Sifatida ham



Download 29,49 Kb.
bet1/3
Sana01.04.2022
Hajmi29,49 Kb.
#523282
  1   2   3
Bog'liq
EKOLOGIYA


EKOLOGIYA
EKOLOGIYA (yun. — uy, turar joy va …logiya) — organizmdan har xil darajada yuqori turadigan sistemalar; populyatsiyalar, biotsenozlar, biogeotsenozlar (ekosistemalar) va biosferaning tuzilishi, ularda kechadigan jarayonlarni oʻrganadigan biol. fanlari majmui. Ekologiyani organizmlar va ular bilan atrof muhit oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarni oʻrganadigan fan sifatida ham talqin qilinadi. Ekologiya oʻrganadigan obyektlariga koʻra, umumiy va xususiy Ekologiyaga ajratiladi.
Umumiy Ekologiya organizmdan yuqori turadigan har xil sistemalarning tuzilishi va funksiyasini oʻrganadi. U populyatsiyalar Ekologiyasi, biotsenologiya, ekosistemalar Ekologiyasi kabi boʻlimlardan iborat. Populyatsiyalar Ekologiyasi populyatsiyalarining strukturasi va mikdoriy dinamikasining umumiy qonuniyatlari hamda har xil turlar populyatsiyalari oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar (raqobat, yirtqichlik) ni tadqiq qiladi. Biotsenologiya (hamjamoalar Ekologiyasi) biotsenozlarning tuzilishi qonuniyatlari, tarkibi va funksiyasini oʻrganadi.
Xususiy Ekologiya muayyan taksonomik guruhga mansub organizmlarning muhit sharoitiga munosabatlari majmuini oʻrganadi (mas, hasharotlar E. si). Baʼzan xususiy Ekologiyaga muayyan ekosistema va hamjamoani oʻrganadigan fan sifatida ham qaraladi (mas, q. x. ekosistemalari Ekologiyasi — agroekologiyaoʻsimliklar hamjamoalari Ekologiyasi — fitotsenologiya). Suv ekosistemalari va suv organizmlari Ekologiya sini oʻrganadigan gidrobiologiya ham Ekologiyaning bir qismi hisoblanadi. Ekologiya autekologiya (har xil muhit omillarining alohida turlarga taʼsirini oʻrgayʼdigan fan) va sinekologiya (organizmlar va ular majmualari oʻrtasidagi munosabatlarni oʻrganadigan fan)ga ham ajratiladi.
«Ekologiya» terminini 1866 yil nemis olimi E. Gekkel organizmlarning atrof muhit bilan munosabatlarini belgilash uchun taklif etgan. Ekologiyaning fan sifatida yuzaga chiqishi 18 — 19-asrlarda yashagan naturalistlar va geograflarning ishlari bilan bogʻliq. 19-asrning oxiri va 20-asr boshlarida tadqiqotchilar ayrim omillar, ayniqsa, iqlimning organizmlarning tarqalishi va dinamikasiga taʼsir etishiga eʼtibor berishdi. Ayni shu davrda organizmlarning bir butun majmui boʻlgan tabiiy biotsenozlar toʻgʻrisidagi tasavvurlar shakllana boshlaydi. Ekologiya 20-asrning 20—30-y. larida jadal rivojlana boshladi. Bu davrda amerika zoologi Ch. Elton populyatsiyalar va hamjamoalarni oʻrganishning asosiy vazifalarini koʻrsatib berdi; italiyalik va amerikalik matematiklar V. Volterra va A. Lotka populyatsiyalarning oʻsishi, oʻzaro taʼsirining matematik modellarini taklif etishdi; rus mikrobiologi G. F. Gauze bu modellarni tajribada sinab koʻradi. Xuddi shu davrda gidrobiologiyala tirik organizmlar orqali moddalar va energiya oʻzgarishini miqdoriy jihatdan oʻrganish boshlanadi. Bir-biri va notirik atrof muhit bilan oʻzaro bogʻlangan organizmlar komplekslari toʻgʻrisidagi tasavvurlarning shakllanishi ingliz botanigi A. Tenslining «ekosistema» (1935) va rus botanigi V. N. Sukachevning «biogeotsenoz» (1940) tushunchalarining yaratilishi bilan bogʻliq.
20-asrning 50-y. larida umumiy Ekologiya shakllanadi. Tadqiqotchilarning asosiy ishlari organizmlar va ular hosil qiladigan sistemalarning oʻzaro taʼsirini oʻrganishga qaratiladi. Ekologiya tadqiqotlarida miqdoriy metodlar keng tarqala boshlaydilab. va tabiatda oʻtkaziladigan tajribalar hamda matematik modellashtirishlar keng qoʻllanila boshlanadi.
20-asrning 2-yarmida odamning biosferaga salbiy taʼsiri kuchayishi natijasida ekologik krizisning yuzaga chiqishi va tabiatni muhofaza qilish ishlarini keng miqyosda amalga oshirish zaruriyatining tugʻilishi bilan Ekologiyaning amaliy ahamiyati keskin oshib ketdi; koʻpchilik tabiiy fanlarni «ekologiyalashtirish» boshlandi; E. bilan falsafa, sotsiologiya va boshqalar bir qancha fanlar oʻrtasida uzviy bogʻlanish paydo boʻldi. Hoz. davrda sanoat va q. x. ishlab chiqarishi, transport, qurilish, ilmiytexnikaviy, demografik muammolarni hal etish hamda tabiii resurslardan ratsional foydalanish yoʻllarini ishlab chiqishda ekologik yondashuv zarur boʻlib qoldi.
Oʻzbekistonda Ekologiyaning rivojlanishi D. N. Kashkarov, A. L. Brodskiy, T. 3. Zohidov va boshqalarning ishlari bilan bogʻliq. D. N. Kashkarov umurtqali hayvonlarni oʻrgangan va birinchi boʻlib, hayvonlar ekologiyasi darsligini yaratgan. A. L. Brodskiy tuproq umurtqasiz hayvonlarini, T. 3. Zohidov Qizilqum umurtqali hayvonlarini ekologik jihatdan tadqiq qilgan. Oʻsimliklar ekologiyasiga oid tadqiqotlar Q. Z. Zokirov, A. M. Muzaffarov, I . I. Granitov va ularning shogirdlari tomonidan keng miqyosda olib borilmoqda (yana q. Tabiatni muhofaza kilish). Ekologiya (yun. — uy, turar joy va ...logiya) — organizmdan har xil darajada yuqori turadigan sistemalar; populyatsiyalar, biotsenozlar, biogeotsenozlar (ekosistemalar) va biosferaning tuzilishi, ularda kechadigan jarayonlarni oʻrganadigan biol. fanlari majmui. E.ni organizmlar va ular bilan atrof muhit oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarni oʻrganadigan fan sifatida ham talqin qilinadi. E. oʻrganadigan obʼyektlariga koʻra, umumiy va xususiy E.ga ajratiladi.

Download 29,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish