Hisobot davri raromad va harajatlarining mosligi tamoyili. Bu tamoyil hisobot davri harajatlariga shu davrda real daromad keltirgan qismini kiritishni bildiradi.
Mazmunni shakldan ustunlik tamoyili. Bu tamoyil korxona aktivlarini huquqiy maqomi bo‘yicha emas, balkim ularning iqtisodiy mazmuni, egalik qilish huquqini berilish vaqtiga ko‘ra hisobga olish va balansga kiritishni ifodalaydi. Masalan, tovar–moddiy boyliklar korxonaga kelib tushgan sanadan boshlab, ular uchun xaq to‘langan yoki to‘lanmagan bo‘lishidan qat’iy nazar, korxona aktivlari tarkibiga kiritiladi va balansga olinadi. Uzoq muddali ijaraga olingan asosiy vositalar ham ularning haqi to‘lanishi muddatidan qat’iy nazar korxona balansiga olingan kundan boshlab kiritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |