Hisobchilikning rivojlanishi
Yevropada Fransiya xukmronlik qilgan davrda hisob sohasida “Hisob - bu boshqarish funksiyasi” degan aforizm paydo bo’ldi. «Balki bu haqda baland ovoz bilan birinchi bo’lib Jak Savari (1676) gapirgan» (1273) Хuddi shu davrda hisobchilik shakli paydo bo’ldi. Bu so’z fransuz tilidan M.de la Port tomonidan asoslangan holda tarjima qilingan. Bu hisobchilikning xususiyatlari shuki, bu yerda kassa jurnali va materialdan tashqari asosiy turdagi operatsiyalarni har biriga ochilgan boshqa jurnallar yuritilgan. De La Portni qarashlarini qayd etish kerakki, u bosh kitobda hisoblarni ochishda kapital hisobidan foydalanishni, ularni yopishda balans hisob yordamida ko’rib chiqishni tavsiya etadi. O’z navbatida A. Mendes maxsus qoida kiritdi: “Jurnal bo’yicha yakunlar oboroti bosh kitobdagi debet va kreditlar yakunlari oborotiga teng bo’lishi kerak”. Bu shakllar ishlashga ruxsat bermasdi. Shuning uchun XVII asr oxirigacha yagona jurnal bir qana registrlarga bo’lina boshladi, bu xo’jalik hayoti faktlarini operatsiya turlariga qarab guruhlanishi lozimligini ko’rsatadi. Keyingi xronologik yozuvlar differensiyasi yagona jurnalni bir nechtaga bo’linishiga olib keldi. Natijada xronologik yozuv uz axamiyatini yukotdi.
Хisobchilikning 1804 yilda Martin Battayll tomonidan ta’riflangan belgiya shakli hisobchilikning bir turidir. Bu shakl yagona jurnalni 4 ta mustaqil registrlarga tabaqalashtirishni taklif etadi:
1)sotib olish
2) sotish
3) kassa
4) sotib olishda ham, sotishda ham xosil bo’lgan moliyaviy yakunlar.
Ularning oborotlari oy tugaganda bosh kitobga kiritilgan. Bu forma uchun hisob ishlarini ixchamlashtirishga qiziqish xarakterli edi. Masalan B. F. Barrem ayrim pul mablag’larini boshqalariga almashtirishda sotib olish narxlarini yengillatish uchun, har xil arifmetik qo’llashlarni yengillatish uchun, va narsalarga narxlar qo’yish uchun jadvallar kiritdi. O’sha davrlardan buyon bu jadvallar butun dunyoda “Barem” nomini oldilar, bu jadvallarga qisman 1721 yilda oxirgi natijani aks ettirish uchun o’zgartirish kiritilgan edi. Uch hisobdan biridan foydalanish: kapital zararlar va foydalar, 1817 yilda I.Ye.Kine alohida sotuv-hisobida oxirgi natijalarning hulosalari g’oyasini ilgari surdi.
Hisobchilikning amerikacha shakli buxgalter Edmond Degranj tomonidan ishlab chiqarilgan edi. Bu shakl oddiy hisob registrlarining yig’indisi emas, balki birinchi bo’lib, muayyan qamrab olgan buxgalteriya hisob nazariyasini taxmin qildi. E. Degranjning tasdiqlashicha, buxgalteriya uchun xronologik va tizimli yozuvlar bir xil muhimdir va bitta registr jurnaliga qo’shish mumkin. Bu kitobdagi asosiy yozuvlar hisobni ikki maqsadga yetishishga olib keladi:
1) Хohlagan vaqtda hisoblar holatini aniqlash mumkin;
2) Mulkdor kapitalini miqdorini aniqlash;
Buning uchun 5 ta hisob bo’lsa yetarli: 1) kassa 2) tovarlar 3) oshiqcha bo’lgan xujjatlar 4) to’lovga xujjatlar 5) zarar va foydalar. Shuningdek, qo’shimcha 3ta hisob kiritish ko’zda tutilgandi: 1) kapital 2) kirish balansi 3) yakunlovchi balans. Barcha hisoblar bir biri bilan ikkiyoqlama yozuv bilan bog’langan edi. Besh hisobning hammasini asosida jurnal tuzib, u xo’jalik hayotini 5 ta ekranda tasvirladi. Shular yordamida shaxsiy tashkilotlarni ham o’z kapitalining holatidan, o’zgarishidan ham xo’jalik va shaxslarning huquqi hamda majburiyatlari va ularga bog’lik bo’lgan holatlar, o’zgarishlari ko’zatishlari mumkin. Bunday munosabat shunday tushuniladi. Mulkdor nuqtai nazarida butun aktiv hisob beruvchi shaxslar va debitorlarga munosabati bo’yicha uni huquqlar ko’lamiga jamlagandi, qolganlar nuqtai nazarida aktiv mulkdorga nisbatan ularning majburiyat ko’lami yakkol ko’rinadi.
Passiv mulkdor nuqtai nazarida xo’jalik majburiyatlarining ko’lamini qo’shib hisoblaganda mulkdor va kreditorlar oldida, yoki keyingilar nuqtai nazarida xo’jalikka munosobati bo’yicha ularning huquqlarining qo’llashi edi. Shunday qilib balans yuzaga kelgach, mulkdor bilan tashkilot orasida jismoniy shaxs va yuridik shaxslar tushunchasini paydo qildi. Birinchi bor ular orasida aniq chegara xosil bo’ldi.
Amerikacha hisob shakli xronologik yozuvlarni yo’qolishiga olib kelayotgan tendensiyalar bilan qarama qarshi turishi kerak edi. Uning afzalligi quyidagichadir:
Buxgalterlik yozuvlari soni uchdan birga qisqaradi.
Bir qarashda xo’jalik holatini ko’zdan kechirish ta’minlanadi.
Kundalik balanslarni tayyorlashga qo’shimcha mehnatsiz erishiladi. Хatolarni aniqlash va izlash yengillashadi.
Saxifalarni nomerlash osonlashadi. Bu afzalliklar amerika shaklini shu kunlargacha yashab kelishiga imkon yaratdi, ammo uning qulayliklari faqat kichik korxonalarda o’zini oqladi. Oborotlar soni qancha ko’p bo’lsa, yoki hisoblar soni qancha ko’p bo’lsa, qo’llanilayotgan korxonaga u shuncha qo’pol va o’ulaysiz bo’la boshladi. U davrdan beri juda ko’p vaqt o’tdi, xozir biz aytishimiz mumkinki, bu yerda aytib o’tilgan shakllar hisob yozuvlarini tashkil qilishni faqat belgilangan modellaridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |