Nazorat savollari.
Impressionizm uslubining mohiyati nimada?
Qaysi impressionist rassomlarni bilasiz?
Impressionist ijodkorlar asarlarining asosiy mavzulari qanaqa?
Topshiriqlar.
Ma’ruza matni asosida konspekt yozing.
Impressionist rassomlar asarlarini topib tomosha qiling.
Adabiyotlar:
Martinov I. Istoriya zapadnoevropeyskoy muziki. Tom 5. M. 1963.
Levik B. Muzikalnaya literatura zarubejnix stran. Ch 5. M. 1975.
Mavzu: Klod Debyussi ijodi
(1862-1918).
Rejasi:
1. K. Debyussining ijodiga xarakteristika.
2. K. Debyussining fortepiano uchun yozgan prelyudiyalari.
Bayoni.
Klod Debyussi XIX-asr oxiri XX-asr boshida yashab ijod qilgan buyuk frantsuz kompozitori, fortepiano ijrochisi va musiqiy tanqidchisidir.
Debyussi musiqa san’atidagi impressionizm uslubining asoschisidir. U o’z ijodida frantsuz musiqa an’analariga - klavesin uchun asarlar yaratgan F.Kuperen va J.F.Ramo, lirik operalar va romanslar yozgan Sh.Guno va J.Massne erishgan natijalarga tayangan holda o’z faoliyatini olib borgan. Debyussi dunyoqarashiga rus klassik kompozitorlari - M.P.Musorgskiy va N.A.Rimskiy-Korsakovlar ijodi kuchli ta’sir ko’rsatdi. O’z ijodida turli tajribalarni umumlashtirgan K. Debyussi o’z uslubini yaratdi va impressionizmning birinchi namoyondasi sifatida musiqa san’ati tarixida qoldi.
Debyussi ijodiga frantsuz impressionist rassomlari K. Mone, E. Mone, E. Dega, K. Pisarrolar yaratgan asarlar ham kuchli ta’sir ko’rsatdi. Debyussi ular kabi musiqa asarlarida bir lahzali o’tkinchi tassurotlarni, inson hissiyoti va tabiat hodisalarining eng nozik belgilarini ifodalab berdi. Kayfiyatlarning tez-tez o’zgarib turishi, noziklik va nafosat, kuylar tuzilishidagi erkinlik, go’zal va rang-barang garmoniyalarni ishlatish Debyussi asarlariga xos xususiyatdir.
O’zi ajoyib fortepiano ijrochisi bo’lgan kompozitor tamoman yangi fortepiano ijro uslubini yaratdi. Shuningdek simfonik orkestr uchun yozgan asarlarida Debyussi orkestr ifoda vositalarini yanada boyitdi, yangi rangdor tembr buyoqlarni qidirib topdi. Debyussi ko’p janrlarda ijod qildi. Uning "Pelleas va Melizanda" operasi, "O’yinlar" nomli baleti, "Daydi o’g’il" va "Franciyaga madhiya" nomli kantatalari mashhur. Simfonik orkestr uchun yozilgan "Favnning kun yarmidagi oromi", "Noktyurnlar", "Dengiz" nomli uch manzara, "Obrazlar" nomli asarlari doim ijro etiladi. Debyussining kamer ansambllari uchun yozilgan asarlari va fortepiano asarlari ham katta e’tiborga loyiq.
Do'stlaringiz bilan baham: |