Sifat-so`z turkumini o`qitish usullari mundarija Kirish I bob. Boshlang’ich sinflada sifat so’z turkumining o’rganilishi


Sifat so’z turkumini o‘rganishda interfaol usullarni qo’llash



Download 33,45 Kb.
bet5/5
Sana08.06.2023
Hajmi33,45 Kb.
#949739
1   2   3   4   5
Bog'liq
Sifat-so`z turkumini o`qitish usullari mundarija Kirish I bob. B

2.2. Sifat so’z turkumini o‘rganishda interfaol usullarni qo’llash.
Sifatni o‘rganish sistemasi materiali leksik va grammatik tomondan izchillik bilan boyitib, murakkablashtirib borish ko‘zda tutadi. O‘quvchilar 1-sinfda sifatning leksik ma’noni ko‘zatadilar, sifatga qanday? qanaqa? So‘rog‘ini berib o‘rganadilar; 2-sinfdv sifat so‘z turkumi sifatida o‘rgangan 3-sinfda ilgari o‘rganilganlar takrorlanib, grammatik materialga bog‘liq holdaroq qo‘shimchasi bilan yasalgan qiyosiy va orttirma darajadagi sifatlarning yozilishi o‘rgatiladi (termin aytilmaydi). Ona tili va o‘qish darslarida o‘quvchilar nutqi yangi sifatlar bilan boyitiladi, oldindan ma’lum bo‘lgan sifatlaning ma’nosiga aniqlik kiritiladi. Sifatni o‘rganish metodikasi uning lingvistik xususiyatlariga asoslanadi. Sifat, predmetning belgisi (rangi, shakli, hajmi, ko‘rinishi, maza, ta’mi, hidi, o‘rni va paytga munosabati)ni bildiradi. Sifatning leksik ma’nosi uni ot bilan bog‘liq holda o‘rganishni talab etadi. Sifatni tushunish uchun 1-sinfdayoq bolalar e’tibori sifatning otga bog‘lanishini aniqlashga qaratiladi.
O‘quvchilar predmetning belgisini aytadilar, ularda so‘roq yordamida gapda so‘zlarning bog‘lanishini aniqlash ko‘nikmasi o‘stiriladi, ya’ni ular gapdagi sifat va otdan tuzilgan so‘z birikmasini ajratadilar (termin aytilmaydi. Keyingi sinflarda bu bog‘liqlik aniqlashtiriladi. Shunday qilib, sifatning simantik- grammatik xususiyatlari sifat ustida ishlashning leksik va grammatik (morfologik va sintaktik)rejada olib borishni talab etadi. Boshlang‘ich sinflarda “sifat” mavzusi quyidagi izchillikda o‘rganiladi: 1. Sifat bilan dastlabki tanishtirish (1-sinf). 2. Sifat haqida tushuncha berish. (2-sinf). 3. Shu grammatik mavzu bilan bog‘liq holda ayrim sifatlarning yozilishini o‘zlashtirish (3-sinf). Sifat bilan dastlabki tanishtirish. (1-bosqich) sifatinining leksik ma’nosi va so‘roqlari ustida kuzatish o‘tkazishdan boshlanadi. Predmetning belgilari xilma-xil bo‘lib uni rangi mazasi, shakli, xususiyatlari tomonidan tavsiflaydi. Shunday ekan, sifat tushunchasini shakllantirish uchun uning ma’nolarini aniqlash talab etiladi. O‘qituvchi predmetni yoki uning rasmini ko‘rsatadi, o‘quvchilar uning belgilarini aytadilar va yozadilar. Masalan, qanday? Olma-qizil, shirin, yumaloq olma. Suhbat asosida o‘quvchilar olma so‘zni nima? So‘rog‘iga javob bo‘lib predmet nomini bildirishi, qizil, shirin, yumaloq kabi so‘zlar qanday? So‘rog‘iga javob bo‘lib, predmetning belgisini bildirishini aniqlaydilar, xulosa chiqariladi. Qanday? Qanaqa? So‘roqlariga javob bo‘lgan so‘zlar predmetbelgisini bildiradi.
O‘quvchilar belgi bildirgan bunday so‘zlarning nutqimizdagi rolini anglashlari uchun sifat ko‘p uchraydigan matn tanlanib, avval sifatlarni tushurib qoldirib, so‘ngra sifatlari bilan o‘qib beriladi va mazmuni taqqoslab ko‘rsatiladi. Bu darslarda ko‘rgazmalaridan keng foydalanadi. O‘quvchilar qanday? Qanaqa? So‘roqlariga javob bo‘lgan so‘zlarni o‘zlashtirishlari uchun quyidagi mashqlardan foydalaniladi: 1. So‘roq yordamida predmetning belgisini bildirgan so‘zlani tanlash. 2. Aralash berilgan so‘zlardan gap tuzish. 3. Matndan kim? Yoki nima? So‘rog‘iga javob bo‘lgan so‘zni tanlab aytish va yozish. 4. Tayanch so‘zlar va rasm asosida gap va hikoyacha tuzish. 2-bosqichda asosan 2 vazifa: “Sifat” tushunchasini shakllantirish hamda o‘quvchilar nutqini yangi sifatlar bilan boyitib borish, fikrni aniq ifodalash uchun mazmunga mos sifatlardan nutqda o‘rinli foydalanish ko‘nikmasini o‘stirish hal qilinadi. Sifatlarning leksik ma’nosi bilan birga uning xarakterli grammatik xususiyatlari ham qayd etiladi. Sifatlarning xususiyatlarini umumlashtirish asosida o‘quvchilaruning so‘z turkumi sifatidagi o‘ziga xos ko‘rsatkichlarini ko‘rsatadilar. a) predmet belgisini bildiradi. b) qanday yoki qanaqa? So‘rog‘iga javob bo‘ladi v) gapda otga bog‘lanib, shu ot bilan so‘z birikmasi hosil qiladi, ikkinchi darajali bo‘lak vazifasida keladi.
O‘quvchilarning sifatning leksik ma’nosi haqidagi tushunchalarini chuqurlashtirish va predmetni har tomonlama tasvirlash malakasini o‘stirish uchun: 1. Berilgan predmetlarning rangi, mazasi, shakli, xususiyatini ifodalaydigan sifatlar tanlash va yozish. 2. Berilgan belgilariga qarab qaysi hayvon ekanini aniqlash; ehtiyotkor, ayyor, yovvoyi (tulki) 3.Predmetlarning belgisiga qarab topishmoqlarning javobini aytish kabi mashqlardan foydalanish mumkin. Sifatning nutqimizdagi fikrini aniq va tushunarli ifodalashdagi rolini puxta o‘zlashtirishga erishish uchun sinonim va antonimlar ustida ishlash, o‘qish darslarida o‘z va ko‘chma ma’noda ishlatilishini kuzatish maqsadga muvofiq. Sifatni o‘rganish jarayonida so‘z yasashga oid mashqlarni muntazam o‘tkazib borish o‘quvchilarda u yoki bu so‘z turkumini yasash uchun so‘z yasovchi qo‘shimchalardang ongli foydalanish malakasini shakllantiradi. 3-bosqichda sifat haqidagi bilimlarni takomillashtirish, og‘zaki va yozma nutqda sifatlardan aniq, o‘rinli foydalanish ko‘nikmasini o‘stirsh bilan bog‘liq holda –roq qo‘shimchasi bilan qo‘llanilgan sifatlarni va ko‘m-ko‘k, yam-yashil sifatlarni to‘g‘ri yozish malakasi shakllantiriladi. Ish mazmuni shu vazifalarni bajarishga qarab belgilanadi va o‘quvchilarning nutqini o‘stirishga qaratiladi. Nazariy ma’lumotlarga asoslanib: matnda tanlab qo‘yish, gapda sifat bilan bog‘lanish otni (so‘z birikmasini) aniqlab yozish; otga mos sifatlar tanlab predmetni tasvirlash, berilgan sifatlar yoki so‘z birikmasi bilan gap tuzish kabi mashqlardan foydalaniladi. Mashq materialini tanlashdaroq qo‘shimchasi bilan qo‘llanilgan yaxshiroq, aqilliroq kabi, shuningdek, tip-tiniq, sap-sariqiq kabi sifatlar ko‘proq bo‘lishiga e’tibor beriladi. O‘quvchilarning mustaqilligi oshgan sayin mashq topshiriqlari ham asta-sekin murakkablashtira boriladi. Shunday qilib, sifatni o‘zlashtirishda uni ot bilan o‘zaro bog‘liq holda o‘rganish asoslaniladi.
Sifat predmetning (keng ma’noda) doimiy, turg‘un belgisini bildiruvchi so‘z turkumidir. Bu sifatlarning asosiy xususiyatidir, chunki ular ba’zan harakatning belgisini ham anglatishi mumkin. Masalan, barcha turkiy tillarda ayrim sifatlar ham predmet, ham harakat belgisini anglatgani holda, ba’zi sifatlar faqat predmet belgisini anglatishga xoslangan. Qiyoslang: yaxshi//jaxsi//җaңsы va oq, qora, sog‘ sifatlari.
Morfologik xususiyatlariga ko‘ra sifatlar boshqa turkumdagi so‘zlar (masalan, ot va fe’llar) kabi keng taraqqiy etgan emas, ular turlanmaydi va tuslanmaydi, ayrim belgilari ozaytiruvchi va kuchaytiruvchi ko‘rsatkichlariga (-raq//-ыraq kabi) ega. Shuning uchun ayrim turkshunos olimlar qadimturkiy tilda sifatlar mustaqil so‘z turkumi sifatida mavjud bo‘lmagan, chunki ular boshqa turkumlardan farqlantiruvchi maxsus grammatik ko‘rsatkichlariga ega emas, degan fikrni bildiradilar. Bu u qadar to‘g‘ri emas, chunki inson u qaysi til oilasiga mansubligidan qatiy nazar, predmetni anglash bilan bir davrda unga xos bo‘lgan ayrim belgi va xususiyatlarni ham mushohada qila boshlagan bo‘lishi kerak. Bunga barcha hozirgi turkiy tillarda negiz jihatdan ularning tub va yasama sifatlarga ajratilishi ham dalil bo‘la oladi.
Masalan: turk, qumiq, no‘g‘ay, qozoq, qoraqalpoq, oltoy, o‘zbek, uyg‘ur, qirg‘izda qara, ozarbayjon, gagauz, turkmanda gara, tatar. qaora, chuvash. xura; turk, turkman, gagauz. ak, qipchoq guruh tillarida aq, tatar, boshqird. aoq; o‘zbek, uyg‘ur. yangi, no‘g‘ay, qumiq. yaңы, qozoq, qoraqalpoq, no‘g‘ay. җaңa, turk, ozarbayjon. yeni kabi.
Sifatlarning boshqa turkumlardan, xususan otlardan ajralishi turkiy tillarning qadimturkiy davrida ikki yo‘l bilan yuzaga kelgan: otlarning sifatlarga semantik-vazifaviy transformatsiyasi, ko‘chishi, to‘g‘ridan to‘g‘ri otning sifatga o‘tishi yo‘li bilan va mustaqil holda sifatlarni boshqa turkumlardan farqlantiruvchi morfologik belgilarning kelib chiqishi yo‘li bilan. Otlarning semantik transformatsiyasi natijasida sifatga ko‘chishi, sifatlarning kelib chiqishini, hozirgi turkiy tillardagi tub asliy sifatlar orqali izohlash mumkin: kѳk (rang-tus) Sifatlar deyarlik hamma turkiy tillar grammatikalarida leksik-semantik guruhlarga ajratiladi, lekin ularning hamma turkiy tillar uchun umumiy bo‘lgan tasnifi yo‘q.
Garchi hamma grammatikalarda sifatlarning ham predmet belgisini, ham harakat belgisini anglatishi, shunga ko‘ra sintaktik jihatdan ham aniqlovchi yo hol vazifasida kelishi ta’kidlansa-da, ularning chegarasi aniqlanmaydi, bu jihatdan hamma sifatlarning bir xil emasligi nazardan chetda qoladi.
Sifatlarning bu xususiyatlariga e’tibor berish ularni sintaktik jihatdan tasnif qilishning ham imkonini beradi. Shunga ko‘ra harakatning belgisini bildirmaydigan, faqat otga bog‘lanib, predmet belgisini bildiruvchi sifatlarni semantik jihatdan quyidagicha tasnif qilish mumkin:
1) rang-tus bildiruvchi sifatlar: aq, qara; kѳk, sarы;
2) maza, ta’m bildiruvchi sifatlar: o‘zbek. sho‘r, qozoq. sor, ozarb., turkman, uyg‘ur, qirg‘iz, shor, turk. shur; o‘zbek. achchiq, qozoq. achы, qirg‘iz. ajыg‘;
3) hajm-shakl bildiruvchi sifatlar: ozarb. bѳyuk, qirg‘iz. biyik, shor. mozuk, o‘zbek. baland, uyg‘ur. yegiz, yoqut. urduk, tuva. bedik, uzun, ulug‘, biche (kichik);
4) kishi va hayvonlarning fizik xususiyatlarini anglatuvchi sifatlar: turk. sagыr (kar), kѳr, yash, kosa (keksa), shishman (semiz), kuchuk (kichik);
5) odam va hayvonlarning fiziologik holatini anglatuvchi sifatlar: ach, toq, sag‘;
6) narsa va hodisalarning xususiyatlarini bildiruvchi sifatlar: tuva. sook (sovuq), aar (og‘ir), chiik (engil);
7) kishilarning turli holatini anglatuvchi sifatlar: ozarb. garib, turk. garip, tatar. garip, o‘zbek. bechora, ozarb. faxыr, tatar. meskin, qozoq. bayg‘us va boshqalar.
Sifatlarning bu semantik bo‘linishi ularning an’anaviy asliy va nisbiy sifatlarga bo‘linishiga ham asos bo‘ladi.
Asliy sifatlar predmet va hodisalarga bevosita bog‘liq bo‘lgan belgilarni anglatadigan sifatlardir. Yuqoridagi semantik belgilarga ega bo‘lgan sifatlarning jami asliy sifatlardir. Asliy sifatlarning nisbiy sifatlardan asosiy farqli belgisi sifatlarga xos barcha morfologik ko‘rsatgichlarga ega bo‘lishidir: -(i) raq, -iltыm //-ultum kabi.
Nisbiy sifatlar bir predmetning belgisini boshqa bir predmetga nisbatlab ko‘rsatadi va belgining o‘rin va paytga munosabatini bildiradi. Asliy sifatlar bilan nisbiy sifatlarning farqli belgisi shundaki, asliy sifatlar tub va yasama bo‘lishi, nisbiy sifatlar esa maxsus nisbiy sifatlar hosil qiluvchi affikslar asosida hosil bo‘lgan yasalmalardan iborat bo‘ladi.
Nisbiy sifat hosil qiluvchi morfologik ko‘rsatkichlarning eng qadimgi shakli-lыg‘ affiksidir. Bu affiksni, garchi turkshunoslik adabiyotlarida bu haqda turli fikrlar mavjud bo‘lsa ham, abstrakt ot yasovchi -lik affiksidan farqlash kerak. Hozirgi turkiy tilllarda -lыg‘ affiksining yana bir shakli turli variantlardagi -li affiksidir.
Masalan: oltoy.attu (olti), turalu (uyli), karlu (tog‘li), ag‘achtu (yog‘ochli); boshqird.hѳtlѳ (sutli), itli (go‘shtli); gagauz.anali (analik); qozoq.tondi (tunli), dalali (cho‘lli), akыldы (aqlli), akshali (pulli); karaim.kirli (kirli), tamirli (temirli), qutlu (baxtli); qirg‘iz. kүchtү (kuchli),maldu (molli); tatar.qomli (qumli), kѳchli (kuchli); tuva.dashtыg (toshli), dag‘lig‘ (tog‘li), sug‘lig‘ (suvli); o‘zbek.yaqimli, qo‘rqinchli; hakas.mallыg‘ (molli), tѳllig (zotli),tѳnnig (tunli); chuvash.xayulla (quvnoq); shor.qarlыg‘ (qorli), tamnig‘ (ta’mli), palыktig (baliqli) va boshqalar.
Ko‘pincha-lыg‘ va -lik affikslarining semantik farqi yo‘q darajaga kelib qoladi. Bu ayniqsa shu affikslarning turli variantda o‘rin-joy va ijtimoiy kelib chiqishiga bog‘liq nisbiy sifatlar hosil qilinganda ko‘rinadi: qorachoy-balqar.kitayli (xitoylik), oruslu (rus), malkarli (bolqarlik), qorachoyli; turk.istambullu; turkman.marili, chѳrchavli; o‘zbek.toshkentlik, samarqandlik kabi.
Turkman, uyg‘ur tillarida bu affikslar o‘rnida ba’zan -lak//-lәk (turkman.әtlәk, uyg‘ur.muzlak), yoqut tilida -taax//-lәәx (attaax–otli, ikkilәәx – ikki yoshli, muңnaax – mungli, uttәәx – sutli, og‘oloox – bolali) affikslari qo‘llanadi.
Belgini o‘rin va paytga nisbatlab ko‘rsatadigan eng faol nisbiy sifat affikslaridan yana biri -ki//-qi, -gi//-g‘i affikslaridir.
Bu affikslar o‘rin-joyga nisbat bildiruvchi sifatlar ham yasaydi, bunda ko‘pincha bu affiks kengayib -dagi (-da o‘rin-payt kelishigi qo‘shimchasi) affiksini hosil qiladi va shu ma’nodagi nisbiy sifatlar yasaydi: nog‘ay.tыski (tashqi), qirg‘iz.bashq (boshlang‘ich), turk.dashki (ichki), turk.dolaptaki (shkafdagi), o‘zbek.uydagi, yoqut.tыstaagi (taygadagi), oltoy.ayыldag‘i (ovuldagi), hakas.chirdegi (erdagi) kabi.
Nisbiy sifat hosil qiluvchi faol affikslardan yana biri -siz affiksidir: tatar.susiz, urmansiz, ozarbayjon.yag‘siz, susuz, guҗsuz (kuchsiz), o‘zbek.tuzsiz, no‘g‘ay.atsiz, qirg‘iz.suusuz, qozoq.susiz, qoraqalpoq.jersiz, turk.tatsыz (ta’msiz), qorachoy-balqar.sansiz va boshqalar.
Download 33,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish