Shvetsariyada ta`lim tizimi



Download 87 Kb.
Sana23.12.2022
Hajmi87 Kb.
#895251

Shvetsariyada ta`lim tizimi
Shveytsariya dunyoda sayyohlar eng ko`p boradigan mamlakatlardan biri sanaladi. Ammo bu o`lka chet elliklarni nafaqat betakror tabiati-yu purviqor tog`lari, balki yuqori sifatli ta`lim tizimi bilan o`ziga jalb qiladi. Hatto mamlakatdagi rivojlangan ta`lim tizimi xorijliklarni o`ziga chorlovchi asosiy tashrif qog`ozi, desak mubolag`a bo`lmaydi.
Kuzatuvlarga ko`ra, jahonga mashhur siyosatchilar, davlat arboblari, yirik biznesmenlarning ko`pchiligi Shveytsariyada ta`lim olgan. Hozir ham boy oilalar farzandlarining Shveytsariya o`quv yurtlarida tahsil olishi urfda. Xo`sh, bu mamlakatdagi ta`lim tizimi qanday jihatlari bilan dunyoda yetakchilik qilmoqda?
Avvalo, Shveytsariya ta`lim tizimi universalligi bilan jahonga mashhur. Ya`ni, u bir vaqtning o`zida ingliz-amerika, fransuz va nemis maktablariga xos xususiyatlarni birlashtiradi. Bu tizim mamlakatda 4 ta rasmiy til fransuz, nemis, italyan va retoromat tillarining amal qilishi natijasida shakllangan. Zamonaviy Shveytsariya 26 ta har biri mustaqil kichik ma`muriy hududiy bo`linma va viloyatlarga bo`lingani bois, mamlakatdagi boshlang`ich va o`rta maktablar kichik bo`linmalarga, universitetlar esa federal hukumatga bo`ysunadi. Shuningdek, Shveytsariya ta`limda mehmondo`stlik modelini boshlab bergan birinchi davlat bo`lib, uning maktab va universitetlari sayyohlik biznesining asosi hisoblanadi.
Shveytsariyalik bolalar 4,6 yoshda maktabgacha ta`lim muassasasi, 6,12 yoshda boshlang`ich ta`lim, 12,16 yoshda o`rta ta`lim va nihoyat, 18,22 yoshda oliy ta`limda tahsil oladi. Mamlakatda bolalarning maktabgacha ta`lim olishi majburiy. Shu bois, barcha ota-onalar farzandini muddatidan kechiktirmay davlat yoki xususiy bog`chaga joylashtiradi. Maktabgacha ta`lim jarayoni hatto davlat bog`chalarida ham pullik bo`lib, hukumat zarur to`lovning bir qisminigina to`lab beradi.
Maktabgacha ta`lim muassasalarida bolalarga odatdagidek matematika, o`qish va yozish kabilar o`qitilmaydi. Boisi, Shveytsariya hukumati bolaga ortiqcha yuklamalarni yuklash unda yaqinni ko`ra olmaslik, skolioz belgilarini paydo qiladi, degan fikrda. Shuning uchun bog`chalarda asosiy e`tibor bolalarning toza havoda o`ynashi, so`zlar, jumlalar, she`r va qo`shiqlarni takrorlashiga qaratiladi. Bu tajriba bolaning yaxshi kayfiyatda, jismonan sog`lom rivojlanishi, tili esa biyron bo`lishiga xizmat qilar ekan.
Mamlakatda ta`limning birinchi bosqichi 6 yoshdan boshlansa-da, ayrim maktablarda iqtidorli bolalar 4 yoshdan qabul qilinadi. Boshlang`ich sinf o`quvchilari­ning ta`lim dasturida asosiy e`tibor bolaning bilimini rivojlantirish hamda chet tillarni o`qitishga qaratiladi. Hukumat bola xorijiy tillarni o`rganishni qancha erta boshlasa, unga moslashishi shuncha oson kechadi, deb hisoblaydi. Maktablarda har bir chet tilini o`qitish bo`yicha alohida xalqaro dasturlar mavjud bo`lib, ularni tamomlagan o`quvchilarga maxsus sertifikat beriladi.
Shveytsariya maktablari o`quvchilarga ingliz-amerika, fransuz, nemis, shveytsar, italiyan ta`lim tizimidan istalgan birida o`qish imkoniyatini taqdim etishi bilan ajralib turadi. Maktablarda darslar oliy o`quv yurtlarida yuqori baholanadigan International Baccalaureate universal xalqaro dasturi asosida o`tiladi. O`qish davomida bolalarga mahalliy tildan tashqari, kamida yana 2 ta xorijiy til o`rgatiladi. Yuqori sifatli ta`lim tizimi bilan jahonda yetakchilik qilayotgan Shveytsariya maktablarining barchasi o`quvchilarni dunyoning istalgan oliy o`quv yurtiga o`qishga kirishga tayyorlash imkoniyatiga ega. Bu yerdagi bilim maskanlarida o`g`il-qizlarning yay­rab o`qishi uchun barcha sharoit muhayyo. Maktablarda eng zamonaviy jihozlar, sport anjomlarini ko`rasiz. O`quvchilar qishda xokkey, snoubord, tog` chang`i sport turlari, yozda esa tog`larda yurish, kemada suzish, ot minish kabi qiziqarli mashg`ulotlar bilan shug`ullanib, darslardan tashqari vaqtini maroqli o`tkazadi.
Boshlang`ich va o`rta maktablar turli kichik ma`muriy bo`linmalarga bo`ysungani bois, barcha maktablar uchun yagona majburiy dastur mavjud emas. 26 ta bo`linmaning har biri maktablarda o`quvchilarni o`z o`quv rejasi asosida o`qitadi. Matura deb nomlanuvchi Shveytsariya federal dasturi esa ayrim tanlangan maktablargagina tavsiya etiladi.
Xorijliklarning aksariyati farzandlari­ni Shveytsariyadagi xususiy maktablarda o`qitadi. Ammo hukumat tomonidan moliyalashtiriladigan davlat maktablari ham ta`lim sifati borasida xususiy maktablardan qolishmaydi. Shunchaki, davlat maktablari hududida bolalarning yashab o`qishi uchun yotoqxonalar yo`q. Shu bois, ularda xorijliklar, asosan, mamlakatda uzoq vaqt yashovchi diplomatlar, xalqaro tashkilotlar a`zolarining farzandlari tahsil oladi.
Ammo yashab-o`qishga mo`ljallangan xususiy maktab-pansionlarda o`quvchilar uchun yotoqxonalar mavjud. Shveytsariyada 260 ta xususiy maktab bo`lib, ular mamlakatning noyob “mahsuloti” hisoblanadi. Bu maktablar o`zining sifatli ta`limi, yuqori darajadagi qulayligi, xavfsizligi, mashhurligi, va albatta, o`qish pulining nihoyatda qimmatligi bilan nom chiqargan. Bu yerda oddiy oilalarning farzandlarini deyarli uchratmaysiz. Asosan Shveytsariya va fransuz bankirlari, arab shayxlari, Amerika diplomat va yirik biznesmenlari­ning farzandlari o`qiydi.
Shveytsariyadagi birinchi xususiy maktabga XIX asrda Iogann Pestalossi, Mariya Montessori va Rudolf Shtayner kabi mashhur pedagoglarning g`oyalari ta`sirida asos solingan. Hozirgacha maktablarda ular taklif etgan o`qitish usullaridan foydalaniladi. Xususiy maktablar ilk davrlardayoq xalq tiliga tushgan bo`lsa-da, I jahon urushidan keyingina xalqaro darajadagi mashhurlikka erishdi. O`sha kezlari mamlakatda betaraflik tamoyili amal qilgani bois, bu yerga boshqa millat vakillari ko`chib kela boshladi. Natijada maktablarda turli tillarda o`qitish tizimi paydo bo`ldi.
Bugun Shveytsariyadagi xususiy maktablarning aksariyati o`zining katta hududiga ega bo`lib, unda o`quv binosi va yashash uchun qarorgohdan tashqari, sport maydonlari, usti yopiq sport komplekslari hamda boshqa ko`ngilochar maskanlar yaratilgan. Bu yerda bolalar darslardan so`ng ilmiy laboratoriyalarda qo`shimcha mashg`ulotlar olib borishi, bo`sh vaqtida musiqa chalib, qo`shiq aytishi, dramatik san`at turlari bilan mashg`ul bo`lishi mumkin. Mamlakatda ayniqsa, sportga katta e`tibor qaratiladi. Har bir maktabda futbol, regbi, kriket, tennis, chim ustida xokkey sport turlari uchun maxsus maydonlar ajratilgan. Shuningdek, bolalar bo`sh vaqtini yanada mazmunli o`tkazishi uchun maktablar tomonidan Italiya va Fransiyaga bepul ekskursiyalar ham tashkil etiladi.
Shveytsariyadagi maktablarda yashash ham ancha qulayligi bilan boshqa davlatlarnikidan ajralib turadi. Bu yerda har bir o`quvchi alohida xonalarda yashaydi. 2 kishilik xonalarni kamdan-kam uchratish mumkin.
Xususiy maktablarning aksariyati tog` yonbag`irlarida joylashgani bois, bir qarashda sihatgohni eslatadi. Aslida, har bir bolaga bo`lgan alohida e`tibor hamda o`quvchilarga beriladigan 5 mahal ovqat hech bir sanatoriynikidan qolishmaydi. Maktablar rahbariyati Shveytsariyaning go`zal manzarasidan hamisha unumli foydalanadi. Bu yerda aksariyat darslar so`lim tabiat bag`rida o`tiladi. Ayniqsa, amaliy fanlarni o`tish uchun bu ayni muddao.
Shveytsariya maktablari o`zaro raqobat asosida yanada rivojlanadi. Mamlakatdagi maktablar “Shveytsariyada xalqaro ta`lim” guruhiga kirish uchun bor kuchini ishga soladi. Chunki bu guruhdan ta`lim sifati yuqori bo`lgan eng mashhur maktablargina o`rin oladi.
Shveytsariyada 120 ta kollej bor. Ular­ning aksariyati tor mutaxassislikka yo`naltirilganiga qaramay, yoshlarga professional ta`lim beradi. O`qish muddati 3-4 yildan iborat bo`lgan kollejlarda, asosan, ish faoliyatida zarur bo`ladigan hisobchilik, kotibalik va mehmonxona ishlari o`qitiladi. Kollejni tamomlaganlar ixtiyoriy tarzda o`qishni oliy o`quv yurtlarida davom ettirishi mumkin.
Shveytsariya oliy ta`limining eng kuchli jihati amaliyotga yo`nalganligidir. Bu yerdagi davlat universitetlari aniq fanlar va huquq sohasida o`qitish bo`yicha mashhur. Shveytsariyadagi birinchi universitetga 1460-yili Bazelda asos solingan bo`lib, bugun mamlakatda 12 ta davlat va bir qancha xususiy oliy o`quv yurtlari mavjud.
Universitetda talabalar tanlagan fakultet va mutaxassisligiga ko`ra 4-6 yil davomida tahsil oladi. Aytish joizki, Shveytsariyada boshqa Yevropa mamlakatlari va Ameri­kadagi kabi gigant universitetlar yo`q. Mamlakatdagi eng katta universitet Syurixda bo`lib, unda 20 ming talaba o`qiydi. Qolgan universitetlarda esa talabalar soni undan bir necha barobar kam. Bu yerda bir qancha xalqaro xususiy universitetlarning filiallari ham mavjud. Ularni tamomlagan bitiruvchilarga litsenziat darajasi beriladi. U maqomiga ko`ra magistr darajasiga teng. Doktorlik darajasini olish uchun esa yana 3 yil o`qish kerak.
Biznes sohasi rivojlangani bois, mamlakatda biznes-maktablar maqomi ham juda yuqori. Bu yerda abituriyentlarga 1 yillik o`rta ta`lim dasturi MBA hamda 2 yildan 4 yilgacha davom etadigan bakalavr bosqichida o`qish taklif etiladi.
Universitetlar o`qish dasturiga har yili 4-6 oy davomida o`tiladigan malaka oshirish ham kiritilgan bo`lib, talaba amali­yot o`tash uchun ish joyini Shveytsariya yoki boshqa Yevropa mamlakatlari orasidan tanlashi mumkin. Jarayonda yosh mutaxassislar ishga rasman qabul qilinadi va ularga yashash xarajatlarini qoplashga yetarli bo`lgan oylik maosh to`lanadi.
Shveytsariya universitetlariga o`qishga topshirishdagi qoidalar oliy o`quv yurtining qaysi ma`muriy bo`linmada joylashgani va nomdorlik darajasiga ko`ra belgilanadi. Xorijlik abituriyentlardan olinadigan yagona imtihon sentabr-oktabr oylarida o`tkaziladi. Unda talabalikka nomzodlar uchta asosiy chet tili, matematika va tarix hamda tanlov asosida ikkita qo`shimcha fandan imtihon topshiradi.
Ammo universitetlarning tibbiyot fakultetlariga xorijlik talabalar deyarli qabul qilinmaydi. Chunki mamlakatda bu soha ancha ommalashgan bo`lib, joylarni mahalliy talabalarning o`zi band etishiga imkoniyat yaratilgan. Farmakologiya, fiziologiya va stomatologiya mutaxa­s­sisliklari uchun ajratilgan o`rinlar ham faqat shveytsariyalik talabalarga beriladi. Aytgancha, Shveytsariyada abituriyentlarni baholashda aniq mezonlar mavjud emas va har bir oliy o`quv yurti bu masalaning yechimini o`zi hal etadi.
O`zbekiston ta`lim tizimi
O'zbekistonda jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e`tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan qat`i nazar, har kimga ta`lim olish uchun teng huquqlar kafolatlanadi. Ta`lim tizimi yagona va uzluksiz bo'lib, ta`lim turlariga ko'ra quyidagilardan iborat:
maktabgacha ta`lim va tarbiya;
umumiy o`rta va o‘rta maxsus ta’lim;
professional ta’lim;
oliy ta’lim;
oliy ta’limdan keyingi ta’lim;
kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
maktabdan tashqari ta’lim.
Maktabgacha ta`lim va tarbiya
Maktabgacha ta`lim va tarbiyani tashkil etish tartibi " Ta`lim to`g`risida" gi Qonun, shuningdek “Maktabgacha ta`lim va tarbiya to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonuni bilan belgilanadi.
Maktabgacha ta`lim va tarbiya bolalarni o`qitish va tarbiyalashga, ularni intellektual, ma`naviy-axloqiy, etik, estetik va jismoniy jihatdan rivojlantirishga, shuningdek bolalarni umumiy o`rta ta`limga tayyorlashga qaratilgan ta`lim turidir. Maktabgacha ta`lim va tarbiya olti yoshdan yetti yoshgacha bo`lgan bolalarni boshlang`ich ta`limga bir yillik majburiy tayyorlashni ham nazarda tutadi.
Umumiy o`rta va o`rta maxsus ta`lim
Umumiy o`rta va o`rta maxsus ta`lim umumta`lim o`quv dasturlarini, zarur bilim, malaka hamda ko`nikmalarni o`zlashtirishga qaratilgan.
Umumiy o`rta ta`lim (I , XI sinflar) bosqichlari quyidagilardan iborat:
boshlang`ich ta`lim (I , IV sinflar);
tayanch o`rta ta`lim (V , IX sinflar);
o`rta ta`lim (X , XI sinflar).
Umumiy o`rta ta`lim tashkilotining birinchi sinfiga bolalar ular yetti yoshga to`ladigan yilda qabul qilinadi.
Boshlang`ich ta`lim ta`lim oluvchilarda umumiy o`rta ta`limni davom ettirish uchun zarur bo`lgan savodxonlik, bilim, malaka va ko`nikmalar asoslarini shakllantirishga qaratilgan.
Tayanch o`rta ta`lim o`quv dasturiga muvofiq ta`lim oluvchilarga bilim, malaka va ko`nikmalarning zaruriy hajmini beradi, ularda mustaqil fikrlash va tahlil qilish qobiliyatini rivojlantiradi.
Tayanch o`rta ta`lim doirasida (VII sinfdan so`ng) ta`lim oluvchilarda kasblar bo`yicha birlamchi bilim va ko`nikmalarni shakllantirish uchun ularni professional tashxislash va kasb-hunarga yo`naltirish bo`yicha choralar amalga oshiriladi.
O`rta ta`lim o`quv dasturiga muvofiq ta`lim oluvchilar tomonidan zarur bilim, malaka va ko`nikmalar o`zlashtirilishini, shuningdek ta`limning keyingi turi tanlanishini hamda yuqori malaka talab qilinmaydigan kasblar egallanishini ta`minlaydi.
Professional tashxislash va kasb-hunarga yo`naltirish, shuningdek ta`lim oluvchilarni yuqori malaka talab qilinmaydigan kasblarga tayyorlash tartibi qonunchilikda belgilanadi
Professional ta`lim
Professional ta`lim egallanadigan kasb va mutaxassislik bo`yicha quyidagi darajalarni o`z ichiga oladi:
boshlang`ich professional ta`lim;
o`rta professional ta`lim;
o`rta maxsus professional ta`lim.
Boshlang`ich professional ta`lim kasb-hunar maktablarida IX sinf bitiruvchilari negizida bepul asosda kunduzgi ta`lim shakli bo`yicha umumta`lim fanlarining va mutaxassislik fanlarining ikki yillik integratsiyalashgan dasturlari asosida amalga oshiriladi.
O`rta professional ta`lim kollejlarda davlat buyurtmasi yoki to`lov-shartnoma asosida kasblar hamda mutaxassisliklarning murakkabligidan kelib chiqqan holda, davomiyligi ikki yilgacha bo`lgan kunduzgi, kechki va sirtqi ta`lim shakllari bo`yicha umumiy o`rta, o`rta maxsus ta`lim hamda boshlang`ich professional ta`lim negizida amalga oshiriladi.
O`rta maxsus professional ta`lim texnikumlarda umumiy o`rta, o`rta maxsus, boshlang`ich professional va o`rta professional ta`lim negizida davlat buyurtmasi yoki to`lov-shartnoma asosida kasblar hamda mutaxassisliklarning murakkabligidan kelib chiqqan holda, davomiyligi kamida ikki yil bo`lgan kunduzgi, kechki va sirtqi ta`lim shakllari bo`yicha amalga oshiriladi.
Oliy ta`lim
Oliy ta`lim bakalavriat ta`lim yo`nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo`yicha yuqori malakali kadrlar tayyorlanishini ta`minlaydi.
Oliy ma`lumotli kadrlarni tayyorlash oliy ta`lim tashkilotlarida (universitetlar, akademiyalar, institutlar, oliy maktablar) amalga oshiriladi. Umumiy o`rta (o`n bir yillik ta`lim), o`rta maxsus (to`qqiz yillik tayanch o`rta va ikki yillik o`rta maxsus ta`lim), boshlang`ich professional ta`lim (to`qqiz yillik tayanch o`rta va ikki yillik boshlang`ich professional ta`lim) olgan shaxslar, shuningdek ushbu Qonun kuchga kirguniga qadar o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi (to`qqiz yillik umumiy o`rta va uch yillik o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi) olgan shaxslar oliy ma`lumot olish huquqiga ega.
Oliy ta`lim ikki bosqichga, bakalavriat va magistratura bosqichiga ega.
Oliy taʼlim muassasalari orasida mahalliy darajada eng yuqori baholanganlari Toshkent moliya instituti va Toshkent xalqaro Vestminster Universitetidir. Birinchisi Oʻzbekistonning Birinchi Prezidenti tashabbusi bilan 1991-yilda tashkil etilgan. Keyinchalik 2002-yilda Vestminster universiteti (Buyuk Britaniya) va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “UMID” jamgʻarmasi bilan hamkorlikda Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universiteti tashkil etildi. Hozirda bu universitetlar Oʻzbekistonda ham, Markaziy Osiyo mamlakatlarida ham oʻz taʼlim sohasida eng yaxshi universitetlar sifatida eʼtirof etilgan.
2007-yilda Oʻzbekiston banklari assotsiatsiyasi Singapur davlatidagi menejmentni rivojlantirish instituti bilan hamkorlikda Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti tashkil etildi.
2009-yilda Oʻzavtosanoat va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamkorligida Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti tashkil etilgan. TTPU Mashinasozlik va Aerokosmik muhandislik, Qurilish va Arxitektura hamda Kompyuter injiniringg yoʻnalishlari boʻyicha bakalavr dasturlarini taklif etadi.
Oʻzbekistonda xususiy va tadbirkorlik oliy ta’lim tizimi ham rivojlanmoqda. 2020-yilda TEAM universiteti Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-apreldagi 241-son qarori bilan xususiy tadbirkorlik universiteti sifatida tashkil etilgan. TEAM universiteti OT 0007-sonli litsenziya asosida faoliyat yuritadi .
Oliy ta`limdan keyingi ta`lim
Oliy ta`limdan keyingi ta`limni oliy ta`lim va ilmiy tashkilotlarda olish mumkin.
Oliy ta`limdan keyingi ta`lim doktorlik dissertatsiyasini tayyorlash va himoya qilish maqsadida mutaxassislikni chuqur o`rganishni va ilmiy izlanishlar olib borishni nazarda tutadigan tayanch doktorantura, doktorantura va mustaqil izlanuvchanlik asosida ilmiy darajaga ega ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashni ta`minlaydi.
Tayanch doktorantura falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) ilmiy darajasiga da`vogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralgan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi bo`yicha oliy ta`limdan keyingi ta`lim shakli hisoblanadi.
Doktorantura fan doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy darajasiga da`vogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralgan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi bo`yicha oliy ta`limdan keyingi ta`lim shakli hisoblanadi.
Mustaqil izlanuvchilik falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) yoki fan doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy darajalariga da`vogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralmagan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi bo`yicha oliy ta`limdan keyingi ta`lim shakli hisoblanadi.
Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish
Kadrlarni qayta tayyorlash tayanch mutaxassisliklar va kasblarga muvofiq bo`lgan yo`nalishlar bo`yicha faoliyatni amalga oshirish uchun qo`shimcha kasbiy bilim, malaka va ko`nikmalarning zarur hajmi egallanishini ta`minlaydi.
Kadrlar malakasini oshirish kasbiy bilim, malaka va ko`nikmalarning chuqurlashtirilishi hamda yangilab borilishini ta`minlaydi, kadrlarning toifasi, darajasi, razryadi va lavozimi oshishiga xizmat qiladi.
Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish shakllari va muddatlari tegishli davlat ta`lim talablari bilan belgilanadi.
Maktabdan tashqari ta`lim
Bolalarning ehtiyojlarini qanoatlantirish, bo`sh vaqti va dam olishini tashkil etish uchun davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, shuningdek tijorat tashkilotlari madaniy-estetik, ilmiy, texnikaviy, sport yo`nalishidagi maktabdan tashqari ta`lim tashkilotlarini tashkil etishi mumkin.
Maktabdan tashqari ta`lim bolalarga uzluksiz ta`lim berishning tarkibiy qismi sifatida ularning iste`dodi va qobiliyatini rivojlantirishga, ma`naviy ehtiyojlarini qanoatlantirishga qaratilgan.
Maktabdan tashqari ta`lim tashkilotlari jumlasiga bolalar, o`smirlar ijodiyoti saroylari, uylari, klublari va markazlari, “Barkamol avlod” bolalar maktablari, bolalar-o`smirlar sport maktablari, bolalar musiqa va san`at maktablari, studiyalar, axborot-kutubxona hamda sog`lomlashtirish muassasalari kiradi.

Zakovat bor joyda ulug`lik,


Ta`lim bor joyda buyuklik bo`ladi.
Yusuf Xos Hojib
Xulosa
Yuqorida Shvetsariya va Oʻzbekiston taʼlim tizimidagi oʻxshashlik va farqli tomonlari koʻrib chiqdik.
Biz ayta olamizki, oʻxshash taraflari talaygina.
Bu bizni xursand qildi, albatta.

Shvetsariya maktablarida asosiy etibor chet tillarni oʻrganishga qaratilgan ekan, bu juda ham ajoyib. Bundan tashqari, u yerdagi istalgan maktab oʻquvchilarni chet elda oʻqishlari uchun ham tayyorlab borar ekan.


Qoʻshimchasiga, koʻpchilik maktablar togʻ yonbagʻirlarida joylashgani bois, sanatoriya singari faoliyat olib boradi.
1 kunda 5 mahal issiq ovqat. Bu ham maroqli, ham taʼlim sifatini oshirishga xizmat qiladi.
Oliy taʼlim keladigan boʻlsak, asosiy e'tibor amaliyotga yoʻnalgan, buning uchun talabalar turli ish oʻrinlariga borib, oʻzlarini sinab koʻradilar.

Ammo bu bilan biz Oʻzbekiston taʼlim tiziming kamchiliklari bor demoqchi emasmiz, mukammalroq qilish taklifini beryabmiz, halos.


Qachonki bu holatda uygʻunlikni ushlab tura olsak, marra bizniki.




Xulosa oʻrniga shuni aytib oʻtish kerakki, biz ham taʼlim sifatimizni oshirish uchun ushbu usullardan foydalansak, nur ustiga aʼlo nur boʻlar edi.
Download 87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish