Nazorat savollari.
1. K. Debyussi uslubining shakllanishida unga qaysi kompozitorlar ijodi ta’sir ko’rsatgan?
2. Debyussining qaysi asarlarini bilasiz?
3. Debyussi musiqasiga xos bo’lgan sifatlarni sanab bering.
Debyussi fortepiano uchun yozgan prelyudiyalarida nimalarni tasvirlagan?
Topshiriqlar.
1. Ma’ruza matni asosida konspekt yozing.
2. Debyussi prelyudiyalaridan musiqiy mavzularni yodlang.
Adabiyotlar
Martinov I. Klod Debyussi. M 1964.
Kremlev Yu. Klod Debyussi. M. 1965
Mavzu: Moris Ravel ijodi.
(1875-1937)
Rejasi:
1. M. Ravelg’ ijodiga xarakteristika.
2. M. Ravelning "Balero" asari.
Bayoni.
XIX-asr oxiri XX-asrning birinchi yarmida yashab ijod qilgan frantsuz kompozitori Moris Ravel jahon musiqa madaniyatining yirik namoyondasidir. Uning ijodi Franciya musiqa san’atidagi yorqin va o’ziga xos hodisadir. Yuksak madaniyat sohibi bo’lgan Ravel frantsuz adabiyoti va tasviriy san’atini sinchiklab o’rgandi. Ayniqsa imperessionist rassomlar asarlari unda katta taasurot qoldirdi va ijodiga kuchli ta’sir ko’rsatdi. Ravel xalq musiqiy ijodiga, ayniqsa ispan xalq musiqasiga katta qiziqish bilan qaradi. U o’z ijodida ham ispan mavzusiga katta etibor berdi. Onasining ispan millatiga mansubligi va ustozi Sharl Berio ispan musiqasining katta muxlisi bo’lganligi buning sababidir. Ravelning kompozitor sifatida shakillanishida rus klassik kompozitorlari A. P. Borodin, N. A. Rimskiy-Korsakov va ayniqsa M. P. Musorgskiylar ijodining ta’siri juda kuchli bo’ldi.
Ravel Musorgskiyning "Ko’rgazmadan suratlar" nomli asarini orkestr ijrosi uchun mosladi. "Ispan soati" nomli operasini yozishda esa Musorgskiyning ijodiy uslublarini qo’llaganini o’zi ehtirof etdi.
Ravel fortepiano ijrochisi va dirijyor sifatida o’z asarlarini ijro etib Yevropa mamlakatlari va Shimoliy Amerikada kontsertlar berdi. Musiqa san’ati muammolari bo’yicha juda ko’p musiqiy tanqidiy maqolalar yozdi. Birinchi jahon urushi boshlanganda ko’ngilli bo’lib frontga ketdi va janglarda qatnashdi. Urush ham Ravelg’ ijodiga tahsir ko’rsatdi va dramatik xarakterdagi asarlarining yozilishiga sabab bo’ldi. Urushda o’ng qulidan ayrilgan avstriyalik fortepiano ijrochisi P. Vitgenshteyn iltimosiga ko’ra "Chap qo’l ijrosi uchun kontsert" yozdi. Fortepiano uchun "Kuperen maqbarasi" nomli syuita yozdi va uni urushda halok bo’lgan do’stlari hotirasiga bag’ishladi.
Ravel musiqa san’atida birinchi imperessionist kompozitor - Debyussi an’analarini davom ettirdi. Bu narsa uning yangi, o’ziga xos ifoda vositalarini qidirib topishida o’z aksini topdi. Xilma-xil, serjilo garmoniyalar, turli-tuman, g’ayritabiiy ritmlar, noyob orkestrlash uslubi bunga misoldir. Impressionizm uslubi bilan bir qatorda Ravelning bahzi asarlarida neoklassitsizm oqimiga xos bo’lgan xususiyatlar seziladi.
Ravel turli janrlarda ijod qilgan. Uning simfonik orkestr uchun yozgan "Ispan rapsodiyasi", "Bolero", "Vals" kabi asarlari nihoyatda mashhur. "Ispan soati" nomli operasi, "Bolalar va mo’jizalar" nomli opera-baleti doim namoyish qilinadigan asarlardir.
Ravel turli davrlarda mashhur bo’lgan raqs ritmlariga juda qiziqqan Bu ritmlar uning "Dafnis va Xloya" baleti, "Balero", "Olijanob va sentimental valg’slar" kabi asarlarida ko’rsatib berilgan. Ravelning garmoniya, ritm va ladlar borasida ochgan yangiliklari XX-asr musiqa san’atida yangi uslubiy oqimlarning yuzaga kelishiga sabab bo’ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |