Sifat-so`z turkumini o`qitish usullari mundarija Kirish I bob. Boshlang’ich sinflada sifat so’z turkumining o’rganilishi


II BOB. Sifat so`z turkumini o`qitish usullari



Download 33,45 Kb.
bet4/5
Sana08.06.2023
Hajmi33,45 Kb.
#949739
1   2   3   4   5
Bog'liq
Sifat-so`z turkumini o`qitish usullari mundarija Kirish I bob. B

II BOB. Sifat so`z turkumini o`qitish usullari
2.1. Boshlang’ich sinflarda sifat so’z turkumini o’qitishda interfaol metodlardan foydalanish.
Boshlang’ich sinfda ona tilidan nazariy bilimlar, o’quvchilarni o’qishga o’rgatish badiiy matnlar tahlili asosida amalga oshiriladi. SHuning uchun ham badiiy asar matnlari o’quvchilar lug’atini boyitishda va nutqini o’stirishda eng asosiy manba sanaladi
Boshlang’ich sinf ona tili ta’limida, jumladan, o’qish darslarida ham lug’at ustida ishlash uchun maxsus dars ajratilmaydi. Ona tili va o’qish darslarida lug’at ustidagi ishlar o’rgatilayotgan mavzular va o’quv materiallari bilan bog’liq holda olib boriladi. O’quvchilar ma’nosini bilmaydigan yoki aniq anglamaydigan so’zlar barcha so’z turkumlari doirasida uchraydi. Ularning ma’nosi biror usullar yordamida o’quvchilarga yetkazilishi lozim. Aks holda o’quvchilarning nutqi borabora qashshoqlashib boraveradi.
O’quvchilarni o’z fikrini aniq va ta’sirchan ifodalashga o’rgatishda belgi bildirgan so’zlar – sifatlarni o’rgatishda ”Davra suhbati”metodi alohida o’rin tutadi. Boshlang’ich sinf ona tili darslarida sifatning rang, shakl, maza, hajm, xususiyat bildiruvchi ma’no turlari o’rganiladi. Biz mazkur maqolamizda rang bildiruvchi so’zlar ustida ishlash orqali o’quvchilar lug’atini boyitish yuzasidan olib borgan tajribalarimiz bilan o’rtoqlashishni maqsad qilib oldik.
Bir qaraganda rang bildiruvchi sifatlardan o’quvchilar bemalol va kerakli o’rinda foydalanadigandek ko’rinadi. Aslida esa boshlang’ich sinf ona tili va o’qish darsliklarida uchragan rang bildiruvchi sifatlarning badiiy nutqda qo’llanadigan turlaridan o’quvchilar nutqda foydalanmayaptilar. CHunki rang bildiruvchi sifatlarning ma’nosini – qanday rangni bildishini o’rgatishga e’tibor berilmaydi. SHu sababli o’quvchilar ko’p hollarda ayrim so’zlarning ot yoki sifat ekanini farqlamaydilar.
Vaholanki, boshlang’ich sinf “Ona tili“ va “O’qish kitobi“ darsliklarida o’quvchilar ma’nosini farqlamaydigan rang bildiruvchi sifatlar talaygina. Masalan, darsliklaridagi badiiy matnlarda “zangori, zumrad, malla, jigarrang, yo’l-yo’l, qo’ng’ir, lojuvard, bo’z, alvon, malla-lojuvard, nimrang, olachipor, ola-zangor, targ’il, chipor, moviy,ola-bula,moshrang, sarg’ish-ko’kish“ kabi rang bildiruvchi sifatlar qo’llanganki, ularning ma’nosini o’quvchilardan so’raganimizda aniq aytib bera olmadilar.
Barglarning umri qisqa ekan. Kuz kelishi bilan qo’ng’ir tusga kirib, daydi shamolning hamlasiga dosh berolmay to’kilisharkan. (L.Mahmudov. “Ona tili“. 4sinf. 116-bet.)Yuqoridagi misollarda o’quvchilar ma’nosini bilmaydigan “zumrad, zangori, yo’l-yo’l“ rang bildiruvchi sifatlar qo’llangan Ularning ma’nosini o’quvchilar qaytarzda tushunganliklari aniqlanishi va tushuntirilishi zarur.
“Zumrad“ – “och yashil tusli tosh“, she’rda daraxt yaproqlarining rangini
“och yashil tusli yaproqlar“ni bildirib kelgan.
“Zangori“ – yashil bilan ko’k o’rtasidagi rang, och havorang“ ma’nosini bildiradi.
“Yo’l-yo’l“ – “oq-qora va boshqa chiziqli rang“ ma’nosini bildiradi.
“Qo’ng’ir“ – “qora-sariq rang“, “to’q malla“, “qoramtir“, “to’q kulrang“ ma’nosini bildiradi. (Qo’ng’ir“ – to’q jigarrang o’rdak nomi)
Yuqoridagi kabi rang bildiruvchi sifatlar ma’nosi boshlang’ich sinfda izohlashni va ulardan foydalanishga o’rgatishni taqozo etadi. Rang bildiruvchi sifatlarning ma’nosini rang ko’rinishi orqali ko’rsatish va rang nomini aytib, aralash berilgan rangli qog’ozlar ichidan topib ko’satish, shu rangdagi narsalarni: hayvonlar, qushlar, o’simliklar va boshqa narsalarni topib aytish, tasvirlab berish kabi ish turlari yaxshi samara beradi.
O’quvchilarning diqqatini rang bildiruvchi sifatlarga qaratishda, ularning nutqdagi ahamiyatini anglatishda topishmoq janri juda qo’l keladi. CHunki uning javobini topishda rang bildiruvchi sifatlar yordam beradi. Masalan:
Ko’ylagi qavat-qavat
Tugmalari yo’q faqat.
Ustida yashil to’ni,
Yoz-u qish yechmas uni.
“Aqliy hujum“ metodida rang bildiruvchi so’zlarni yozish topshirig’i beriladi. Matndan rang bildiruvchi so’z(sifat)larni toping. Uning qanday rang ma’nosini bildirayotganini ayting“ kabi topshiriqlar asosida maqsadni amalga oshirishda yaxshi samara beradi. Mazkur darslikdagi misollarga murojaat qilamiz:
Gul-loladay tojlari
Qayrilib qoshga tushgan.
Yurishar gala-gala,
Oq , chipor, kulrang, sara.
(“Men dadamga yordamchi“. Q.Muhammadiy. “O’qish kitobi“. 3-sinf. 59-
bet.)
She’riy parchadagi “chipor“ sifatining ma’nosini izohlash lozim.
“Chipor“ – “ola-bula“ ma’nosini bildiradi. “Ola-bula“ rang bildiruvchi sifatining o’zida turli ranglar ifodalangan bo’lishi mumkin. Masalan, “ola-bula“ – “oq va boshqa ranglarning aralashmasi“, “oq va qora“, “oq va sariq“ kabi.
“Kulrang“ sifati ham “oqish qora“, “ko’kish“ rang ma’nosini bildiradi.
Erkin o’sha tomonga chopmoqchi edi, chayla oldida yotgan targ’il itni ko’rib qoldi. (“Xazonchinak“, O’. Hoshimov. “O’qish kitobi“. 3-sinf. 61-bet.) “Targ’il“ –
“sarg’ish va qoramtir yo’lli rang“ ma’nosini bildiradi. “Targ’il“ so’zining ma’nosi izohlangach, “targ’il“ so’zini yana qaysi hayvonlarga nisbatan qo’llash mumkin? degan savol berilsa, o’quvchilar undan o’rinli foydalanishga o’rganadi.
Lojuvard osmonda turnalar arg’imchog’i “tirov-tirov“ qilib uchib ketyapti.
(“Quyoncha“, N.Fozilov) “Lojuvard“ – “tiniq ko’k“ rang ma’nosini bildiradi. O’quvchilarga “lojuvard“ so’zining boshqa ma’nosi, ya’ni “ to’q ko’k, to’q havo rang tusli mineral“ ma’nosi ham aytilsa, bu rang bildiruvchi so’zning qanday yuzaga kelganini bilib oladi.
Yoz kunlari Maxdumning bog’i oq, nimrang, ola-zangor (olachipor), malalojuvard va boshqa tus kapalaklarning yalt-yult uchishlari bilan alohida bir ko’rinishga kirar edi. (“Gulzorda“, A.Qodiriy. “O’qish kitobi“. 3-sinf. 210-bet.) Mazkur jumladagi “nimrang“ sifati ham izoh talab qiladi. Chunki bu sifat “rangi och“, “och rang“ ma’nosini bildiradi, o’quvchi uni biror rangning ochiq ma’nosida anglamasligi mumkin.
“Ola-zangor“, “malla-lojuvard“ sifatlarining ma’nosini izohlashda ularni tarkibiy qismlar ajratib tushuntirishga to’g’ri keladi.
“Ola-zangor“: “Ola“ – oq-qora, oq-malla hokazo qorishiq rang, “zangor“ –
“yashil va ko’k orasidagi rang, ularning qorishiq tuslisi, och havo rang, moviy“ rang ma’nosini bildiradi. “Ola“ – oq-qora, oq-malla hokazo qorishiq rang deyilishidan kelib chiqib, “ola-zangor“ sifati - “yashil va ko’k ranglarning qorishig’i“ ma’nosini bildiradi , degan ma’lumot beriladi.
“Malla-lojuvard“ sifati (“malla“ – jig’ar ranga moyilroq och sariq rang) –
“tiniq och sariq rang“ ma’nosini bildiradi. Bu mavzuni o’qituvchilarda global tafakkur, kompetentlik, professionallikni shakllantirish, nazariy va amaliy mashg’ulotlar, mustaqil ta’lim turlari bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalarni rivojlantirish, ulardan o’z pedagogik faoliyatlarida samarali foydalanishlarini ta’minlash ko’zda tutilgan. Shunday qilib, boshlang’ich sinflarda sifat yaxlit holda o’rganiladi va uni o’rganish o’quvchilar shu so’z turkumining belgilarini, vazifasini o’zlashtirishiga, shuningdek, ularda kelishik qo’shimchalarini to’g’ri yozish ko’nikmasini shakllantirishga qaratiladi.
Boshlang‘ich sinflarda sifat turkumini o‘rganish tizimi o‘quv materialini leksik va grammatik tomondan izchillik bilan boyitib, murakkablashtirib borishni ko‘zda tutadi. O‘quvchilar savod o‘rgatish davridan boshlab, to 4- sinfga qadar belgi bildiruvchi so‘zlarning — sifatning leksik va grammatik ma'nolarini boshlang‘ich sinf ona tili dasturi hajmida o‘rganadilar. Savod o‘rgatish davrida belgi bildirgan so‘zlarning ma'nolarini o‘qituvchining “Mazasi qanday olma? Rangi qanday olma?
Hajmi qanday olma?” kabi savollari asosida kuzatish orqali amaliy bilib boradilar. 1-sinfda va 2-sinfda “Shaxs va narsaning belgisini bildirgan so‘zlar” mavzusi o‘rgatilayotganda o‘quvchilar belgi bildirgan so‘zlarni ma'nolariga ko‘ra guruhlash ishlarini bajaradilar, ya'ni - ularni so‘roqlar yordamida gap va matnda shaxs, narsa, harakat, miqdor bildirgan so‘zlardan farqlash ko‘nikmasini egallaydilar. Bunda o‘qituvchi oldida turgan muhim vazifa o‘quvchilarning narsa va shaxsning belgilari xilma-xil bo‘lishini, ya'ni narsa rangi, mazasi, shakli, hidi, hajmi, xususiyatlariga ko‘ra farqlanishini, bular narsa va shaxsning belgilari ekanini anglashlariga erishish, nutqda ulardan samarali foydalanish orqali o‘quvchilar nutqini belgi bildirgan so‘zlar bilan boyitish va nutqini o‘stirishdir. Ayniqsa, o‘quvchilarga narsa va shaxslarni belgilariga ko‘ra tavsiflashga doir mashqlarga va bunga oid o‘quv topshiriqlariga katta ahamiyat berish lozim.
3-4-sinflarda esa sifat atamasi bilan tanishtirilgach, mazkur atama bilan elementar nazariy ma'lumotlarga ega bo‘ladilar.
3-4-sinfda o‘quvchilarning sifatlarning o‘ziga xos leksik-grammatik xususiyatlari haqidagi bilimlari va ko‘nikmalariga asoslanib, og‘zaki va yozma ijodiy ishlar — maktab bog‘i yoki istirohat bog‘iga sayohat uyushtirib, u yerda kuzatilgan daraxt, qushlar, hayvonlarni tasvirlab, kichik hikoya tuzish kabilarga alohida o‘rin beriladi. Buni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun ona tili va o‘qish darslarida ma'nodosh va zid ma'noli sifatlar, sifatning o‘z va ko‘chma ma'nolarda ishlatilishini kuzatishga, sifat yasashga doir leksik-semantik va grammatik mashqlarni tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Ona tili va o‘qish darslarida o‘quvchilar nutqi yangi-yangi sifatlar bilan boyitiladi, ularga oldindan ma'lum bo‘lgan sifatlarning ma'nosiga aniqlik kiritiladi. Sifatlar bolalar nutqini va tasavvurini boyitishga xizmat qiladi. Sifatlar narsa va hodisalarni aniq tasvirlash, ifodalash imkonini beradi. Bu imkoniyatdan foydalanib, ijodiy matn tuzishga o‘rgatish o‘quvchilarning fikrini aniqlashtiradi, nutqining ta'sirchanligini oshiradi.


Download 33,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish