Tadqiqotning maqsadi. Bitiruv malakaviy ishimizda Shoyim Bo’tayev qissa va hikoyalarida pragmatic nutq birliklarining qahramon nutqlari(nutq akti)misolida tadqiq etishni maqsad qilib oldik .Ilmiy ishimizda yozuvchining aynan bir asari emas balki ,qissalari misolida ko’rib chiqish ishimizning tadqiqot doirasini kengaytiradi va bu kelgusi tadqiqot ishlarida ham ushbu mavzuni davom ettirish imkonini beradi.
Tadqiqotning vazifalari. Asosiy maqsadga quyidagi vazifalarni bajarish asosida erishiladi:
-O’zbek tilshunosligida lingvopragmatika sohasiga doir yaratilgan ilmiy asarlarni o’rganish;
- Shoyim Butayev qissalarining badiiy til xususiyatlarini tahlil qilish.
- Mazkur qissalardagi qahramonlar nutqiga ahamiyat qaratish;
- Qissalardagi qahramonlarning pragmatikasi, asosan nutqiy akt va presuppozitsiyaga e’tibor qaratish;
- O’zbek tilshunosligida Shoyim Bo’tayev qissalarining boshqa jihatdan ham o’rganilganligini ham tekshirish;
Tadqiqotning obyekti. Shoyim Bo’tayev “Hayot” T. Sharq 2000 y., «Kun botardagi bog‘» , «Shamol о‘yini», «Eski arava», «Muyulishdagi uy», «SHо‘radan qolgan odamlar» «Kо‘rg‘onlangan oy» kabi qissalari, hamda adibning nasriy asarlarini tadqiqiga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqotlarni ishimizga obyekt qilib oldik.
Tadqiqot predmeti. O'zbek tilshunosligida lingvopragmatikaga doir turli nuqtai nazardan o'rgangan olimlarning tadqiqot ishlari.
Tadqiqotning usullari. Tadqiqotda quyidagi tahlil metodlaridan foydalanildi: -transformatsiya- o’rin almashtirish metodi
-qiyoslash metodi;
-matn tahlili metodi;
Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:О‘zbek tilshunosligida Lingvopragmatika sohasi ko’plab tadqiqotlarda o’rganilgan.Ammo ma’lum bir asar doirasida tadqiq etilmagan.Shoyim Bo’tayev asarlarining qahramonlari mutlaqo zamonaviy odamlar hisoblanadi.Shuningdek qahramonlarning nutqi ham biz o’rganadigan tadqiqotga ya’ni nutqning pragmatik xususiyatlariga aynan mos keladi. Shu boisdan ham aynan Sh .Bo’tayev asarlari tanlab olindi. Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. . Mazkur bitiruv –malakaviy ishdan, litsey, kollejning adabiyot о‘qituvchilari ijodkorlarning hayoti va ijodini tahlil qilishda, ma’ruzalar va referatlar, Oliy ta’limda esa talabalar kurs ishlari yozishda bemalol foydalanishlari mumkin.qolaversa,Oliy ta’limning magistratura bosqichida pragmalingvistika kurslarida foydalanish mumkin. Tadqiqotning ijobiy natijalaridan so’ng o’zbek tilini o’qitishning nazariy kurslarida va amaliyotida foydalanish imkoniyatini beradi.. Tadqiqotda bildirilgan fikr-mulohazalar o’zbek tili pragmatikasi darsliklarida mavjud bo’lgan qo’shma gap sintaksisiga oid to’plamlarini tuzishda foydalanish tavsiya qilinadi.
Tadqiqotning amaliyotga tadbiq qilinishi. Dissertatsiya ishining asosiy natijalari va materiallaridan oliy ta’lim muassasalarining o‘zbek filologiyasi fakultetlari talabalari uchun va magistratura yo‘nalishlarida o‘tiladigan morfologiya va sintaksis darslarida keng foydalanish tavsiya etiladi.
Dissertatsiyaning tuzilishi. Dissertatsiyaning hajmi Word dasturi Times New Roman shriftining 14 kegel kattaligida ... sahifa ...... ta so‘z bo‘lib, ishning umumiy tavsifi, kirish, 3 bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |