Sifat, son so’z turkumlari



Download 54,1 Kb.
bet2/10
Sana31.12.2021
Hajmi54,1 Kb.
#247709
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
4-maruza

Sifat darajalari.

Sifat darajalarining turkiy tillarga xos har uchala turi va har bir turning ifodalanish usullari bu davr tilida ham mavжud.

Hozirgi va o’tmish lingvistik adabiyotlarda sifatning oddiy, qiyosiy va orttirma daraжalari haqida fikr yuritib kelingan va unda rus tili qolipidan kelib chiqilgan. O’zbek tilidagi sifatlar esa bu qolipga tushmaydi, balki oddiy daraжa, belgining kamligi darajasi va belgining ortiqligi – kuchaytiruv darajasini farqlash imkoniyatini beradi.

Oddiy daraжa. Boshqa daraжalarning hosil bo’lishi uchun negiz vazifasini baжaradi va belgi neytral daraжada bo’ladi. Bu shakl “nolь” shakl bo’lib, unda affiks qatnashmaydi.

Belgining kamligi esa bir necha affikslar orqali hosil qilinadi:

-raq/-rәk.

Kim ki ulug’raq, aңa xыdmat kerәk

Ul ki kichikrәk, aңa shafqat kerәk.

(Xamsa).

-mtul. Qыzыmtul, qaramtul, yashыmtul (Maboinul-lug’at).

Belgining kamligi daraжasida sifatga xos bo’lgan asosiy belgining kamligini bildirmaydi, balki boshqa belgida sifat ifoda qilayotgan belgidan qisman mavжudligini anglatadi.



Belgining ortiqligi va kuchliligi daraжasi. Bu daraжa sifatlarni to’liq va to’liqsiz takrorlash hamda sifat oldidan ravishlarni keltirish orqali hosil qilinadi.

To’la takror: Meңizlәri gүl-gүl, qabag’larы keң-keң (Navoiy). Ba’zan bunday sifatlarning birinchi qismida chiqish kelishigi affiksi ham qatnashadi va ma’noning yanada kuchaytirilishiga xizmat qiladi: Zāhirim avqātы yamandыn-yaman (Navoiy).

To’liqsiz takror. Bunda birinchi bo’g’in p, m undoshlari ishtirokida takrorlanadi: ap-achыg’, ap-aq, yup-yumalaq, chup-chuqur, yәm-yәshil (Navoiy ML.).

Sifat oldidan ravish so’zlari keltiriladi: Bag’ayat biyik kishi (Navoiy), asru keң (Bobir).

Ta’kidlash zarurki, -raq/-rәk affiksli shakllarda qiyos ma’nosi yo’q emas, balki belgining kamligi ma’nosi bosh ma’nodir.

Sanoq sonlar. Eski o’zbek tilida sanoq sonlar kishi, narsa hamda hodisalarning sanog’ini bildirgan, sanoq sonlarning birlik, o’nlik, yuzlik, minglik va boshqa formalari qo’llangan. Sanoq sonlar sodda va murakkab formalar orqali ifodalangan, arab, fors-toжik, hind tillaridan o’zlashgan sanoq sonlar ham uchraydi.

Eski o’zbek tilida qadimgi turkiy tildagiga nisbatan sonlar jiddiy o’zgarishga uchragan emas, lekin o’ziga xos tizim hosil qilgan. Ayniqsa, murakkab sonlar hozirgi normalarga yaqinlashgan. Bu davr tilida tөrt yigirmi (14), altы elig (46), otuz artuqы uch (33) kabi murakkab sonlar qo’llanishdan chiqqan.

Sodda sanoq sonlar eski o’zbek tilida tanglay garmoniyasi talabiga ko’ra qattiq va yumshoq variantlarda qo’llangan.Sodda sanoq sonlar quyidagicha ko’rinishga ega: bir soni, asosan, yumshoq talaffuz qilingan: bir birigә qatыla berdilәr (Amiriy). Biri birigә baqmay (BN).

XVIII —XIX asr yozma manbalarida bir sonini qattiq talaffuz qilish holatlari ham uchraydi: Bыr-bыrыg’a namahram et (Uvaysiy).

Ikki soni oldidagi unli -e yoki -i tovushlari orqali: eki, -ikki tarzida talaffuz kilingan. SHu bilan birga, iki soni tarkibidagi -k undoshi ba’zan tashdid orqali ifodalangan: eki, ekki, iki, ikki kabi. Bunday xilma-xillik she’riyatda aruzning talabi bilan yuz bergan.

XIX asrga oid ayrim yozma manbalarda altы soni alta, yetti soni yette formasida uchraydi.

«Boburnoma»da, Gulxaniy, Munis asarlarida bir toqquz,toqquz- toqquz iborasi qo’llangan, har narsaning to’qqiztalik songa ega ma’nosini anglatgan: Bir toquz et va bir toquz parcha kelturәdi (BN). Meңә g’amdыn t o q u z-t o q u z tuhfa (Munis).

Yigirmә soni uch xil fonetik variantda iste’mol etilgan: yigirmә (BN); yigirmi (Navoiy, MN); igirmi (SH. tar.).


Download 54,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish