Sifat, son so’z turkumlari



Download 54,1 Kb.
bet8/10
Sana31.12.2021
Hajmi54,1 Kb.
#247709
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
4-maruza

So’roq olmoshlari. Eski o’zbek tilida kim, ne, qay so’roq olmoshlari mustaqil qo’llangan, boshqa so’roq olmoshlari ne va qay olmoshlariga tarixan yuklama, so’z yasovchi va so’z o’zgartuvchi qo’shimchalar qo’shilgan shakllarda qo’llangan, lekin bunday so’z va qo’shimchalar o’zining morfematik ma’nolarini yo’qotgan hamda so’roq olmoshlarining turli modal shakllarini hosil qilgan xolos, aslida olmosh yasash uchun xizmat qilgan emas.

Kim so’roq olmoshi kishilarga nisbatan qo’llangan: Ulүsh alg’an kim va ul ulushni tog’rag’an kim (SH tar.).

Kim so’roq olmoshi otlar kabi ko’plik affiksining –lәr variantini qabul qilgan: Arz qыlalы kimlәr vaqe’dur (Navoiy MQ). Kimlәr bilәn bazm әylәb (Muqimiy).

Ne olmoshi eski o’zbek tilida keng qo’llangan va uning semantik qirralari ham ko’p bo’lgan:

  • belgining miqdorini aniqlash ma’nosida qo’llangan:Ne imkānkim qarar olg’ay kөңlүmә (Navoiy). Ul shāh bashыda ne balā fitna bar erdi (Lutfiy).

  • sof belgini bildiradi: Xān dedi: bu ne hikāyat bolg’ay// Ne hikāyat, ne rivāyat bolg’ay? (SHN).

  • ritorik so’roq gaplarda so’z ma’nosini kuchaytiradi: Bu ne kөzdүr, bu ne kirpүk, bu ne qash// Ki chыqtы din va imāndыn xalāyыq (Atoiy).

  • sabab-so’roq ma’nosini bildiradi: Kөzүң ne balā qarā bolubtur (Navoiy). Bilmәn ne жarima bilә Hiriydin ixrāж qыldы (Bobur).

Ne olmoshi to’liqsiz fe’llar birga qo’llana olgan va fe’l tarkibiga o’tgan: Yүz salām aydыm ne bolg’ay (Nodira). Biziң sarы kelmes-sәn ne boldы (Navoiy).

Ne olmoshi ko’plik affiksini, tushum, chiqish kelishigi affikslarini olgan va ularda kelishik affikslari funkцional bo’lgan, жo’nalish kelishigi affiksi esa olmosh tarkibida kristallashib qolgan. Qaratqich va o’rin-payt kelishigida qo’llanishi masalasi ochiq qoladi.

Ne olmoshi negizida shakllangan so’roq olmoshlari:

Nemә. Bu so’z tarkibidagi mә so’zi qadimgi turkiy tilga oid yuklamadir (lekin uni E.Fozilov bog’lovchi deb qaraydi. Qarang: Fozilov E. O’zbek tilining tarixiy morfologiyasi. – T.,1965,146-bet). Eski o’zbek tilida bu so’z narsa so’zi ma’nosida qo’llangan, ya’ni hali olmosh turkumiga to’la o’tmagan: Dag’dag’a boldыkim, bir nimә bag’lag’ay-men (Bobur). Bu so’z nima variantida XIX asrning 2-yarmidan so’roq olmoshi sifatida mustaqil qo’llangan.

Nechүn//nevchүn. °chүn ko’makchisi ishtirokida shakllangan va sabab ma’noli so’roq olmoshidir: Mirzā sorubturki, nechүn өltүrdүң (Navoiy). Sen nevchүn өzүңni bu riyāzat va ranжg’a saldың (Navoiy).

Nechүk. Bu olmosh qadimgi turkiy tilda bir necha taraqqiyot davrlarini boshidan kechirgan: ne+chә-ne+chә+kә-ne+chә+k-nechүk. Ikkinchi taxmin (versiya): ne+chag’//ne+chaq// ne+chәk-nechүk.

Nechүk olmoshi ham sabab ma’nosini ifodalaydi: Nechүk bolg’ay azmы-miz (Navoiy). Bu olmoshning ba’zan nүchүk fonetik varianti ham qo’llangan: Men nүchүk maжnun kәbi rasvāi ālam bolmayыn (Uvaysiy).

Nelүk. lik affiksining –lүk varianti orqali shakllangan va u ham sabab ma’nolidir: Nelүk bashыmg’a tupraq qoymag’ayыm (Xisr. va SHir.).

Netәk. –dek affiksining –tәk varianti orqali shakllangan va bu olmoshbelgi ma’nolidir: Qanlarы yergә netәk tөkүlmүsh (SHN).

Nechә. Bu olmosh ne+chag’ so’zlaridan soddalashgan. Miqdorni so’rash uchun qo’llanadi: Nechә yыl ranжu mehnat sendin artuq (Navoiy). Bu olmosh III shaxs egalik affiksini va barcha kelishik affikslarini qabul qilgan.

Negә. Жo’nalish kelishigi affiksi orqali shakllangan va sabab ma’nosiga ega: Bir kishi жānы үchүn yүz mың жān negә āzurda qыlur (SHN).

Bu olmoshning neyә, nәgү, nag’u variantlari ham qo’llangan: emdi biz keңәsh qыlalыm, nәgү savāb kelүr, kөrәlim (Taf.). Nag’u barur-sen (Lutfiy).




Download 54,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish