1.9. Goto buyrug‘i
If va case buyruqlari biron-bir shart asosida dasturning navbatdagi buyruqlariga o‘tish uchun ishlatiladi. Shuning uchun ularni ba’zan shartli o‘tish operatorlari deb ham ataladi.
Bu buyruqlar qatorida dasturning bajarilish qadamini boshqarish uchun shartsiz o‘tish operatori goto dan ham foydalanish mumkin.
Goto ning umumiy ko‘rinishi quyidagicha:
goto belgi;
bu yerda belgi - goto buyrug‘idan so‘ng dasturning bajarilishi kerak bo‘lgan buyruqdan oldin yoziladigan identifikator.
Goto buyrug‘ida ishlatiluvchi belgi dasturning belgilar bo‘limida e’lon qilinishi shart. Belgilarni e’lon qilish Label so‘zi bilan boshlanib, o‘zgaruvchilarni e’lon qilish bo‘limidan oldin joylashadi.
Dasturda goto buyrug‘i bajarilishi natijasida o‘tish kerak bo‘lgan buyruqdan oldinga belgi qo‘yilib, buyruq va belgi orasiga ikki nuqta qo‘yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |