ZAMONAVIY RADIO TIZIMLARINING XALAQITBARDOSHLIGINI BAHOLASH
Shoyusupova X.X., Sabirova U.Sh (Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU,
Elektronika va radiotexnika kafedrasi katta o‘qituvchilari)
Zamonaviy radio tizimlarining xalaqitlardan himoyalanish o‘z ichiga ikki tadbirni: axborot signalini yashirin uzatilish va axborot signalini unga turli xalaqitlar ta’sir etganda xalaqitbardoshlik bilan qabul qilishni qamrab oladi. Bu hamma radio electron vositalar uchun taalluqli bo‘lgan talablar har bir tahlil qilinayotgan radio tizimlar (RT) uchun ham o‘rinli hisoblanadi. Axborotnni yashirin uzatish uchun bir qator tashkiliy va texnik talablarni bajarish talab qilinadi. radio tizimlarning xalaqitbardoshligi ularning xalaqitlarning salbiy ta’siriga qarshilik ko‘rsatish qobiliyatini baholaydi va bir qator o‘ziga xos sabablarga bog‘liq. Ko‘p hollarda radio tizimlarning xalaqitbardoshligini aniqlashda ularning kirishida xalaqitlarning paydo bo‘lish sabablari e’tiborga olinmaydi. Bunda xalaqitbardoshlik turli tasodifiy sabablarga bog‘liq deb hisoblanadi va radio tizimlarning o‘z vazifasini bajara olmasligi ehtimolligi bilan baholanadi. Bu ehtimollik hamma vaqt radio qabul qilgich kirishidagi signal-xalaqit nisbatiga bog‘liq ravishda uzluksiz o‘zgaruvchi funksiya bo‘ladi. Shuning uchun radio tizimning xalaqitbardoshligini baholashda uning radio qabul qilgich kirishidagi signal-xalaqit nisbatining qandaydir chegaraviy qiymatini baholash yetarli hisoblanadi. Radio tizimning xalaqitbardoshligi va uning natijasida xalaqitlardan himoyalanganligi bir qator ko‘rsatkichlarga bog‘liq, bular: xalaqit va axborot signali turiga, xalaqitlarning faolligiga, radio qabul qilgich sining tuzilishi tarkibiga va unda signallarga ishlov berish usuliga, antennaning yo‘naltirilganlik diagrammasi shakliga, radio qabul qilgich da xalaqitlar bilan kurashish usuliga va h.k.larga bog‘liq. Yuqorida keltirilgan texnik ko‘rsatkichlarning hammasi va alohida har birining xalaqitbardoshlikka ta’sirini tahlil qilish va e’tiborga olish kerak.
Axborot signali va xalaqitlarning energetik ko‘rsatkichlarining xalaqitbardoshlikka ta’sirini ko‘rib chiqamiz. Axborot signali v xalaqitning bu ko‘rsatkichlari ular bir-biridan shakli bo‘yicha farqlanadigan bo‘lsa va radio qabul qilgich ning tuzilish tarkibi axborot signalini unga fluktuasion xalaqit ta’sir etgan holati uchun yetarli va to‘liq hisoblanadi. Bunday moslashish real sharoitlarda hamma vaqt bajarilishi mumkin. Radio tizimlarning energetik xarakteristikalari va xalaqitbardoshlik ko‘rsatkichlarini tahlil qilish bir qator foydali qonuniyatlarni aniqlash va radio tizimda foydalaniladigan axborot signallariga talablarni shakllantirish imkoniyatini yaratadi, bu talablarni bajarish o‘z navbatida radio tizimning xalaqitbardoshligini oshiradi.
Ma’lumki, optimal qabullash qurilmasi chiqishidagi signal-shovqin maksimal qiymati axborot signalining shakliga bog‘liq bo‘lmay, quyidagicha aniqlanadi:
bunda, – signal energiyasi, – signalning vaqt davomidagi o‘rtacha quvvati.
Axborot signali faqat qabullash qurilmasining ichki shovqini va tashqi fluktuasion xalaqitlari ta’sirida bo‘lib, turli shakldagi axborot signallari bilan moslashgan radio qabul qilgich sining xalaqitbardoshligi bir xil bo‘ladi. Agar xalaqit tashqi manba tomonidan maxsus shakllantirilsa va u o‘z tarkibi bilan normal taqsimot qonuniga bo‘ysunuvchi fluktuasion xalaqitdan farq qilsa, u holda ni signal va xalaqitlar quvvati nisati ko‘rinishida ifodalash qulay hisoblanadi. Agar qabullash qurilmasi polosasi da xalaqit spektri quvvat zichligi bir xil ga teng bo‘lsa, u holda
bunda, – axborot signali spektriga mos keladigan xalaqit quvvati.
(2) ifoda radio qabul qilgich ga axborot signali bilan birga quvvati ga teng tor polosali xalaqit ta’sir qilganda ham o‘rinli bo‘ladi. Agar optimal radio qabul qilgichning korrelyator tarkibida tuzilgan deb hisoblasak, tor polosali xalaqitning spektri radio qabul qilgich signal chastotalarini o‘tkazish polosasi gacha kengayadi. Agar radio qabul qilgich kirishiga tor va keng polosali xalaqitlar birgalikda ta’sir qilsa, u holda
bunda, va – mos ravishda keng polosali va tor polosali xalaqitlar quvvati.
Imitatsiya xalaqiti axborot shakliga o‘xshash bo‘lgan maxsus shakllantirilgan xalaqit bo‘lib, axborot signalini qabullashga moslashtirilgan radio qabul qilgich chiqishida katta quvvatli signal hosil qiladi. Radio qabul qilgichning imitatsiya xalaqiti ta’sir etgan ish holatidagi chiqish signali quvvati axborot signali va imitatsiya xalaqiti orasidagi o‘zaro korrelyatsiya koeffisientiga proporsional bo‘ladi.
Axborot uzatish radio tizimini energetik bosishi (podavlenie) signal-xalaqit chegaraviy qiymati va radio tizimning axborot signalini talab darajasidagi xalaqitbardoshlik bilan ishlashi ehtimolligi chegaraviy qiymatini quyidagi tengsizlik orqali aniqlash mumkin:
bunda, – signal-xalaqit nisbatining chegaraviy qiymati bo‘lib, ushbu shart bajarilganda radio tizim talab darajasidagi sifat bilan ishlaydi; – qabul qilingan signalga real radioliniyada ishlov berishdagi yo‘qotishlarning ideal sharoitga unga ishlov berishdagiga nisbatini ko‘rsatuvchi koeffisient.
Radio qabul qilgich qurilmasining chiqishidagi xalaqit spektrini quyidagi ifoda orqali aniqlash mumkin:
bunda, – xalaqit manbai radiouzatkichi chiqish quvvati; va – xalaqit radio uzatkichi uzatish antennasi va radio tizim qabullash qurilmasi antennalarining bir-biriga yo‘naltirilgan holatlaridagi kuchaytirish koeffisientlari; – xalaqit quvvatining uzatish antennasidan qabullash antennasigacha bo‘lgan masofani o‘tishi natijasida so‘nishi koeffisienti.
Radio tizimning qabullash qurilmasi chiqishidagi foydali axborot signali quvvati quyidagicha aniqlanadi:
(3) va (6) ifodalarni e’tiboga olib (2) xalaqitbardoshlikni ta’minlashni quyidagicha ifodalash mumkin:
bu ifodada, – axborot signali radiouzatkichi chiqish quvvati va uzatish antennasi kuchaytirish koeffisienti; va – qabullash antennasining axborot signali va xalaqitlarni qabullash tomonlarga mos keluvchi kuchaytirish koeffisientlari; – xalaqit signali radiouzatkichi chiqish quvvati va uzatish antennasi kuchaytirish koeffisienti; – radiotrassada xalaqit quvvatining nisbiy yo‘qotilishi; – signal-xalaqit nisbatining kritik (chegaraviy) nisbati; – axborot signali bazasi.
(7) ifodadagi – axborot signali bazasi signalning tarkibiga va modulyatsiya turiga bog‘liq bo‘lib, radio tizimning axborot signalini uzatish xalaqitbardoshligini oshirish uchun bazasi katta signallardan foydalanish kerak bo‘lib, ularni maxsus xususiyatlar bilan ta’minlash natijasida qarshi tomon bunday signalni imitatsiya qilishini qiyinlashtirish kerak. Bu ikki talablarni amalga oshirish uchun radio tizimlarda kodlangan signallardan foydalanish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |