Tadqiqotning maqsadi. Bitiruv malakaviy ishimizda Shoyim Bo’tayev qissa va hikoyalarida pragmatic nutq birliklarining qahramon nutqlari(nutq akti)misolida tadqiq etishni maqsad qilib oldik .Ilmiy ishimizda yozuvchining aynan bir asari emas balki ,qissalari misolida ko’rib chiqish ishimizning tadqiqot doirasini kengaytiradi va bu kelgusi tadqiqot ishlarida ham ushbu mavzuni davom ettirish imkonini beradi.
Tadqiqotning vazifalari. Asosiy maqsadga quyidagi vazifalarni bajarish asosida erishiladi:
-O’zbek tilshunosligida lingvopragmatika sohasiga doir yaratilgan ilmiy asarlarni o’rganish;
- Shoyim Butayev qissalarining badiiy til xususiyatlarini tahlil qilish.
- Mazkur qissalardagi qahramonlar nutqiga ahamiyat qaratish;
- Qissalardagi qahramonlarning pragmatikasi, asosan nutqiy akt va presuppozitsiyaga e’tibor qaratish;
- O’zbek tilshunosligida Shoyim Bo’tayev qissalarining boshqa jihatdan ham o’rganilganligini ham tekshirish;
Do'stlaringiz bilan baham: |