Sibling maqomi tushunchasi


Ikkinchi farzand (yoki o‘rtancha



Download 25,73 Kb.
bet3/4
Sana12.06.2022
Hajmi25,73 Kb.
#658872
1   2   3   4
Bog'liq
SIBLING MAQOMINI OILAVIY MUNOSABATLARGA TA’SIRI

Ikkinchi farzand (yoki o‘rtancha) odatda kattalarga tobe, o‘zgalar ko‘magiga muhtoj, adolatsizlik, xaqsizliklar va qattiqlikka chidamsiz, boshqalarning munosabatlarini injiqlik bilan qabul qiladigan bo‘lib o‘sadi. U akasi yoki opasiga qarab, uning soyasida ayyorroq, epsizroq bo‘lib ko‘rinadi, chunki tug‘ilganidan yonida undan kattalar borligiga u ko‘nikib boradi. O‘rtancha farzandlardan yaxshi san’atkorlar, sportchilar, diplomatlar, odamlar bilan ishlashga ustasi farang rahbarlar yetishib chiqishi ham mumkin.

  • Kichik farzand umrining oxirigacha o‘zini kichikman, deb his qilishga moyil bo‘ladi, uni hech kim hafa qilishi mumkin emas. Hamisha g‘amxo‘rlik og‘ushida bo‘lgan kichkintoy, kelajakda ham hamma yerda o‘zini muhofazada, xavfsizlikda his etishga moyil bo‘ladi va buni o‘zgalardan talab ham qiladi. Ularning kayfiyati ko‘pincha yaxshi bo‘lib, yonatrofidagilar bilan yaxshi muomalaga kirisha oladi. Odatda kichik farzandda muvaffaqiyatga erishish motivatsiyasi kuchli, raqobatbardoshlik talab etilgan sharoitda u chidamliroq bo‘ladi. Afsuski, ularning nikoh borasida omadlari kamroq bo‘lishi kuzatilgan, oilada kichik farzand bo‘lganlar salga ajralishni o‘ylaydi, chunki ulardan yaxshi vafodor, chidamli er yoki xotin chiqmaydi. Shu bois, turmush qurishga ham unchalik shoshmaydi, chunki o‘ziga mas’uliyatni olishni yoqtirmaydi.

    Yagona farzandning sibling maqomi to‘ng‘ichnikiga yaqin. Otaonaning umidlari va orzu-havaslarini bilib katta bo‘lgan bola ko‘p sohada, ayniqsa, intellektual sohada katta muvaffaqiyatlarga erishishi mumkin, lekin odatda juda o‘zini yaxshi ko‘radigan, egoist bo‘lib qolishadi. Ular jamiyatda ham xato qilib qo‘yishdan qo‘rqmaydi, muvaffiqiyat sari dalil yuradi, lekin har doim ham unga erisholmaydi, chunki odamlar bilan kirishimli emas. Shuning uchun o‘zbeklarda “yagona farzand – farzand emas”, degan gaplar bor, ular ota-onaning kuyib-pishib, unga barcha imkoniyatlarni yaratib, yaxshi ko‘rayotganligining qadriga yetmaydi. Bu kelgusida ham boshqa insonlarga nisbatan munosabatda o‘z aksini topadi, keksayib qolgan otaonaga to‘ng‘ich farzand qanchalik mehribon bo‘lsa, yagona farzand buning aksi bo‘lib, otasi va onasi vafotidan keyin ham ulardan xafa bo‘lib yuradi, “nega meni tashlab ketishdi?”, deb. Shuning uchun yaxshi oila uchun kamida ikkita farzandning bo‘lishi va ular o‘rtasida yaxshi o‘zaro munosabatlarning qaror topishi shaxs uchun ham, oila va jamiyat uchun ham foydalidir.
    XX asrning 70 yillarida avstraliyalik psixolog Uolter Toumen sibling maqomining shaxs shakllanishiga ta’siri mavzusiga oid ko‘pgina tadqiqot ishlari olib bordi. U minglab oilalarni o‘rganib, qadriyatlar tizimining, moliyaviy ahvolining va ma’lumoti darajasining turlicha bo‘lishiga qaramasdan oiladagi o‘rni bir xil bo‘lgan insonlar xarakterida juda ko‘p o‘xshashliklar borligini aniqlagan.
    R.B.Felson siblinglar o‘zaro munosabatlaridagi agressivlikni o‘rganib, oiladagi yolg‘iz jinsli bolaga nisbatan (jinsidan qat’iy nazar) boshqa bolalarning jismoniy va verbal agressiv harakatlar qilishini aniqladi. Shuningdek, siblinglar o‘zaro tortishuviga hadeb ota-onalarning aralashuvi kutilgan natijalarga olib kelmasligi isbotlandi. Felsonning fikricha, shaxsning agressiv xulq-atvoriga uning oilasidagi shaxslararo munosabatlar qatorida, sibling maqomi va siblinglar soni ham muhim rol o‘ynaydi.
    Mamlakatimizda ham siblinglar o‘zaro munosabatlarining shaxs shakllanishiga ta’sirini o‘rganish bo‘yicha tadqiqot ishlari olib borilmoqda (V.M.Karimova, Z.YE.Abdurahmanova, X.Xaydarova, N.A.G‘ayibova). Jumladan, N.A.G‘ayibovaning tadqiqot ishlari natijasiga ko‘ra, sinaluvchi o‘smirlar ichida to‘ng‘ich farzandlar nizoli vaziyatni bartaraf yetishda boshqa sibling maqomidagilarga nisbatan ko‘proq mas’uliyatni bo‘ynilariga olishlari, oiladagi o‘rtancha farzandlar boshqa sibling maqomidagi o‘smirlarga nisbatan atrofdagilarga hukmron, boshqaruvchilik munosabatida bo‘lishlari, kenja farzandlar yesa oilada va tengdoshlari davrasida mas’uliyatni bo‘yniga olishni yoqtirmasliklari aniqlangan. Shu bilan birga oilada kenja qizlar kenja o‘g‘il bolalarga nisbatan nizoli vaziyatlarda raqobatga moyil yekanlari aniqlangan. Tadqiqot ishi natijalaridan o‘smir do‘st tanlashda o‘z sibling maqomiga monand bo‘lgan o‘smirni tanlash yehtimoli yuqori yekanligi aniqlandi. Bu sibling maqomi do‘stona munosabatlar o‘rnatishga aloqador yekanligidan dalolat beradi.
    Oila va nikoh bo‘yicha ko‘plab mutaxassislar Z.Freyd va A.Adlerning g‘oyalarini ma’qullagan holda shuni ta’kidlaydilarki, oila qurayotgan yosh kelin-kuyovlar o‘zlari anglamagan ravishda o‘zlari tarbiya topgan oilalarining modelini yangi oilaga tadbiq eta boshlaydilar.
    Jumladan, Toumen sibling maqomi kelajakda umr yo‘ldoshi tanlashga va u bilan bo‘ladigan munosabatlarga ham ta’sir qiladi, deb hisobladi. Touman nazariyasi aka va opalar sifatlarini qaytarilishi, deb atalib, shunga ko‘ra, agar turmush qurayotgan yoshlarning opalari yoki akalari bo‘lsa, ular yangi turmushdagi munosabatlarda ana shu o‘z yaqinlariga bo‘lgan munosabatlarini jinsga muvofiq tarzda namoyon qilishga intilisharkan. Ayniqsa, xotinning akasi va yerning kichik singlisi bo‘lganligi oilaviy munosabatlarning ijobiy bo‘lishiga yordam beradi.
    Opa-singil, aka-inilik munosabatlariga asoslangan oila modeli A.Adler g‘oyalari ta’sirida ishlab chiqilgan. Unga ko‘ra, er-xotin aloqalari mustahkam va barqaror bo‘lishi uchun ikkasi o‘z munosabatlari jarayonida akalari yoki opa-singillari bilan bo‘ladigan hamkorlik, liderlik, hukmronlik, mas’uliyat, g‘amxo‘rlik, tobelik kabi qator munosabatlarini ro‘yobga chiqarishlari lozim (sibling yondashuv). Bu aloqalarning bir ko‘rinishi shundayki, unda er va xotin bir-biriga akaday, singilday u yoki bu munosabatlardagi kemtikliklarni to‘ldirib borishlari mumkin (komplementar nikoh). Bu bizdagi munosabatlarga ham xos bo‘lib, ko‘pgina o‘zbek oilalarida xotin erini “aka” deb atasa, er birinchi farzand tug‘ilgach, xotiniga to‘ng‘ich farzandning ismini aytib murojaat qiladi. Bu holat ayniqsa, er o‘z oilasida singillarining akasi bo‘lgan bo‘lsa, yoki xotin ham o‘z navbatida ota-onasining uyida akalarning singlisi bo‘lgan bo‘lsa komplementar tarzda uyg‘unlik kashf etadi, ular oilaviy munosabatlarda kim ustun, kim tobe kabi muammolarga duch kelmaydilar. Agar xotin o‘z oilasida biriga singil, biriga opa bo‘lib katta bo‘lgan bo‘lsa, u yoki bu tajriba eri bo‘lgan munosabatlarda qisman komplementar vazifani bajaradi. Nihoyat, agar er o‘z oilasida to‘ng‘ich farzand va xotin ham o‘z oilasida to‘ng‘ich bo‘lgan bo‘lsa, unda er-xotin munosabatlari nokomplementar nikohga to‘g‘ri keladi, ya’ni, ular teng mavqeli bo‘lgani uchun odatda o‘zaro munosabatlarida liderlik va o‘zaro adaptatsiya holatlari muayyan qiyinchiliklar va muammolar bilan kechadi, tez-tez bir-biriga nimalarnidir da’vo qiladigan, o‘z fikrini uqtirish va amalga oshirishga moyillik kuzatiladi. Odatda bunday nikoh ikki ziyoli inson o‘rtasida tuzilgan bo‘lsa, ular baxtli bo‘lishlari mumkin, ayniqsa, hozirgi davrda, lekin o‘zaro til topishib, ko‘nikib ketishlariga anchagina vaqt, sabr-toqat kerak bo‘ladi.
    Mamlakatimizda so‘nggi yillarda olib borilgan ko‘pgina tadqiqotlarda ham er-xotin va oiladagi sibling munosabatlarning bola shaxsiga ta’siri, jumladan, erkaklik va ayollik fazilatlari shakllanishidagi o‘rni o‘rganilgan, ilmiy xulosalar chiqarilgan.
    Ota-onasining oilasida ko‘rgan-kechirganlari bolaning bo‘lg‘usi oilasi, undagi er-xotin munosabatlari, farzandlar tarbiyasi, qarindosh-urug‘lar bilan bo‘ladigan murakkab o‘zaro aloqalarning qanday kechishini belgilovchi muhim omildir.


    Download 25,73 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish