SHVEYTSARIYA DAVLATI Shveytsariya Konfederatsiyasi bu mamlakatning o’tmishdagi rasmiy nomi bo’lib, zamonaviy Shvetsariya 26 kantondan iborat bo’lgan federativ Respublika hisoblanadi. Dunyoning faqat ikkita mamlakati kvadrat bayroqqa ega – Shveytsariya hamda Vatikan Shveytsariya fuqarolari parlament tomonidan qabul qilingan har qanday qonunga qarshi chiqishlari mumkin. Buning uchun ular 100 kun ichida qarshi 5 ming imzo to'plashlari kerak. Agar ushbu shart bajarilsa, umumxalq ovoz berish o'tkaziladi, unda saylovchilar munozarali qonunni ko'pchilikning ovozi bilan hal qiladilar.
Shveytsariya yakka shaxs tomonidan boshqarilmaydi. Mamlakatda yettita a'zodan iborat ijroiya kengashi mavjud bo'lib, u kollektiv davlat rahbari hisoblanadi. Prezident kengash a'zolari orasidan bir yil muddatga saylanadi, bu esa "primus inter pares' - tengdoshlar orasida birinchi, deb hisoblanadi
Shveytsariya to'rtta rasmiy tilga ega: frantsuz, nemis, italyan va retroroman (lotincha). Mamlakat aholisining qariyb 60 foizi ingliz tilida so'zlashadi.
Shveytsariyaliklar uzoq umr ko'rishadi. JSST (jahon sog’liqni saqlash tashkiloti) ning ma'lumotlariga ko'ra, 2015 yilda o’rtacha umr ko'rish erkaklar uchun 81,3 yosh, ayollar uchun 85,3 yilni tashkil etdi. Bu ko’rsatgich Shveytsariyani o'rtacha umr ko'rish bo’yicha (Yaponiyadan keyin) ikkinchi o'ringa qo’yadi
Shveytsariya tug'ilish, yashash va baxtli hayot kechirish bo’yicha dunyodagi eng yaxshi joylardan biridir. Umuman olganda, mamlakat va uning shaharlari hayot sifati bilan bog’liq turli dunyo miqyosidagi reytinglarda yuqori o'rinlarni egallaydi Mamlakatda balandligi 3 ming metrdan ortiq bo'lgan 208 ta tog' mavjud bo’lib, ulardan 24 tasi 4 ming metrdan ham balanddir. Eng baland tog' hisoblanmish - Monte Rosa (balandligi 4634 m) Shveytsariya-Italiya chegarasida joylashgan Shveytsariyada qurol olib yurish bo’yicha liberallashgan qununlar mavjudligiga qaramay, IHRT (iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti) mamlakatlari orasida jinoyatchilik darajasi bo'yicha eng past ko'rsatkichga ega. Small Arms Survey tadqiqotiga ko'ra, Shveytsariyada har 100 aholiga 45,7 ta o'qotar qurol to'g'ri keladi. Bu dunyoda AQSh (88,8) va Yamandan (54,8) keyin uchinchi yirik ko'rsatkich. Shveytsariya erkaklar uchun harbiy xizmat majburiy. Shveytsariya Avstriya bilan bir qatorda, G'arbiy Evropada ushbu qoida amal qilayotgan so'nggi davlatlardan biridir. Konstitutsiya bo'yicha erkak jinsidagi Shveytsariya fuqarolari 18 yoshga to'lganlarida armiyada xizmat qilishlari shart, ayollar uchun esa harbiy xizmat ixtiyoriy. Xizmat tugagandan so'ng, armiyada qabul qilgan qurollarni (odatda yarimavtomatli vintovka) shaxsiy foydalanish uchun qoldirishga qonun ruxsat beradi. Bu qisman mamlakatda qurol-aslahadan foydalana bilish darajasi yuqori ekanligini bildiradi
Shveytsariya foydalanadigan elektr energiyasining yarmidan ko'pi 556 ta gidroelektrostantsiyada ishlab chiqariladi
Shveytsariyada joylashgan Gotthard tunneli dunyodagi eng uzun tunnel hisoblanadi
Chet elliklar Shveytsariya aholisining qariyb 25 foizini tashkil qiladi - bu dunyodagi eng yuqori ko'rsatkichdir
Shveytsariya ish haqi va ish bilan ta'minlash darajasi bo'yicha rivojlangan davlatlar orasida uchinchi o'rinda turadi. Shveytsariyaliklar yiliga o'rtacha 57,082 dollar daromad oladi, bu borada mamlakat faqat Lyuksemburg va AQSH dan keyin uchinchi o’rinda turadi. Shveytsariya doimiy ravishda yoshlarni ish bilan ta'minlash bo'yicha davlatlar reytingida birinchi o'rinni egallaydi
Shveytsariyaga asosiy kirish yo'llari chet el bosqinchiligidan himoyalangan. Hujum xavfi tug’ilganda, mamlakatga olib boradigan barcha asosiy yo'llar, ko'priklar va temir yo'llar vayron qilinadi. Buyruq bo'yicha mamlakat bo'ylab kamida 3000 ta joy darhol portlatilishi mumkin
Shveytsariyada har 1000 kishiga 5,8 kasalxona o'rinlari to'g'ri keladi, bu dunyodagi eng yuqori ko'rsatkichdir
Shveytsariya dunyodagi boshqa mamlakatlar aholisiga qaraganda ko'proq shokolad iste'mol qiladi - yiliga o'rtacha 11 kg. Shokolad Shveytsariya eksportining asosiy mahsulotlaridan biridir. 2015 yilda Shveytsariyaning 18 ta shokolad kompaniyasi 115,5 ming tonna shokolad eksport qildi
Do'stlaringiz bilan baham: |