Щзбекистон республикаси олий



Download 1,9 Mb.
bet81/90
Sana29.12.2021
Hajmi1,9 Mb.
#129852
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   90
Bog'liq
Ener.qur. (Lotincha) ma'ruza

Yoqilg’i xujaligi. Yoqilg’i bilan ish olib boriladigan barcha bino va inshootlar, odatda, omborlar tomonga va Yoqilg’iga ishlov berish texnologik protsessi bo’yicha Yoqilg’i keltirilish yo’llari tomonga joylashtiriladi. Masalan, Yoqilg’ini maydalash korpusi Yoqilg’ini tushirish qurilmasi bilan asosiy korpusning qozonxona tomoni orasiga quriladi.

Suv xujaligi. Gradirnyalar, purkash hovuzlari,ssirkulyasion suv quvurlari va boshqa inshootlarni mashina zali tomonga qurish tavsiya etiladi.

Suvni ximiyaviy tozalash ustanovkasi. Kichik quvvatli stansiyalarda suvni ximiyaviy usulda tozalash ustanovkasi asosiy binoda bo’ladi. katta quvvatli stansiyalarda maxsus binoga o’rnatiladi.

Elektr stansiyaning Issiqlik-kuch qismiga tegishli bino va inshootlardan tashqari, elektr qismiga hamda boshqa xizmatlarga tegishli bino va inshootlar ham bo’ladi. Ularga masalan, oshiruvchi elektr stansiyachasi, xususiy ehtiyojlarga mo’ljallangan taqsimlash qurilmasi, materiallar ombori, garaj remont ustaxonalari, maishiy binolar va boshqalar kiradi.

Elektr stansiya asosiy korpusidagi binolarning va ular ichidagi uskunalarning bir-biriga nisbatan joylashuvi korpusning komponovkasi deyiladi.

Elektr stansiyadagi barcha inshootlarning narxi, ularning ishonchliligi va tejamli ishlashi elektr stansiya asosiy korpusining to’g’ri komponovka qilinganiga ko’p jihatdan bog’liqdnr.

Elektr stansiyaning asosiy korpusini komponovka qilishda ba’zi asosiy shartlarga rioya qilinishi kerak:

1. Asosiy va yordamchi uskunalar texnologik protsess izchilligiga muvofiq holda joylashtirilishi lozim. Bunda uskunalar orasidagi kommunikatsiyalar uzunligini iloji boricha qisqartirish zarur.

2. Ko’tarish-tashish qurilmalari va mexanizmlar, shuningdek, joriy va kapital remontlarni iloji boricha tez va sifatli o’tkazish uchun montaj-remont joylari hamda maydonchalar bo’lishini nazarda tutish kerak.

3. Qurilishga ketadigan xarajatlar minimal bo’lishi lozim. Asosiy korpusning komponovkasini xarakterlovchi muhim ko’rsatkichlar—belgilangan elektr va bug’uvvatlariga hisoblangan alohida bino va xonalarning yuzasi hamda kubaturasidan iboratdir. qattiq Yoqilg’ida ishlaydigan hozirgi zamon quvvatli TES larida asosiy korpusning solishtirma kubaturasi 0,5—0,55 m3/kVt ni tashkil etadi.

Asosiy korpusdagi maydoncha va hajmlarni kichraytirishning eng maqbul usuli elektr stansiyalarining ochiq va yarim yopiq komponovkasini qo’llashdan iborat. Elektr stansiyalar yopiq, yarim yopiq va ochiq qilib quriladi.

Barcha asosiy va yordamchi qurilmalar asosiy korpusga, ya’ni usti yopiq xonaga joylashtirilgan stansiyalar yopiq stansiyalar deyiladi.

K,qozon ustanovkalari, turbinalar, deaeratorlar, tutun yo’llari, ventilyatorlar, kultutkichlar, changssiklonlari, separatorlar va boshqa yordamchi uskunalar asosiy korpusdan tashqarida, ochiq zavodda joylashtirilgan stansiyalar ochiq stansiyalar deyiladi.

Turbinalar asosiy korpusga, qozon agregatlari bilan yordamchi uskunalar esa tashqariga bostirmaga joylashtirilgan stansiyalar yarim yopiq stansiyalar deyiladi. SHuni aytib o’tish kerakki, ob-havo sharoitlari yaxshi' bo’lgan joylarda yoki ochiq havoda to’xtovsiz ishlashga moslashgan maxsus uskunalar qo’llanilgandagina ochiq va yarim yopiq komponovkaga ruxsat etiladi.

4. Elektr stansiyalar ko’rish va ulardan foydalanishga doir mavjud norma va qoidalarga (qurilish maydonchasini suv bosmasligi, er osti suvlarining qanchalik yuzadaligi, gruntning mustaxkamligi), shuningdek, xavfsizlik texnikasi va yong’inga qarshi normalarga rioya qilinishi zarur.

5. Qozonxonaga Yoqilg’i keltirish, mashina zaliga sovituvchi suv keltirish va chiqarib yuborish yo’llari, shuningdek, asosiy korpusdan elektr va Issiqlik energiyasini olib ketish, tutun gazlari, shlak va kulni chiqarib yuborish qulay bo’lishi kerak.

Asosiy bino komponovkasini tuzish ko’pgina omillarga: elektr stansiyaning tipiga, asosiy agregatlarning birlik quvvati va konstruksiyasiga, Yoqilg’i turiga va elektr stansiyasining energosistema bilan aloqadorlik xarakteriga bog’liq bo’ladi. hozirgi vaqtda asosiy bino komponovkasi—quyidagi holatlar bilan xarakterlanadi: a) bosh korpusning asosiy xonalari — mashina zali. qozonxona, bunker va deaerator etajerkasi bir-biriga parallel joylashtiriladi;

b) bosh korpusda eng katta hajmni (60% gacha) qozonxona bilan bunker etajerkasi egallaydi, mashina zalining xonasi korpus umumiy hajmining 15—20% ini tashkil etadi. Agar qozonxonada shar tegirmonlar bo’lsa, u holda deaerator etajerkasi qozonxona bilan mashina zali orasida, bunker etajerkasi esa qozonxonaning ikkinchi tomonida joylashadi. Agar qozonxonada shaxta tipidagi tegirmonlar bo’lsa, bunker va deaerator etajerkasi yonma-yon bo’ladi va qozonxona bilan mashina zali orasiga joylashadi: bunda bunker etajerkasi qozonxona yonida, deaerator etajerkasi esa mashina zali yonida bo’ladi,






Download 1,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish