Щу=У=ни ы=итишнинг ма=сад ва вазифаси



Download 45,5 Kb.
bet1/3
Sana09.07.2022
Hajmi45,5 Kb.
#760897
  1   2   3
Bog'liq
Щу=У=ни ы=итишнинг ма=сад ва вазифаси


Huquqni o`qitishning maqsad va vazifasi


Reja:

  1. Huquqni o`qitish fanining maqsad, vazifasi, predmeti

  2. Huquqiy ta`lim tushunchasi

  3. Huquqni o`qitish metodikasi



1. Huquqni o`qitish fanining maqsad, vazifasi, predmeti

Hart bir huquqiy bilim beruvchi ustoz o`z oldiga aniq maqsad qo`yishi lozim. Huquqiy bilimning asosiy maqsadi shaxsda, guruh shaxslarida huquqiy tushunchani shakllantirish va uning asosida huquqiy tarbiyaga erishishdir.


Huquqiy bilim olish jaraoyonida tinglovchilar qonunlarni bilishga, ulardan foydalanishga, hayotga tadbiq etishga erishishlari, o`z huquq, erkinliklarini mukammal bilib, qonunga rioya qilish majburiyatlarini o`rganishlari lozim.
Huquqiy bilim bilan bog`liq huquqiy tarbiyada shaxslar huquqbuzarlik sodir etmasliklari, qonun doirasida ish tutishlari, o`zlarini va boshqa shaxslarni hurmat qilishlari, davlat, jamiyat va oilada o`rnatilgan tartib-qoidalarni buzmasliklari kabi tarbiyaga erishishlari kerak. Bu maqsadni amalga oshirishda eng birinchi o`rinni huquqiy bilim beruvchi shaxs egallaydi. Fanning va o`qituvchining vazifasi ham shundadir.
Huquqiy bilim to`laligicha maxsus o`quv muassasalarida beriladi, u yerda mutaxassis - huquqshunoslar tayyorlanadi. Boshqa ta`limda esa umumiy huquqiy bilim beriladi. Masalan, maktab o`quvchisiga jinoiy ish yuritish asoslarini o`rgatish shart emas. Lekin u mehnat huquqidan, oila huquqidan va boshqa huquq sohalaridan o`ziga tegishli huquqiy ma`lumotlarni olib, bilimga ega bo`lishi lozim.
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o`rganishda Konstitutsiya qanday hujjat, unda nimalar bayon etilgan, davlat suvereniteti, inson huquqlari, erkinliklari va burchlari nima, shahsning qanday huquqlari mavjud, ular qanday kafolatlanadi? degan savollar javobini egallash darajasida tinglovchi bilim olishi kerak.
Huquqiy bilim olgan shaxs o`z bilimini hayotda ishlata bilishi, tadbiq eta olishi kerak.
Masalan, inson va fuqarolarning huquq, erkinliklari, burchlari bo`yicha dars jarayonida o`rganganlarini hayotda foydalana olishi, shaxsning qonun asosida o`zini himoya qilishi, o`z burchlarini bajarishi hatti-harakatlaridan kelib chiqadi.
Mehnat huquqidan olgan bilimi aososida shaxs o`z mehnat faoliyatini huquqiy tartib doirasida bajaradi va o`zgalardan, ish beruvchidan o`zining huquqlarini himoya qila oladi. Ariza, dalolatnoma, talabnomama va boshqa ma`lumotlarni yozishni ham dars jarayonida o`rgatilganligi tufayli hayotda shaxs qiynalmasdan ish tutadi.
2. Huquqiy ta`limning asosiy belgilari


Huquqiy ta`lim jarayonida tinglovchilarga quyidagilar o`rgatilishi lozim;
birinchidan, bilim berilishi, bilim davlat va huquq bilan bog`langan bo`lishi kerak;
ikkinchidan, olingan bilimni hayotga tadbiq etish mahorati o`rgatiladi;
uchinchidan, shaxs doim o`z ustida ishlashi, izlanishi biror natijaga ega bo`lishlikka harakat qilishi kerak;
to`rtinchidan, davlat va jamiyat ishlari bilan qiziqish hislatlariga ega bo`lishni shakllantirish.
Huquqiy ta`limning asosini bilim tashkil etadi. Bilim shaxsning har tomonlama rivojlanishiga yordam beradi. O`qituvchi dars jarayonida jamiyat va davlatdagi yangiliklarni o`zi mukammal bilishi va ularni tinglovchilarga o`rgatishi lozim. Masalan, yangi qabul qilingan qonunlarda, inson huquqiga, mehnat, fuqarolik, oilaviy munosabatlariga bog`liklarini o`quvchi o`qituvchisidan o`rganadi.
Dars jarayonida tinglovchilar: davlat, uning boshqarilishini; huquqqa bog`liq tushunchalarni; huquqiy munosabatlar tushunchasini; huquqiy munosabatlarning kelib chiqish asoslarini; huquqbuzorlik tushunchasini, turlarini; huquqiy javobgarlik tushunchasi va boshqa bir qancha huquqiy ma`lumotlarni bilib olishlari lozim.
Masalan, O`zbekiston Respublikasining 2002 yil 12 dekabrda O`zbekiston Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan «O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to`g`risida»gi Konstitutsiyaviy Qonunini tinglovchilarga o`qituvchi sharhlab berishi lozim. Unda Senat O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining (yuqori palatasi) hududiy vakillik palatasi ekanligini, uning tashkil topishini, vakolatlarini va boshqa faoliyatini tushuntirib berishi lozim. Har bir qonun yangiliklarini o`quvchi ilk o`qituvchisidan eshitishi maqsadga muvofiqdir. Chunki boshqalar qonun sharhini yetarli darajada bilmasligi tufayli noto`g`ri tushuncha hosil qilib qo`yishlari mumkin.
Yuqorida ko`rsatilgan masalalardan kelib chiqqan xolda o`qituvchi darsga kirishdan oldin mavzu bo`yicha maxsus huquqiy xujjatlar bilan tanishib, dars matnini tayyorlab, tinglovchilardan tushgan savollarga javob berish darajasida tayyorgarlik ko`rishi lozim. Agar u yoki bu savolga javob berishga qiynalsa, o`qituvchi tinglovchilarga kelgusi darsda bu savolga javob berishini aytishi mumkin. Tegishli qonuniy hujjatlar yoki adabiyotlardan foydalanib har bir javobsiz qolgan savol, kelgusi darsda tushuntiriladi.
Olingan bilimlarni hayotga tadbiq etish. Bu shaxsning hayotida uchragan huquqiy muammalarning yechimini topishi demakdir. Huquqiy bilimga, ma`lumotlarga ega bo`lgan shaxs, huquqiy munosabatlarga kirganda harakatlarini qonun asosida amalga oshirishga erishadi. Masalan, yozgi kanikulda ishlayotgan o`quvchi: bir kunda necha soat ishlashi mumkinligini; mehnat haqqi qanday to`lanishini; mehnatni o`qish davrida davom ettirishi mumkinmi, degan bir qancha savollarning javobini dars jarayonida bilganligi sababli, mehnat faoliyatini qonun asosida amalga oshirilishini kuzatadi.
Olingan huquqiy bilimlar shaxsga o`z ilmiy yoki ijodiy izlanishlarida ham yordam beradi. Buning uchun tinglovchi dars jarayonida bilganlaridan tashqari o`z ustida ishlab, qo`shimcha manbalar, adabiyotlardan foydalanishi kerak. Masalan, o`quvchilarning ba`zilari referatlar yozish, devoriy gazetalarga maqolalar yozish, huquq burchaklarini tashkil qilish, to`garaklarida qatnashishga qizaqadilar. Bunday shaxslarning o`z maqsadlariga erishish uchun o`qituvchi ularga to`g`ri yo`l ko`rsatishi, yordam berishi maqsadga muvofiqdir.
Tinglovchilar orasidan davlat, jamiyat hayoti bilan qiziquvchilar, rahbarlik hususiyatiga ega shaxslar ham aniqlanadi. Ular davlat va huquq nazariyasi, davlatdagi mavjud qonunlar, ularning yaratilishi bilan alohida qiziqadi. Ularni to`g`ri yo`lga solish uchun o`qituvchilari avvalambor o`zi yaxshi huquqiy bilimga ega bo`lishi, qonun yangiliklari bilan tanishgan bo`lishi shart. Agar o`qituvchining ma`lumoti u yoki bu huquq soxasi bo`yicha to`la bo`lmasa, tinglovchiga mahsus manbalar, yoki mutaxasislar bilan uchrashuviga yordam berishi lozim. Ana shundagina jamiyatimizda haqiqiy bilimdon, o`z kasbini sevadigan, uning huquqiy asoslarini biladigan mutaxasislar yetishib chiqadi.



Download 45,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish