Ilmiy ishning natijalari, alohida bo'lim sifatida keltirilgan bo’lsa, qisqa bo'lishi kerak. Bu shunchaki oldingi seksiya (Metodlar) da tushintirilgan ishlarning natijasi, ya’ni o'quvchiga tushinishga oson qilib keltirilgan taqdimot. Ko'pincha, olingan natijalar jadvallar va/yoki grafiklarda keltiriladi. Yaxshi tayyorlangan jadvallar va raqamlar tekst ko’rinishida ozginagina tushuntirishni talab qiladi xolos, shuning uchun natijalar odatda ularni Natijalar va Muhokamalar bo'limida muhokama qilish bilan birlashtiriladi. Natijalarni taqdim etishda muhim vazifa ilgari chop etilmagan yangi natijalarni aniq belgilash va ilgari e'lon qilingan natijalarni to'g'ri ko'rsatishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |