Sifat menejmenti va maxsulotlar xavfsizligi



Download 8,3 Mb.
bet63/168
Sana20.12.2022
Hajmi8,3 Mb.
#891498
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   168
Bog'liq
УМК Стандартлаштириш

7.3. Bayon qilishga talablar


Standartning o‘ziga xos xususiyatlariga va mazmuniga qarab, talablar matn, jadvallar, grafiq material (rasmlar, sxemalar, diagrammalar) yoki bularning birikmasi ko‘rinishida bayon qilinadi. Standart matni turlicha izohlanishiga yo‘l qo‘ymaydigan, qisqa, aniq, standartning qo‘llashish doirasiga muvofiq uni qo‘llanish uchun zarur va yetarli, mantiqiy izchil bo‘lishi lozim. Standartga faqat ob’ektiv metodlar bilan tekshirish mumkin bo‘lgan tafsilotlar va talablarni kiritish lozim. Standartda amaldagi standartlarda belgilangan atamalar, ta’riflar, belgilar va qisqartmalarni qo‘llanish kerak. Kattaliklarning eng katta yoki eng kichik matlarini keltirganda “ko‘pi bilan (kamida)” iboralarini qo‘llanish lozim. Standartda ko‘rsatilgan me’yorlar, talablardan og‘ishlarning joiz qiymatlarini keltirishda “dan ko‘p (kam) bo‘lmasligi kerak” iborasini qo‘llash kerak24.


Standartda o‘rnatiladigan kattaliklarning son qiymatlari chekka og‘ishlari bilan yoki eng katta (yoki) eng kichik qiymatlar ko‘rinishida ko‘rsatilishi lozim. Son qiymatlarini foizlarda ko‘rsatishda quyidagicha: “... 63% dan 67% gacha” yoki “(65+2%) emas, balki ” (65+2)% yozish kerak. Rim harflaridan faqat buyumning navini (toifasi, sinfi va b.) kimyoviy elementlarning valentligini, yilning kvartallarini, yarim yillikni belgilaщda qo‘llanish kerak. Qolgan hollarda arab raqamlari qo‘llaniladi.
Hisob birliklari va fizik kattaliklar birliklarining belgilari jadvallarda, formulalarga kiradigan simvollar va sonli koeffitsientlarni tushuntirishda va matnda, faqat sonli qiymatlarda qo‘llaniladi va nuqtasiz yoziladi. Standartda quyidagilarga yo‘l qo‘yilmaydi:
– so‘zlashuv iboralarini, texnitsizm va kasbiylikni qo‘llanish;
– bir tushunchaning o‘ziga ma’nosi jihatdan yaqin turli ilmiy-texnikaviy atamalar (sinonimlar) ni, shuningdek o‘zbek va rus tillarida teng ma’noli so‘zlar va atamalar mavjud bo‘lgani holda chet so‘zlar va atamalarni qo‘llanish;
– ixtiyoriy yasama so‘zlarni qo‘llanish;
– rus orfografiyasida belgilanganlardan boshqa qisqartma so‘zlarni qo‘llanish.
Standart matnini bo‘limlarga ajratish kerak. Bo‘limlar moddalar (punktlar) ga yoki kichik bo‘limlar va moddalarga ajratilishi mumkin. Moddalar, zarur bo‘lganda, kichik moddalarda bo‘linishi mumkin. Standart matnini moddalarga va kichik moddalarga bo‘lishda har bir modda, kichik modda tugal axborotni o‘z ichiga olishi zarur. Bo‘limlar, kichik bo‘limlar, moddalar va kichik moddalarni arab raqamlari bilan belgilash va abzasdan satr boshidan yozish kerak. Bo‘limlar me’yoriy hujjatdagi asosiy qismning butun matni doirasida (ilovalar bundan mustasno) tartib raqamlari bilan belgilanadi.
Sarlavhalar bo‘limlar, kichik bo‘limlarning mazmunini aniq va kisqa aks ettirishi lozim. Bo‘limlar, kichik bo‘limlar va moddalarning sarlavhalarini bosh harflar bilan oxiriga nuqta qo‘ymasdan, abzasdan boshlab yozish kerak. Moddalar yoki kichik moddalar ichida sanab ko‘rsatishlar bo‘lishi mumkin. Sanab ko‘rsatilgan har bir satr oldida defis yoki, zarur bo‘lganda, standartning matnida sanab o‘tilganlarning biriga havola qilishda kichik satr harflarini qo‘yish kerak. Kichik harfdan keyin qavs qo‘yiladi. Sanab o‘tilganlarni keyinchalik ravshanlashtirish uchun arab raqamlaridan foydalanish zarur, bu raqamlardan keyin qavs qo‘yiladi. Jadvallar ko‘rsatkichlarning yaqqol ifodalanishi va taqqoslashning bo‘lishi uchun qo‘llaniladi. Jadval nomini jadval ustida joylashtirish lozim. Jadvalning bir qismini shu betning o‘zida yoki boshqa betga ko‘chirishda jadval nomi uning faqat birinchi qismi ustida joylashtiriladi.
Grafik material – rasmlar (sxemalar, diagrammalar va h,k.) standartga ob’ektning xossalarini yoki tafsilotlarini yaxshi belgilash, shuningdek standart matnini yaxshi tushunish uchun joylashtiriladi. Standart matnida grafik materialga havola berilgan bo‘lishi kerak. Grafik material o‘zi to‘g‘risida birinchi marta eslatilgan matndan keyin bevosita yoki keyingi betda, zarur bo‘lganda esa ilovada joylashtirilishi lozim. Matnda joylashtiriladigan rasmlar, sxemalar, diagrammalar va h.k. KHYaT standartlarining talablariga muvofiq bo‘lishi lozim. Standartda grafik materialni to‘ldiruvchi jadvallar mavjud bo‘lsa, jadvallarni grafik materialdan keyin joylashtirish lozim. Grafik materialning biror mavzuga bag‘ishlangan nomi bo‘lishi mumkin, bu nomi grafik material tagida quyidagicha joylashtiriladi:

Download 8,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish