Щзбекистон Республикаси Олий ва Щрта махсус талим вазирлиги


Mavzu: Ferents List ijodi



Download 450,5 Kb.
bet86/112
Sana14.02.2022
Hajmi450,5 Kb.
#447646
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   112
Bog'liq
Horij musiqa adabiyoti

Mavzu: Ferents List ijodi.
(1811-1886)
Reja:



  1. List XIX asrning buyuk kompozitori, dirijyori va fortepiano ijrochisi.

  2. List ijodiga xarakteristika.



Bayoni:

Ferents List XIX asrda yashab ijod qilgan buyuk venger kompozitori, dirijyori, fortepiano ijrochisi va jamoat arbobidir. Uni venger klassik musiqasining asoschisi deb atashadi. Umrining ko’p yillarini Franciya va Germaniyada o’tkazgan bo’lsa ham ijodining asosiy mazmuni vatani Vengriya bilan bog’liq. Buni birinchi navbatda kompozitorning venger xalqining hayoti Vengriyaning tabiat manzaralari tasvirlangan asarlari isbotlaydi. Fortepiano va orkestr uchun yozilgan «Venger fantaziyasi», «Vengriya» nomli simfonik poema, fortepiano uchun yozilgan o’n to’qqizta rapsodiya kabi asarlari bunga misoldir. Venger xalqi musiqasini juda chuqur bilgan List bu musiqaga xos ritmlar va ladlarni o’zining juda ko’p asarlarida ishlatgan. Shuning uchun List asarlari chuqur milliy ruh bilan sug’orilgan, deb aytilgan fikr nihoyatda o’rinlidir. List serqirra faoliyat sohibi bo’lgan ijodkor edi. U XIX asrning eng buyuk fortepiano ijrochilaridan bo’lib, bu soxaning rivojlanishida yangi davrni ochib berdi. List o’z davrining eng ajoyib pedagoglaridan biri edi. U ajoyib fortepiano ijrochilari, dirijyorlar va kompozitorlarni tarbiyalagan. Dirijyor sifatidagi faoliyati davomida List 40 dan ortiq operalarni va juda ko’p simfonik asarlarni ijro etib ularning shuhrat topishiga katta hissa qo’shgan. Bulardan tashqari kompozitor ilg’or qarashlarga ega bo’lgan ajoyib musiqiy tanqidchi ham edi. Eng asosiysi, List o’zining ajoyib, umrboqiy asarlari bilan jahon musiqa madaniyatining rivojlanishiga juda katta hissa qo’shgan buyuk kompozitor edi.


List – romantizm oqimining yorqin vakilidir. Bu oqimga xos bo’lgan barcha xususiyatlar uning asarlarida aniq sezilib turadi. List turli janrlarda asarlar yaratgan. Ayniqsa fortepiano va orkestr uchun doim asarlar yozgan. List Berlioz izidan borib simfonik musiqaning dastur asosida yozilishiga alohida e’tibor bergan. Uning ikkita simfoniyasi («Faust», «Dante») va 13 ta simfonik poemasi dasturli simfonizmning yorqin namunasidir. Shuni aytish kerakki, bir qismli simfonik poema janri birinchi marta List ijodida paydo bo’ldi. Bundan tashqari kompozitor fortepiano ijodida transkripciya va parafaza kabi yangi janrlarga asos soldi. Kompozitor List yaratgan asosiy asarlari quydagilar: fortepiano uchun «Venger rapsodiyalari», «Sayohat yillari» nomli pesalar to’plami, ikkita ballada, Sonata, «Mefisto-vals», valslar, polonezlar, etyudlar.
Orkestr uchun: o’n uchta simfonik poema, ikkita simfoniya.

Download 450,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish