (Sh.R.)

Son bilan ifodalanishi. Uch og'ayini botirlar ertagini o'qidim. Ikkala do'st qizg'in bahslashardi.

Olmosh bilan ifodalanishi: Huv, o'sha aytgan yigit sizmisiz. Devor ortidagi qo'rg'onchada xotin kishi aytayotgan qo'shiq Bol-tavoyga huv, o'sha anorzor bog'ni, Salomatni eslatib qo'ydi (S. A.)

Ot bilan: Po'lat pichoq qinsiz qolmas. (Maqol.) Oltin boshoqlar shitirlaydi. Temir darvozadan kiriladi.

Sifatlovchi bilan ifodalanishi: Aytilgan so'z—otilgan o'q. (Maqol.)

Gurillagan shabada sekin esadi.

Ravish bilan: Qirning uzoq-yaqin yon bag'irlaridan qo'y-qo'zilarning ma'rashi eshitilib turar edi. Husniddin mardlarcha tepalikni himoya qildi.

Taqlidiy so'z bilan ifodalanishi: Qisliloqqa sen haqingda duv-duv gap tarqalgan. G'uj-g'uj oppoq tutlar shoxlarida marjondek tizilib turishibdi. (P. T.) Atrofda g'uv-g'uv pashsha. (O.) Kampir so'zini tugatmasdanoq "miyov" degan ovoz eshitildi. (Sh. S.)

Aniqlovchining bunday shakli aniqlanmishga bitishiv yo'l bilan birikadi.

Ayrim paytda sifatlovchi birikma holida ham kelishi mumkin. Masalan: Shu topda daraxtlar orasidan otilib chiqqan kiyik Alisherni hidladi, erkalanib surkaldi. (O.)

Qattiq yerdan tatalab chiqqan boychechak,

Yumshoq yerdan yumalab chiqqan oychechak. (U.)

Qaratuvchi. O'zi ifoda qilayotgan shaxs yo predmetga boshqa bir shaxs yoki predmetning qarashli ekanligini bildiruvchi aniqlovchi turi qaratuvchi deyiladi. Qaratuvchi quyidagi so'z turkumlari bilan ifodalanadi:

Ot bilan. Xalqni jondan sevgan Alisher Navoiy insonning haq-huquqlarini himoya qiladi va baxt-saodat uchun kurashadi. (0.) Laylakning bo'yi novcha, tumshug'i bor tarnovcha. (U.)

Olmosh bilan. Osmonlarda mening ham bitta lochin akam bor. (Qo'shiq.) Bizning Vatanimiz ozod va hur O'zbekiston. (Tele eshittirishdan.)

Otlashgan sifat bilan.

Yaxshining yaxshiligini ayt nuri toshsin,

Yomonning yomonligini ayt quti qochsin.

(Maqol).


Otlashgan sifatdosh bilan. Maqtanganning to'yiga, kerilganning uyiga borma. (Maqol.)

Izohlovchi. Shaxs yoki predmetni boshqacha nom berish yo'li bilan aniqlaydigan aniqlovchining bir turi izohlovchi deyiladi. Izohlovchi, odatda, ot bilan ifodalanib, quyidagi ma'nolami bildiradi.

1. Unvonni: Akademik Shoabdurahmonov atoqli o'zbektilshunosidir. Zobit Aslonov mashg'ulotlarni katta mahorat bilano'tkazadi.

Mashg'ulot kasb, mutaxassislikni: shoir Usmon Azim tog'liBoysunda tug'ilgan. O'qituvchi Rahim Ahmedov matematikadandars bergan.

Amalni: Yo'lboshchi G'ayrat akam g'oyat ajoyib ekan.(M.A.) Hisobchi Marat aka qishloqqa keldi.

Laqabni: Xurshida bonuni yangi libosda ko'rib yana boyagidaybir daqiqa tikilib qoldi. (O. Yo.) Toshpo'lat tajang nima deydi.


Qarindoshlikni yoki shunga o'xshatilgan munosabatni:Sochlari oqargan bu professor, Ernazar akaga qarab qarsak chalibyubordi. (I. R.)

Taxallusini: Muso Toshmuhammad o'g'li Oybek o'zbekadabiyotiga katta hissa qo'shdi. Muhammad Aminxo'ja Muqimiyo'zbek mumtoz adabiyotining yirik vakilidir.

O'xshash belgi mustaqillik so'zi naqadar laziz (U.) Bizgaerk berdi mustaqillik - ozodlik - quyosh.
Hol va uning ifodalanishi

Ish-harakatning belgisi, qay tarzda bajarilishi, sababi maqsadi va uning bajarilishi bilan bog'liq bo'lgan o'rin va paytga munosabatini ifodalovchi gap bo'lagi hol deyiladi. Qay tarzda? qay holatda? qayerda? qayerga? qayerdan? qachon? kabi so'roqlardan biriga

javob beradi.

Hol ravish, ravishdosh, jo'nalish, chiqish, o'rin payt kelishigidagi ot yoki ko'makchili ot bilan, taqlidiy so'z va son bilan ifodalanadi. Hol vazifasida keluvchi so'z turkumi, asosan, ravishdir. Masalan:

Tong chog'i tun bilan kunduz uchrashdi, Tunda armon bilan yulduz uchrashdi. (U. A.) Ravishdoshning ham asosiy vazifasi gapda hol bo'lib kelishdir. Masalan: G'ulomjon qishloqda bo'lgan voqealarni oqizmay- tomizmay so'zlab berdi. (M.I.)

Hol ma'no xususiyatiga ko'ra quyidagi turlarga bo'linadi: ravish holi,payt holi, o'rin holi, sabab holi, maqsad holi, daraja - miqdor holi.

Ravish holi. Ish-harakatning qay tarzda bajarilishini bildiradigan hol ravish holi deyiladi. Masalan: Ali Qushchi o'ychan odimlaganicha rasadxonaga kirdi. (0. Yo.)

Bulut zamin bilan yig'lab uchrashdi,

Shamol kurtaklarni ilg'ab uchrashdi. (U. A.)

O'rin holi. Ish-harakatning bo'lish, yo'nalish, boshlanish o'rnini bildirgan hol o'rin holi deyiladi. Masalan:

Bunda bulbul kitob o'qiydi

Bunda qurtlar ipak to'qiydi. (H.O.)

Qalandar atrofiga diqqat bilan razm soldi. (0, Yo.) Tepadan unga tanish ko'chalar, uylar, dalalar bir-bir ko'rinib o'tadi. (P. Q.)

Payt holi. Ish-harakatning bajarilish paytini bildiradigan hol payt holi deyiladi. Masalan: Ertalab osh suzsak, bir nasiba kam. (G'.G:.) Ular Samarqanddan kecha tun yarmida chiqqan, tong otguncha, yo'l yurib, subhidan shu jilg'aning boshidagi yong'oq-zorga kelib qo'nishgan edi.(0. Yo.)

Daraja -miqdor holi. Ish-harakatning bajarilishini daraja-miqdor jihatidan aniqlab keladigan hol daraja-miqdor holi deyiladi. Masalan: Yigirma uch gul fasli, bargday umrimdan o'chdi. (U.A.) Mard bir marta o'ladi, nomard ming marta. (Maqol.) Ko'p o'yla, kam so'yla. (Maqol.)

Sabab holi. Ish-harakatning bajarilish sababini bildiruvchi hol sabab holi deyiladi. Masalan:

Ne uchun sevaman O'zbekistonni,

Tuprog'in aylab ko'zga to’tiyo. (A. 0.)

Mustaqillik bo'lgani uchun biz dunyo hamjamiyatiga a'zo bo'ldik. (Gazetadan.) Sen bor uchun men bu yerlarga keldim.Elmurod xursandligidan tez-tez qadam bosib ilgari yurib ketdi. (P. T.) O'zi seni nega sevdim, Buncha bo'lmasam ojiz.

Maqsad holi. Ish-harakatning bajarilish maqsadini anglatuvchi hol maqsad holi deyiladi.

Bola ekan tish chiqardim.

Yovlarni tishlasin deb. (H.O.)



Ko'rgali husningni zori mubtalo bo'ldim senga. (A.N.)Atay senga she'r yozdim mustaqil O'zbekiston. (Gazetadan.) Olimpiada g'oliblarini qutlagani butun
Download 10,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish