Diqqat!
While takrorlanuvchi buyrug‘ida Begin va End orasida joylashgan buyrug‘lar xech bo‘lmaganda bir marta bajarilishi uchun While buyrug‘idagi shart rost bo‘lishi kerak.
1.8. Repeat buyrug‘I
Repeat buyrug‘i huddi While buyrug‘i kabi ishlaydi. Ya’ni takrorlanishlar soni oldindan belgilanmaydi, aksincha dastur ishi davomida aniqlanadi.
Repeat buyrug‘ining umumiy ko‘rinishi quyidagicha:
repeat
// Buyruqlar
until Shart
bu erda shart - mantiqiy tipdagi ifoda bo‘lib, takrorlanishning tugash shartini aniqlaydi.
Repeat buyrug‘i quyidagicha ishlaydi:
1. Dastlab repeat va until orasidagi buyruqlar bajariladi.
2. Keyin shartning qiymati aniqlanadi. Agar shart yolg‘on bo‘lsa (False), u holda takrorlanishning tanasi yana bir marta bajariladi.
3. Agar shart rost bo‘lsa (True), u holda takrorlanish yakunlanadi.
Sunday qilib, repeat va until orasida joylashgan buyruqlar, shart rost qiymat qabul qilguncha bajarilaveradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |