O‘zbek xalqi va tili haqidagi mashhur asarlardan biri bu til bilimining donishmandi Mahmud Qoshg‘ariyning turkiy tillar olamida eng sara asarlari bo‘lmish “Javohurun nag‘hv fi lug‘ati turk” (“Turkiy tillarning sintaksisi durdonalari”) va «Devonu lug‘otit turk» asarlaridir. Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asari muqaddima va lug‘atdan iborat. Muqaddimada olim so‘zlar- ning tuzilishi, turk qabilalari tabaqalarining nomini, turk tillarining bayonini beradi. Bu asar o‘sha davrdagi O‘rta Osiyo xalqlari tarixi, turmushi, madaniyati, urf-odatlari, adabiyotini o‘rganishda eng noyob manbadir. “Devonu lug‘otit turk”da turkiy xalqlardan tashqari arab, fors, xitoy, rus xalqlari haqida ham ma’lumotlar bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |