30.Brekchiyalar har xil granulometrik va mineralogik tarkibidagi qirrali
(silliqlanmagan) chaqiq cho‘kindi tog‘ jinslarining tabiiy sementlashib
qotishi jarayonida hosil bo‘ladi. Brekchiyalarni tashkil qilib turuvchi
bo‘laklarni bir-birlari bilan birlashtirib turuvchi massa-sement tarkibi
ham gil, gil-qum, karbonat, kremnezem bo‘lishi mumkin.
31.Koglomeratlar shag‘al toshlarni sementlashishi yo‘li bilan paydo
bo‘lgan tog‘ jinsidir. Konglomeratlarni tashkil qilib turuvchi shag‘al
toshlar mineralogik tarkibi bilan brekchiyalarga yaqin bo‘lsada, brekchiyalardan
birdan-bir farqi ana shu shag‘al bo‘laklarining silliqlangan
bo‘lishidadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |