“сиёсий ва ҳУҚУҚий таълимотлар тарихи” фанининг предмети, методи ва аҳамияти



Download 356,31 Kb.
Sana25.07.2021
Hajmi356,31 Kb.
#128233

SIYOSIY HUQUQIY SOXADAGI HALQARO REYTINGLAR VA ULARGA O'ZBEISTONNING INTEGRATSIYALASHUVI


Reja:
  • Siyosiy va huquqiy ta`limotlar tarixi fanining predmeti, o`rganish uslublari va ahamiyati.
  • Siyosiy va huquqiy ta`limotlar tarixi fanining vazifalari va unga qo`yilgan talablar.
  • Siyosiy va huquqiy ta`limotlar tarixi fanining boshqa umumnazariy fanlari bilan aloqadorligi.

predmeti, o`rganish uslublari va

1. Siyosiy va huquqiy ta`limotlar tarixi fanining ahamiyati.

Siyosiy va huquqiy ta`limotlar tarixi davlat va huquq haqidagi nazariy bilimlarning paydo bo`lishi va rivojlanish tarixini o`rganuvchi ham tarixiy , ham nazariy ixtisoslikka mansub fandir. Siyosiy huquqiy ta`limotlar tarixi fanining predmeti bo`lib,jamiyatdagi nazariy ta`limotlardan tashqarii siyosiy va huquqiy voqelikni o`zida aks etuvchi turli tasavvurlar, his- tuyg`ular,e`tiqodlar, kayfiyatlar, fikrlar ham mavjud. Bular turli asarlarda, davlat va jamoat arboblarining fikrlarida va mulohazalarida ifodalangan.Ular maxsus nazariya darajasida bo`lmasada , jamiyatdagi turli ijtimoiy-siyosiy harakatlarning manfaatlarini , siyosiy dasturlarini aniqlash va yoritish imkonini beradi.Fanning predmeti bularning barchasini qamrab oladi.

Mazkur o`kuv fanining o`qitishdan maqsad bo`lajak huquq sohasi mutaxassislarini umumjaxon miqyosidagi siyosiy va huquqiy ta`limotlarning paydo bo`lishi xamda rivojlanish qonuniyatlarini

o`rgatish, ularning tafakkuri tarixiy sinovlardan o`tgan ibratli siyosiy va huquqiy fikrlar bilan boyitish, turli siyosiy va huquqiy g`oyalar, fikrlar, nazariyalar moxiyatini anglab olish malakasini shakllantirishdir.

«Siyosiy va huquqiy ta`limotlar tarixi» fanini o`rganishda ijtimoiy fanlarni o`rganishda qo`llaniladigan uslublardan foydalaniladi. Falsafiy va maxsus-huquqiy, formal mantiiqiy, dialektik, sistematik, qiyosiy- tarixiylik uslublari alohida o`rin tutadi.

Siyosiy va huquqiy ta`limotlar tarixi fani yuristlarning zamon talabiga mos dunyoqarashini

shakllantirib, huquq sohasidagi ilmlarini yanada mustaxkamlashga yordam beradi. Xozirgi davrda davlat va huquq haqida chukur ilmiy tasavvurga ega bo`lish zamonaviy dunyoviy tafakkurning teranlashuviga va O`zbekistonning jaxon xamjamiyatida insonparvar demokratik huquqiy davlat sifatida o`z qonuniy o`rnini egallashiga xizmat qiladi.

Siyosiy va huquqiy ta`limotlar tarixining ahamiyati shundaki, u bo`lajak huquqshunoslarni umumjahon miqyosidagi ta`limotlarning paydo bo`lish va rivojlanish qonuniyatlari bilan

malakasini

tanishtirish bilan birga,ularda bu ta`limotlarning mohiyatini anglab olish shakllantiradi.

2. Siyosiy va huquqiy ta`limotlar tarixi fanining vazifalari va unga qo`yilgan talablar

Siyosiy va huquqiy ta`limotlar tarixi fanining birinchi vazifasi - huquq sohasi bo`yicha bulajak mutaxassislarga siyosiy va huquqiy ta`limotlarning rivojlanishi jarayonida ruy berayotgan evolyutsiyasi haqida bilim berish.

Siyosiy va huquqiy ta`limotlar tarixi fanining ikkinchi vazifasi - davlat va huquq haqidagi nazariyalarni xayotga tadbiq qilish uchun talabalarni nazariy bilimlar bilan qurollantirish.

Siyosiy va huquqiy talimotlar tarixi fanining uchinchi muxim vazifasi - talabalarda bugungi

kunda mavjud qonunlarni siyosiy va huquqiy okimlar, nazariyalarining moxiyatini anglash va tushuntirib bera olish malakasini shakllantirishdir.

“Siyosiy va huquqiy ta`limotlar tarixi” fanining vazifalari quyidagilar:

- huquq sohasi bo`yicha bo`lajak mutaxassislarga siyosiy-huquqiy ta`limotlarning rivojlanishi jarayonida ro`y berayotgan evolyutsiyasi haqida bilim berish;

davlat va huquq haqidagi nazariyalarni hayotga tatbiq etish uchun nazariy bilimlar bilan qurollantirish;

bugungi kundagi qonunlarni, mavjud siyosiy-huquqiy g`oyalarni, qarashlarning mohiyatini anglash va tushuntirib bera olish malakasini shakllantirishdan iborat.

“Siyosiy va huquqiy ta`limotlar tarixi” fani davlat va huquq nazariyasi bilan o`zaro bog`liqlikda tarixiy fan sifatida davlat, huquq, siyosat va qonunchilik haqidagi nazariy bilimlarning

shakllanish va rivojlanishining tarixiy qonuniyatlarini o`rganadi.

Talablar siyosiy va huquqiy ta`limotlar tarixi fani bo`yicha quyidagilardan iborat.


  • Davlat va huquq haqidagi nazariy bilimlar tadriji, ya`ni evolyutsiyasini bilishi darkor.
  • Davlat va huquqning goviy, ilmiy asoslarini anglab yetishlari lozim.
  • Siyosiy vahuquqiy nazariyalar, fikrlar, qarashlarlarning kelib chiqishi, o`zgarishi xamda rivojlanish sabablarini bilishlari kerak.
  • Siyosiy va huquqiy xodisalarning, ilmiy asoslarini o`rganishlari zarur
  • Siyosiy va huquqiy muammolar bo`yicha o`z fikr xamda g`oyalarini, qarashlarini ilmiy asosda bayon qila olishni bilishi kerak.
  • Davlat va huquq masalalarini sharxlash, tushuntirib bera olish malakasiga ega bo`lishlari

  • kerak.
  • Siyosiy va huquqiy ta`limotlarining manbalarini yaxshi bilishi, ulardan foydali, bugungi kun uchun zarur jixatlarini aniqlash ko`nikmasi shakllangan bo`lishi kerak.
  • Davlat va huquq haqidagi nazariyalar, qarashlar, g`oyalar, fikrlarni, siyosiy va huquqiy jarayonlarni taxlil, sintez qilish qobiliyatiga ega bo`lishi kerak.

  • 3. Siyosiy va huquqiy ta`limotlar tarixi fanining boshqa umumnazariy fanlari bilan aloqadorligi. Mazkur fan o`quv rejasidagi Davlat va huquq nazariyasi, Xorijiy mamlakatlar davlati va huquqi tarixi, Rim huquqi, O`zbekiston davlati va huquqi, Siyosatshunoslik fanlari bilan chambarchas bog`liqdir.

    Davlat va huquq nazariyasining murakkab jixatilarini egallash uchun siyosiy va huquqiy ta`limotlar tarixini mukammal bilishi kerak.

    Davlat va huquqning kelib chiqish, rivojlanish qonuniyatlarini biz bu xodisalar to`g`risidagi nazariy bilimlar manbalari orqali o`rganamiz. Shu bois davlat va huquq nazariyasini o`rganish

    siyosiy va huquqiy ta`limotlar tarixi bilan doimiy aloqada bo`lishi kerak.

    Xorijiy mamlakatlar davlat va huquq tarixi fani bilan siyosi yva huquqiy ta`limotlar tarixi fani chambarchas aloqador. Chunki xorijiy mamlakatlarning davlat va huquqi tarixi manbalarida


turli xil davridagi davlat va huquq haqidagi nazariy bilimlarni bilib olish mumkin. O`z navbatida siyosiy va huquqiy ta`limotldari tarixi uz usullari va vositalari bilan xorijiy mamlakatlar davlat xamda huquqi manbalarining xususiyatlari ilg`or yoxud salbiy jixatlari o`rganiladi. O`zbekiston davlat va huquq tarixini o`rganishda xam siyosiy huquqiy ta`limotlar tarixi fanidan olingan bilimlar muxim axamiyat kasb etadi.

Siyosatshunoslik fani bilan bu fan mustaxkam aloqada bo`ladi. Siyosat haqidagi fan sifatida siyosatshunoslik fani siyosiy huquqiy ta`limotlar tarixi fanining ilmiy natijalariga tayanadi. Siyosiy huquqiy xodisalar haqidagi tarixiy-nazariy bilimlar kelajakda siyosiy va

huquqiy institutlarning rivojlanish istiqbollarini ishlab chiqish imkonini beradi.

Siyosiy huquqiy ta`limotlar tarixi barcha ijtimoiy fanlar, xususan, huquqshunoslik fanlaridan mustaxkam aloqada bo`lib, umumiy maqsadga xizmat qiladi.

Siyosiy-huquqiy ta`limotlarni o`rganishga xar tomonlama xolisona yondashish, manbalar

asosida davlat va huquq haqidagi ta`limotlarni o`rganishga e`tibor talab qilinadi. Muximi siyosiy g`oyalar ta`limotlar jamiyatning moddiy xayotigina emas, ma`naviy xayotiga xam bog`liq xolda o`rganilishi zarur. Siyosiy va huquqiy ta`limotlar o`zini keltirib chiqargan moddiy va ma`naviy



asoslarga xam ta`sir etishini xisobga olish kerak. Siyosiy huquqiy ta`limotlar tarixi fanining rivojlanishiga katta xissa qo`shgan. Xalq og`zaki ijodi namunalaridagi dastlabki yozma manbalarida davlat, huquq, ozodlik, adolat, tinchlik to`g`risidagi fikrlarni o`rganishga xam e`tiborni karatish kerak.

Adabiyotlar


1. Adilxodjayeva S.M. Liberalizm: evolyutsiya idey ot proshlogo do nastoyahego. Monografiya. –T.: TDYUI, 2002. –120 s.

Boboyev H.B. Siyosiy huquqiy ta’limotlar tarixi. –T.: TDYUI, 2003. –205 Boboyev H.B. O‘zbek davlatchiligi tarixi. –T.: “Fan”, 2004. – 294 b.

Islamov Z. Obhestvo. Gosudarstvo. Pravo. –T.: Adolat, 2001. 695 b.

Islomov Z.M. Davlat va huquq: umumnazariy masalalar. (Davlat nazariyasi). –T.: Adolat, 2000. – 272 b.

Islomov Z.M. Huquq tushunchasi, mohiyati, ijtimoiy vazifasi. –T.: TDYUI, 2004. –138 b. Islomov Z.M.Fukarolik jamiyati: kecha, bugun, erta. –T.: TDYUI, 2003. –87 b.

Istoriya politicheskix i pravovo‘x ucheniy. Pod redaksiyey Leysta. Uchebnik dlya VUZov –M.: Norma, 2001. –680 s.

Muxamedov X.M. Islom va davlat nazariyasi muammolari. –T.: Adolat, 1998. –39b.

Muxitdinova F.A. “Siyosiy-huquqiy ta’limotlar tarixi” o‘quv qo‘llanma. –T.: TDYUI, 2003. –230 b. www.ziyonet.uz
Download 356,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish