Har bir xalq, har bir elat o‘zi hurmat-ehtirom qiladigan tilga ega. Tilga bo‘lgan munosabat shu tildan foydalanuvchi odamlarning ko‘p yoki oz sonli ekanligiga bog‘liq emasdir. Tilda ana shu tilning ijodkori bo‘lgan xalq, elatning tarixi va madaniyati aks etadi. Ayni zamon- da, til ijtimoiy taraqqiyotda ulug‘vor ahamiyat kasb etadi. Til ijtimoiy hodisa sifatida kishilar o‘rtasida asosiy aloqa vositasi bo‘lib kelgan. Inson tug‘ilib, voyaga yetar ekan, u ona tili, ona-Vatan, ona zamin kabi milliy qadriyatlarni shu til vositasida anglaydi va his qiladi. Shuning zamirida unda milliy ong, vatanparvarlik, millatparvarlik, mustaqillik kabi tushunchalar paydo bo‘ladi va singib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |