Review va Reviewer lar haqida ko’proq ma’lumot Rev'yuverlar mualliflarning shaxsan o'zidan iqtisodiy yoki ma'naviy qo'llab-quvvatlashni kutmasliklarini hisobga olgan holda, yozilayotgan qo'lyozmani tushinishga oson bo'lishini ta'minlash mualliflarning vazifasidir. Bu shuni anglatadiki, biror tor sohadagi ilmiy ishni to'liq tushunadigan rev'yuverni topish va xech qanday to’lovsiz qo’lyozmani ko'rib berishga ko'ndirish jurnal uchun qiyin masala, albatta o'zlarining ko'p sonli rev'yuverlari bo'lgan taqdirda ham. Shuning uchun, o'simlikning biror fermenti haqidagi qo’lyozmani (misol uchun) ximik ham, bioximik ham, mikrobiolog yoki genetik ham tushuna oladigan darajada yozish nafaqat mualliflar uchun balki jurnal uchun ham kerakli mezon.
Do'stlaringiz bilan baham: |