Sonning turlari.
Predmetning miqdorini butunicha va qismlarga ajratib, ifodalashga ko'ra ikki xil bo'ladi: butun, kasr.
Miqdorni, sanoqni, predmetning butunligi saqlagan holda ifodalovchi sonlar butun sonlar deyiladi.
Butuning qismini ifodalovchi sonlar kasr sonlar deyiladi: yarim, chorak, nimchorak.
Butun va kasr son aralash holda qo'llanilsa, kasrli son-aralash son deyiladi: bir butun, o'ndan ikki
Sonning ma'no turlari.
Sonlar ma'no va grammatik xususiyatlariga ko'ra 2 turga ajratiladi: 1. Sanoq sonlar. 2. Miqdor sonlar.
Sanoq sonlar predmetning, ish-harakatning miqdorini, sanog'ini, sonini anglatadi. Sanoq sonlar predmetlarni donalab, taqsimlab, jamlab, taxmin-chamalab ko'rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |