Kishilik olmoshlari. Kishilik olmoshlari leksik-semantik jihatdan ma’lum so’z kategoriyasidir, hamda grammatik xususiyatlarga ko’ra, turli affikslar bilan ifodalangan, kishilik olmoshlarining ba’zi fonetik variantlarini hisobga olmaganda, ko’pchilik qismi hozirgi o’zbek tilida foydalanilmoqda.
Kishilik olmoshlarining I shaxs birligi: men.
Ko’pchilik yozma manbalarda men olmoshi mimu yo-yu nun orqali yozilgan, XVII —XIX asrlarga oid ba’zi yozma obidalarda mim-u nun bilan ifodalangan. Men olmoshining har ikki yozuv formasi tarkibida old qator o’rta keng e tovushi qo’llangan:
XIX asrga oid ayrim yozma manbalarda ba’zan tarixiy-dialektal hodisa sifatida men olmoshining ben formasi iste’mol etilgan.
Yodgorliklarda men olmoshi funksiyasini boshqa so’zlar ham bajargan. Banda va bu banda formalari Alisher Navoiy, Muqimiy, Yaqiniy, Maxmur asarlarida qo’llanib, tinglovchiga nisbatan kamtarlik ma’nosida foydalanilgan: Banda shafaq-tek qan yыg’lab ke... (YAqiniy). B a nd a ul vaqtda Buxarada edim (SHN). Banda bayan gәr qыlsam (Maxmur).
Faqыr va bu faqыr so’zlari Navoiy, Abulg’ozi Bahodirxon, Ogahiy, Muqimiy asarlarida qo’llangan: F a q ы r alar sarы barurg’a muvaffaq boldum (Navoiy MN). Faqыr taraf tutub yalg’an aytg’an bolg’ay-men (SH turk)
XV asrdan boshlab men olmoshi o’rnida faqыri-haqыr, faqыru-haqыr so’zlari birikmasi ham qo’llana boshlangan, ba’zan bu olmoshini faqыri haqыr so’zlardan oldin ko’llash Navoiy hamda Ogahiy asarlarida uchraydi: Faqыri-haqыr yad tuttum kim... (Navoiy MN). B u f a q ы r i-h a q ы r ham kim bu ulug’ xānadānnың, qadimiy bandasы va bu baland āstannың samimiy sarafkәndәsidүr-men (Ogahiy).
XVIII — XIX asrlarga oid yozma manbalarda faqыri-haqыr kәminә, kәminә, bu kәminә, men kәminә birikmalari ham men olmoshi o’rnida iste’mol qilingan: Faqыri-haqыr kәminә tag’aңыz Muhammad Aminxoжa Muqimiy (Muqimiy). Kәminә ham өz kөzүm bilәn kөrdүm (Furqat).
II shaxs birligi: sen. Kishilik olmoshining sen formasi sinu yo nun bilan yozilgan, sen olmoshi tarkibidagi yo asosan old qator lablanmagan o’rta keng e unlisining belgisini ifodalaydi.
XV—XVI asrlar yozma manbalarida sen olmoshi kelishik affikslari bilan turlanganda, yo harfi yozilmaydi: seniңdek (Lutfiy); seniң(Amiriy).
Sen olmoshi sinu nun yo orqali hamda yo belgisini tushirib yozilsa ham, eski o’zbek tili yozma manbalarida sәn emas, sen shaklida talaffuz etilgan.
III shaxs birligi: ul, ba’zan u, an shakli qo’llangan. XV— XIX asr yozma manbalarida asosan ul varianti qo’llangan. Ul olmoshi tarkibidagi -l undoshining tushib qolishi orqali ba’zan u shakli vuжudga kelgan. U kishilik olmoshi «Boburnoma» hamda Huvaydo asarlarida ba’zi o’rinlarda uchraydi: Har kim ne kim unың yerigә olturdы (BN). Unы kim saqladы xallaq (Huvaydo).
III shaxs kishilik olmoshi birligining an varianti (ul>al>an) ba’zan Furqat asarlarida uchraydi: An hama begānalarg’a āshnāliq shunchalar;
I shaxs ko’pligi: biz.
Biz olmoshi XV—XIX asr yozma manbalari uchun umumiy xarakterga ega, yumshoq talaffuz etilgan, ko’plik, birlik ma’nolarida qo’llangan.
Biz olmoshi ko’plik ma’nosida: Biz ham kishi yibәrdүk (BN).Biz ikki bolәk elmiz (SH turk.). Biz ikkimizgә musulmān bol tedi (SH tar.).
Biz olmoshi birlik ma’nosida ham qo’llangan: B i z i ң bilә bolg’an beglәrini ham faraxorlarig’a yarasha berib shafqat qыldыm (BN). Bizni rasvai жahan etti yad әylәmәdiң (Nodira).
Ko’plik ifodalash xususiyatini yanada oshirish uchun biz olmoshiga –lәr affiksi qo’shilgan: Mavlānā Kabuliy bizlәrni tilәb vasiyat qыldы kim, bu kechә ālamdыn barur-men (Navoiy MN).Gul g’unchasidur goya bizlәrgә achыlmaydur (Bobur).
II shaxs ko’pligi: siz.
Siz olmoshi ko’plik ma’noda qo’llangan: Biz siziң uchun savrulduqq (SHN). Biz bu sarыdыn yetkәch, siz ichkәridin chыqыb elikiңizdin kelurini taqsir qqыlmaңlar (BN).
Siz olmoshining ko’plik ma’nosini kuchaytirish uchun –lәr affiksi qo’shilgan: S i z l ә r kim qarыndashlar turur-siz biziң birlә ittifāq qыlың (SH tar). SHādmān sizlәrdin-u өlgүnchә minnatdār-men (Furqat).
III shaxs ko’pligi: alar, ular, anlar, ba’zan unlar shakli qo’llanilgan.
Alar olmoshi XV—XIX asrlarda yozilgan ko’pchilik yozma manbalarda keng qo’llangan: Alarnың ikisin өltүrүb (Navoiy). Alar aydыlarki, өzbәkni bir masalы bardur (Gulxaniy).
Ular varianti Lutfiy, Bobur, Abulg’ozi Bahodurxon asarlarida uchraydi: Ular mendin yashurub (BN). Ularnың kөңli (SH.tar.).
Anlar olmoshi Lutfiy, «Nusratnoma», Abulg’ozi Bahodirxon, Gulxaniy, Furqat asarlarida iste’molda bo’lgan: anlar ashyanы; Anlardыn өtүb havuzga sharbatlar tөkүlүr. Anlar kөp yыllargacha bu aytыlg’an nimәrsәlәrni berүrlәr (SH.tar.).
III shaxs ko’pligi tarixiy taraqqiyotida quyidagilar ko’zga tashlanadi: XIII-XIV asrlarda ular, anlar varianti keng qo’llangan bo’lsa, XV asrdan boshlab alar varianti faollashadi. XIX asr oxirlarida yana ular, anlar varianti faollasha boshlaydi hamda keyinchalik ular varianti III shaxs ko’pligida yagona bo’lib qoladi.
Kishilik olmoshlarining turlanishida eski o’zbek tilida o’ziga xos xususiyatlar ko’zga tashlanadi:
Kishilik olmoshlarining turlanishi:
Kelishiklar
|
Turlanishi
|
Bosh kelishik
|
Men, sen, ul, biz, siz, ular, anlar, alar
|
Qaratqich kelishigi
|
Meniң, seniң, anың, bizniң //biziң,sizniң//siziң,ularnың //ularың, anlarnың//anlarың, anlarnың, bizim, sizim
|
Tushum kelishigi
|
Meni, seni, anы, bizni, sizni, ularnы, anlarnы, alarnы
|
Жo’nalish kelishigi
|
Maңa (maңar), saңa (saңar), aңa,bizgә, sizgә, ularg’a(qa), anlarg’a(qa), alarg’a (manqa, sanqa), bizә, sizә
|
O’rin-payt kelishigi
|
Mendә, sendә, anda, bizdә, sizdә, ularda, anlarda, alarda
|
CHiqish kelishigi
|
Mendin, sendin, andыn, bizdin, ulardыn, anlardыn, alardыn.
|
XIII-XIV asrlarda, XIX asrdan keyingi yodgorliklarda ham chiqish kelishigining –dәn/-dan, ba’zan –dүn/-dun varianti qo’llangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |