Sifat menejmenti
Topshiriq 2
1. Халқаро, давлатлараро, минтақавий стандартларни ва хорижий мамлакатларининг стандартларини қабул қилиш ва қўллаш тартибининг асосий мақсади нимадан иборат.
O'zbekiston Respublikasining "Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to'g'risida"gi qonuni. Mazkur Qonun 1993 yil 28 dekabrda qabul qilingan bo'lib, 4 MAVZU 23 moddadan iborat. U O'zbekiston Respublikasida mahsulotlar, xizmatlar va boshqa ob'ektlarni sertifikatlashtirishning huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy asoslarini, shuningdek sertifikatlashtirish ishtirokchilarining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini belgilab beradi.
Sertifikatlashtirish - akkreditatsiya yo'li bilan davlatdan mahsulot (tovar yoki xizmat) ning sifatini tasdiqlash huquqini olgan uchinchi tomonning harakati.
Standartlashtirishning asosiy maqsadlari:
• mahsulotlar, jarayonlar, ishlar va xizmatlar (keyingi o'rinlarda «mahsulot» deb yuritiladi), ekologik xavfsizlik, resurslarni tejash masalalarida iste'molchilar va davlat manfaatlarini himoya qilish;
• mahsulotlarning o'zaro almashinishi va mosligini ta'minlash;
• fan va texnika taraqqiyoti darajasiga, shuningdek, aholi va iqtisodiyot ehtiyojlariga mos ravishda mahsulot sifati va raqobatbardoshligini oshirish;
• barcha turdagi resurslarni tejashga ko'maklashish, ishlab chiqarishning texnik-iqtisodiy ko'rsatkichlarini yaxshilash;
• ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy dasturlar va loyihalarni amalga oshirish;
• tabiiy va texnogen ofatlar va boshqa favqulodda vaziyatlar xavfini hisobga olgan holda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning xavfsizligini ta’minlash
• iste’molchilarga mahsulotlar assortimenti va sifati to‘g‘risida to‘liq va ishonchli ma’lumotlarni taqdim etish;
• mudofaa qobiliyatini va safarbarlik shayligini ta'minlash;
• o'lchovlarning bir xil bo'lishini ta'minlash.
Sifatga talablarni standartlashtirish. Xalqaro standartlashtirish organlari 1920 - 1980 yillarda ISO - 9000 seriyasidagi xalqaro standartlar ko'rinishida sifatni ta'minlashning zamonaviy tizimini yaratdilar. Bu tizim xizmatlar, jihozlar va hujjatlarga talablar belgilaydi, ishlab chiqarilyapgan mahsulotning sifatini ta'minlash masalalarini hal qiladi. Sertifikatlashtirish quyidagi uch darajadan iborat: 1. Alohida olingan mahsulotni sertifikatlashtirish. 2. Ishlab chiqarish texnologik jarayonni sertifikatlashtirish. 3. Sifatning ishlab chiqarish tizimini sertifikatlashtirish.O'zbekiston Respublikasining "Standartlashtirish to'g'risida"gi qonuni. "Standartlashtirish to'g'risida" gi qonun 1993 yil 28 dekabrda qabul qilingan bo'lib, 4 bo'lim 12 moddadan iborat. Sertifikatlashtirilishi shart bo'lgan mahsulotlarni O'zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish tartibini O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydi.Mahsulotlarning atrof-muhit, aholi hayoti, sog'lig'i va mol-mulkida xavfsizligini, mahsulotlarning texnik va axborot muvofiqligini va o'zaro almashinishini ta'minlash, nazorat qilish usullarining birligi va markalashning birligi O'zbekiston Respublikasi standartlari bilan belgilanadi. O'zbekiston.davlat boshqaruvi organlari, xo'jalik faoliyati sub'ektlari tomonidan belgilangan boshqa talablarga ham rioya etilishi majburiydir.
O'z tajribamga tayanib aytadigan bo'lsam xar bir davlat yoki tashkilotlarga keladigan yoki ular ishlab chiqaradigan maxsulotlariga e'tiborni kuchaytirishimiz kerak. Maxsulotlar o'zimizda bo'sin goh chet elda biz ularning sifat darajasini birinchi o'rinda tutishimiz kerak . Bunga Birinchi sabab esa xalqimizga doim sifatli va standartlarga javob bera oladigan maxsulotlarni xalqqa yetkazishimiz va ular bundan xursand bo'lib manfaat topib ishlatishsin va istemol qilishsin . Biz esa bundan juda xam xursand bo'lamiz. Agarda barcha o'z maxsuloti sifatiga javob bersa barchasi o'z o'zidan yaxshilanib boraveradi .
Do'stlaringiz bilan baham: |