1.Amir Temurning otasining ismi va u qaysi urug’ oqsoqollaridan bo’lgan ?
2.Amir Temur Kesh viloyatining ,,Dorug’a”si yani hokimi etib qaysi Mo’g’ul xoni tomonidan saylanadi ?
3.,,Loy jangi” qachon qayerda sodir bo’lgan ?
4.Amir Temur va Amir Husayinning birlashgan qo’shinlari qachon mo’g’ularni Movarounnahrdan quvib chiqaradilar ?
5.Amir Temur qachon Movarounnahrning amiri deb e’lon qilinadi ?
6.Amir Temur 1370-yil Samarqandda o’tkazgan quriltoyida qaysi masalalar muhokama qilinadi ?
7.Amir Temur davlati qaysi davlat bilan 25 marta maktub va elchilar almashuvini amalga oshiradi ?
8.Ispaniya qiroli Genrix 3 ning elchisi Klavixoning qayd etishicha Samarqand shahriga Xitoy poytaxtida necha yuz tuyalik savdo karvonlari kelgan ?
9.Amir Temur tavaludining 660 yiligi qaysi xalqaro tashkilot tashabusi bilan yurtimizda nechanchi yili keng miqyosda nishonlanadi ?
10.Nechanchi yili bo’lib o’tga “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining 4-quriltoyida Mamlakatimizdagi yoshlarga harbiy ta’lim-tarbiya beradigan kursantlar maktabiga Temurbeklar maktabi deb nom berish taklifini kim kiritgan ?
JAVOBLAR
1.Amir Tarag’ay. Barlos urug’i oqsoqoli
2.Mo’g’ul xoni Tug’luq Temur tomonidan
3.Loy jangi 1365-yil 22-may kuni Toshkent bilan Chinoz o’rtasidagi Chirchiq daryosi bo’yida
4.1364-yilda quvib chiqarishadi
5.1370-yil 11-aprel kuni
6.Markaziy davlat tizimini shakillantirish va davlat qo’shinini tuzish masalalari
7.Misir davlati bilan
8. 800 tuya savdo karvonlari
9. YUNESKO tashkiloti tomonidan 1996-yil
10. 2017-yil 30-iyunda Prezident Sh.M.Mirziyoyev
1.Moslashtiring
1.1402-yil 20-iyul Amir Temur va Boyazid Yildirim o’rtasida “Anqara jangi” bo’lib o’tadi
2.Davlat ishlarining to’qqiz ulushini kengash,tadbir va mashvarat,qolgan bir ulushini qilich bilan amalga oshirdim”Temur tuzuklari”dan
3.1398-1399 yilarda Amir Temur Hindistonga yurish qilib Dehlini egallaydi
4.Mirihazora bu Amir Temur qo’shinida 1000 kishilik askarlar bo’limining boshlig’i
5.1372-1388-yillarda Amir Temur Xorazimga besh marta harbiy yurishni amalga oshiradi
2.Moslashtiring
1.1405-yil 18-fevral Amir Temur O’trorda vafot etadi
2.Sarbadorlar bu(forscha)so’z bo’lib “sar”-bosh,”dor”- dor; boshini dorga tikkanlar
3.1404-yil 27-noyabrida Amir Temur Samarqandan 200ming qo’shin bilan Xitoyga qarshi yurishga chiqadi
4.Tuman og’asi bu Amir Temur qo’shinida 10 ming kishilik askarlar bo’limi boshlig’i
5.1395- yil 15- aprelida Tarak daryosi bo’yida Amir Temur va Oltin o’rda xoni To’xtamish bilan jang bo’lib o’tgan
1.Moslashtiring
1)1402-yil 20-iyul-
2)Davlat ishlarining to’qqiz ulushuni kengash,tadbir va mashvarat,qolgan bir ulushini…..
3)1398-1399-yillarda…..
4)Mirihazora bu-
5)1372-1388-yillarda…..
2.Moslashtiring
1)1405-yil 18-fevral…..
2)Sarbadorlar bu-
3)1404-yil 27-noyabirda…..
4)Tuman og’asi bu-
5)1395-yil 15-aprel….
Do'stlaringiz bilan baham: |