1.12. Sonlarni o‘qish
Shunga e’tibor berish kerakki, matnli faylda son emas, balki uning tasviri joylashadi. Read va readln buyruqlari yordamida matnli fayldan sonlarni o‘qish uchun dastlab fayldan ajratish belgisi (bo‘sh joy yoki satr ohiri belgilari) uchragunga qadar belgilar o‘qib olinadi. So‘ngra o‘qilgan sonni ifodalovchi belgi songa aylantiriladi va olingan qiymatlar read yoki readln buyrug‘ining parametrlari sifatida berilgan o‘zgaruvchiga o‘zlashtiriladi.
Masalan, agar matnli fayl data.txt quyidagi satrdan iborat bo‘lsa:
23 15
45 28
56 71
u holda quyidagi buyruqlar bajarilishi natijasida:
AssignFile(f, ‘data.txt’);
Reset(f);
read (f, а);
read(f, b, с);
read(f, d);
o‘zgaruvchilarning qiymatlari quyidagicha bo‘ladi:
а = 23, b = 15, с = 45, d = 28.
Do'stlaringiz bilan baham: |