Siyosiy tuzumda quyidagi hususiyatlar mavjud:
davlat tomonidan muhofaza etiladigan, davlat, jamiyat va shaxs orasidagi muayyan munosabatlar tizimi davlat hokimiyatining ijtimoiy - iqtisodiy va tashkiliy- siyosiy negizlari ushbu hokimiyatni amalga oshirish usullari, fuqarolarning huquqiy maqomi;
Davlat hokimiyati oliy va boshqa organlari tizimi, vakolatlar nisbati, ularni tashkil qilish tartiblari;
Mamlakatning xududiy tuzilishi.
Shunday qilib, davlat shaklini tavsiflashda siyosiy rejim, tor ma`noda (davlat rahbarligi usul va uslublari yig`indisi) ham, keng ma`noda tushunilganda (shaxsning demokratik huquqlari va siyosiy erkinliklarii kafolatlanish darajasi, rasmiy konstitutsiyaviy va huquqiy shakllarning siyosiy hayot voqeligiga mos kelishi mezoni, hokimiyat tarkiblarining davlat va ijtimoiy hayot huquqiy asoslariga munosabati harakteri) ham katta ahamiyatga molikdir.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan xolda to`la asos bilan shuni aytish mumkinki, siyosiy rejim davlat hokimiyatining aholi bilan o`zaro munosabatlari qanday qilib va qanday usullar yordamida amalga oshiriladi, ijtimoiy qatlamlarning siyosiy sohadagi haqiqiy nisbati qanday namoyon bo`ladi, turli jamoat tashkilotlari siyosiy maqomi qanday, davlat organlari o`z xududlarida yashovchi aholini boshqarish bo`yicha amalda qanday rol o`ynaydilar, degan savollarga javob beradi. Yuqorida zikr etilgan fikrlardan kelib chiqqan xolda, siyosiy rejimga ta`rif keltiramiz. Siyosiy rejim - davlat hokimiyatini amalga oshirish usul va uslublari, shakllarining majmui bo`lib, mamlakatdagi siyosiy vaziyatni, ya`ni jamiyatdagi siyosiy erkinlik darajasini va shaxsning huquqiy holatini bildiradi. Yuqoridagi berilgan fikr va muloxazalar, ta`riflardan siyosiy rejimning huququiy belgilarini keltirib chiqaramiz.
Siyosiy rejimning huquqiy belgilari quyidagilardan iborat:
Davlat shakllaridan biri ekanligi;
Davlat funksiyalari bilan bevosita bog`liqligi;
Davlat funksiyalarini amalga oshirish shakl va usullarini belgilab berish;
Jamiyat va davlatni boshqarishda halq ishtiroki darajasini belgilab berish.
Nodemokratik rejimga xos xususiyat shundaki, bunday rejimda davlat idoralari hokimiyatni amalga oshirish chog`ida demokratik prinsiplar va qoidalarga rioya etmaydilar, ularni doimo yoki tez – tezda bO`z adilar. Bunday siyosiy rejimda fuqarolarning huquq va erkinliklari paymol etiladi, qo`pol ravishda bO`z iladi, muholifat bartaraf etiladi, ba`zida esa parlament singari siyosiy institutlar bartaraf etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |