Shredingerning umumiy tenglamasi reja: Shredingerning umumiy tenglamasi



Download 60,5 Kb.
bet1/2
Sana13.07.2022
Hajmi60,5 Kb.
#788694
  1   2
Bog'liq
SHREDINGERNING UMUMIY TENGLAMASI


SHREDINGERNING UMUMIY TENGLAMASI
Reja:
1. Shredingerning umumiy tenglamasi.
2. Vodorod atomining kvant nazariyasi.
3. Atomdagi elektronlarning holatlar buo’yicha taqsimlanishi.


Mavzular mazmuni: Shredingerning umumiy tenglamasi. Shredingerning statsionar tenglamasi. Bir o‘lchovli to‘g‘ri burchakli potensial o‘radagi zarra. Borning moslik prinsipi. Tunnel effekti. Kvant mexanikasida garmonik ossillyator.
Vodorod atomining kvant nazariyasi. Kvant mexanikasida vodorod atomi. Kvant sonlari va ularning ma’nosi. Spin kvant soni. Pauli prinsipi. Shtern va Gerlax tajribasi. Atomdagi elektronlarning holatlar bo’yicha taqsimlanishi. D.I. Mendeleevning elementlar davriy sistemasi.
Tayanch iboralar: statsionar tenglama, effekt, o‘ra, prinsip, Spin, kvant, Atom, elektron.

Yorug’likning tabiatini o’rganish jarayonida uning dualizm xususiyatiga ega ekanligi aniqlandi. Ba’zi hodisalarda yorug’lik o’zini to’lqin sifatida namoyon qilsa, ba’zi hodisalarni yorug’likning korpuskulyaр tabiati bilan tushuntirish mumkin.


1924 yilda Lui de-Broyl' dualizm faqat optikaviy hodisalarga xos bo’lmasdan, balki u universal ahamiyatga egadir. Ya’ni moddaning zarralari korpuskulyar xususiyat bilan birga to’lqin tabiatiga ham ega bo’ladi deb faraz qilgan.
Ma’lumki foton energiyaga va impulsga ega.
De-Broyl' nazariyasiga asosan, elektron yoki boshqa zarrachalar harakati to’lqin jarayoni bilan bog’liq bo’lib, ularning to’lqin uzunligi
(1)
ifoda bilan aniqlanadi. Bunga de-Broyl' to’lqin uzunligi deyiladi.
De-Broyl' gipotezasining eksperimental tasdig’i Devisson va Jermer tajribalarida olindi. Bu tajriba sxemasi quyidagicha. Yupqa metal fol'gadan sochilayotgan elektronlar dastasi ekranda difraksion manzarani yuzaga keltiradi. Keyinchalik Tomson va Tartakovskiylar ham elektronlar difraksiyasini tajribalarda kuzatdilar.
Mikrozarralar harakati N'yuton mexanikasi qonuniyatlariga mos kelmaydi. Ularning to’lqin xususiyatlarini inobatga oluvchi yangi mexanika to’lqin yoki kvant mexanikasi yuzaga keldi. Uning asoschilari Shredinger, Geyzenberg va Dirak va boshqalardir.


1926 yilda Shredinger mikrozarralar harakatini yozib beruvchi tenglamalarni yaratdi. Shredinger tenglamalari kvant mexanikasining asosiy tenglamasidir.


Mikrozarralarning holati kvant mexanikasida to’lqin funktsiyasi deb ataluvchi Ψ funktsiyasi orqali ifodalanadi. U koordinatalar va vaqtning funktsiyasi bo’lib:
(2)
tenglamani echish orqali aniqlanadi. Bu tenglama vaqt ishtirok qilgan Shredinger tenglamasi deyiladi. Bu tenglamada: i - mavhum son; m - zarraning massasi; U - zarraning potensial energiyasi; -Plank doimiysining 2π ga bo’lingani; Δ - Laplas operatori ;
Statsionar maydon uchun to’lqin funktsiyasini ikkita ko’paytuvchiga: vaqtga va koordinatalarga bog’liq bo’lgan hadlarga ajratish mumkin:
(3)
Bu vaqtda (2) tenglamaning ko’rinishi quyidagicha bo’ladi:
(4)
Bu statsionar holat uchun Sredinger tenglamasi deyiladi.
To’lqin funktsiyasining fizik ma’nosi quyidagicha: to’lqin funktsiyasi modulining kvadratini shu nuqtani o’z ichiga olgan dV hajm elementiga bo’lgan ko’paytmasi zarraning shu hajm elementida bo’lish ehtimoli dP ni ko’rsatadi
(5)
Zarraning fazodagi aniq o’rnini aniqlash tushunchasi Geyzenberg noaniqlik munosabati bilan belgilanadi. Masalan, zarraning koordinatasi x va va shu koordinataga mos keluvchi impul'sning px tashkil etuvchisi orasidagi munosabat
(6)
shartni qanoatlantiradi.
Hozirgi vaqtda kvant mexanikasida elektronlarning atomda harakatlanish holati to’rtta kvant soni bilan xarakterlanadi:
1. n -bosh kvant soni 1 dan ∞ gacha butun son qiymatlarini oladi.
2. l- orbital kvant soni 0 dan n-1 gacha butun sonlarni oladi.
3. ml -magnit kvant soni -l dan +l gacha butun sonlarni (hammasi bo’lib 2l+1 ta) oladi.
4. ms -spin kvant soni +1/2 va -1/2 qiymatlarnigina oladi.
Atomda elektronlarning orbitalarda joylashishi 1925 Vol'fgang Pauli yaratgan tamoyil asosida bo’ladi: Bitta elektron orbitada barcha kvant sonlari bir xil bo’lgan ikkita elektron joylashishi mumkin emaс.
Atomlarda elektronlar ma’lum bir kvant shartlarini qoniqtiruvchi energetik holatlardagina bo’lishи mumkin. Bu energetik sathlar orasidagi o’tishlardagi nurlanish chastotasi:
(7)
Atom tizimi bir energetik holatdan boshqasiga spontan (o’z-o’zidan) yoki majburiy o’tishi mumkin.

Download 60,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish