Щзбекистон Республикаси Олий ва Щрта махсус талим вазирлиги


Mavzu: Kompozitor X.V.Glyukning opera islohati



Download 450,5 Kb.
bet11/75
Sana16.03.2022
Hajmi450,5 Kb.
#494352
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   75
Bog'liq
Horij musiqa adabiyoti

Mavzu: Kompozitor X.V.Glyukning opera islohati.


Rejasi:



  1. XVIII asrning birinchi yarmida opera janrining ahvoli.

  2. Kompozitor Glyuk amalga oshirgan opera islohotining asosiy tamoyillari.



Bayoni:

XVII asr boshida Italiyada paydo bo’lgan opera 100 yil davomida juda tez rivojlandi. Butun Yevropada opera san’atning etakchi janriga aylandi. XVII – asr oxirida Italiyaning Neapol shahrida yaratilgan opera Seria (jiddiy opera) o’z tarixining dastlabki davrida ijobiy tarzda rivojlandi va ko’plab ajoyib opera asarlari yaratildi. Ularda Italyan xalq qo’shiq san’atiga xos xususiyatlar sezilib turar, bel canto (chiroyli kuylash) san’ati rivojlangan edi. Opera kompoziciyasi rechitativlar bilan bog’langan ariyalar, duetlar, ansambllardan iborat bo’lib, operaning bu turi butun opera san’atining rivojlanshida katta ijobiy rol o’ynadi.


Ammo XVIII asrning birinchi yarmiga kelib opera Seria inqiroz pallasiga kirdi va g’oyaviy-badiiy jihatdan tushkunlikka uchradi. Minglab sifatsiz, bema’no, bachkana opera asarlari yaratildi. Avval opera kahramonlarining ruhiy olami va ichki kechinmalarini ochib berishga hizmat qilgan bel canto san’ati endilikda xonandalarning chiroyli ovozini ko’rsatish vositasiga aylandi. Opera asarida mazmun bilan bog’liq bo’lmagan ariyalar behad ko’payib ketdi.
Opera, musiqa vositasi orqali yoritiladigan drama bo’lish o’rniga, vakal san’ati ustalarining musobaqasiga aylanib qoldi va "kostyumlar kiyib o’tkaziladigan kontsert" degan nomni oldi. Demak, opera asarlarida drama (sahnada kursatiladigan voqea) va musiqa o’rtasidagi bog’liqlik yo’qoldi. Shu narsa operani inqirozga olib keldi. Bunday operalarga oxiri doim yaxshilik bilan tugaydigan ishqiy mojarolar syujet qilib olinar va bu narsa yuqori jamiyat estetikasi talablariga javob berar edi. Operani isloh qilish zarurati tug’ildi. Bu islohotni buyuk avstriyalik kompozitor Xristof Villibald Glyuk amalga oshirdi.
Glyuk fikricha opera asarida "oddiylik", "haqqoniylik" va "tabiiylik" xususiyatlari asosiy bo’lishi lozim. Sifatsiz operalarda bu narsa yuq. Opera musiqasi va drama doim uzviy bog’liqlikda bo’lishi kerak. Bunda musiqa dramaga buysunishi shart. Operada drama birinchi o’rnida, musiqa esa uni yoritib beruvchi vositadir. Musiqa opera qahramonlarining o’ylari, his-tuyg’ulari va ichki kechinmalarini ochib berishi, opera voqealarini tomoshabinga tushuntirib, sharxlab turishi kerak. Musiqaning asosiy vazifasi shu. Boshqa bu talabga javob bermaydigan barcha narsalar ortiqchadir.
"Men opera yozayotgan paytimda o’zimning kompozitor ekanligimni unutishga harakat qilaman", -degan edi Glyuk. Bu bilan kompozitor yana bir marta operada drama birinchi o’rinda ekanligini ta’kidlagan. Musiqa va drama o’zaro bog’liq bo’lishini maqsad qilib olib, Glyuk bu maqsadga operaning barcha elementlarini buysundirgan. Ariya Glyuk operalarida xonandaning mahoratini namoyish qiluvchi kontsert nomeri emas. U dramaning rivojlanishiga hizmat qiladi va kahramonning kayfiyatini, ichki dunyosini ochib beradi. Sifatsiz operalarda rechitativlar musiqiy mazmunga ega bo’lmay nomerlar o’rtasida bog’lovchi vazifasini bajarar edi. Voqea rechitativlarda rivojlanib ariyalarda to’xtar edi. Glyuk operalarida rechitativlar musiqiy tomondan ifodaliligi bilan ajralib turadi va ariozo uslubida kuylashga yaqin. Xor nomerlari ham Glyuk operalarida katta o’rin egallagan. Ularni ham kompozitor faqat dramatik voqea talab qilgan erlarga kiritgan. Shunday qilib ariyalar, rechitativlar va xorlar o’zlarining asosiy vazifalarini bajargan holda katta dramatik sahnalarga birlashtiriladi.
Glyuk opera oldidan ijro etiladigan uvertyuraning muhim ahamiyatini ta’kidlagan. Uvertyura operaning g’oyaviy mazmunini aks ettirishi, tomoshabinni asarni eshitishga tayyorlashi kerak, degan fikrni bildirgan. Balet, raqs nomerlarini ham Glyuk faqat opera voqeasi talab qilgan joylarga kiritgan.
Mana shu principlarni amalda qo’llab Glyuk o’zining mashhur "Orfey" nomli operasini yozdi. Bu operaning 1762 yil 5 oktyabrda Venada namoyish qilinishi opera san’ati tarixida juda muhim voqea bo’ldi va opera islohati amalga oshirilganligini ko’rsatdi. Shundan keyin barcha kompozitorlar ana shu sifatli asarga taqlid qilib operalar yoza boshladilar.



Download 450,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish