yaratib beradi. Ta`limni tashkil etish va yo‘lga qo‘yilgan o‘zgarishlar interfaol usullarni yuzaga
keltiradi. Ta`limda interfaol usullar o‘quvchini erkin fikrlashga, mustaqil izlanishga, o‘z fikrini
bayon etishga, faolligini ta`minlashga ko‘maklashadi. O‘quv mashg‘ulotlarida ta`limiy o‘yinlar,
interfaol usullar o‘quv fani nazarda tutilib, mavzuning saviyasiga qarab tanlanishi pedagokning
pedagogik mahoratiga bog‘liq. Bunda pedagok o‘quvchining qiziqishi va imkoniyatlarini
e`tiborga olishi lozim. Matematika fanini o‘quvchilar uchun o‘zlashtirish biroz qiyin hisoblanadi.
Bu turdagi fanlarni o‘zlashtirishda o‘quvchidan kuchli e`tibor
va pedagokdan darslarda
o‘quvchilarni qiziqtirish uchun turli xil ta`limiy o‘yinlardan foydalanilishi talab etiladi.Masalan
matematikadan o‘tgan mavzularni takrorlash maqsadida “Tezkor savollar” dan, o‘quvchining
zehni o‘tkirligini oshirishda “Matematik termin”, “Matematik lug‘at”, “Xo‘p” o‘yinidan,
“Matematik sharada” o‘yinida matematik atamadan yangi matematik atama hosil qilishi orqali
ijodkorlik qobiliyatini namoyon qilishi, “Kimning ko‘zi o‘tkir” o‘yinida o`quvchining tezkorligi,
xotirasining qandayligi kabi imkoniyatlarini ochib berishi mumkin. Bundan tashqari “Davom
ettir”, “Piramida”, “Ortiqchasini top”, “Mosini tanla” va turli xil krossvord va skanvordlardan
ham foydalanish mumkin. “Xo‘p” o‘yini ushbu o‘yinda bir nechta o‘quvchi qatnashib ular tartib
bilan natural sonlarni ketma-ket sanaydilar va tub sonlar o‘rniga “xo‘p” deyiladi. Kimda kim tub
sonni sanab ketsalar o‘yinni tark etadilar. Oxirida qolgan o‘quvchi yutgan hisoblanadi. Bu
o‘yinni faqat tub sonlar emas balki
a) sanash vaqtida 3 va 7 ga bo‘linadigan sonlar o‘rniga “xo‘p” so‘zi
aytiladi
b) 4 va 5 ga bo‘linadigan sonlar o‘rniga “xo‘p” so‘zi aytiladi
c) 13 ga bo‘linadigan sonlar o‘rniga “xo‘p” so‘zi aytiladi va hokazo.
“Kimning ko‘zi o`tkir” o`yinida rasmda 1 dan 100 gacha bo‘lgan sonlar yozilgan boladi.
O‘quvchilar berilgan vaqt ichida kim ko‘p sonlarni ya‘ni 1,2,3,4,5,6... ketma-ketlikda to‘psalar
shu o‘quvchi g‘olib bo‘ladi. Bu o‘yinda o‘quvchilarni tezkorligi va chaqqonligi hamda e’tiborli
bo‘lishga undaydi. “Matematik termin” o‘yinida bir necha kishi chiqadi va o‘yin sharti bunday
matematikaga oid atama, asbob yoki matematik olim nomlari aytishi kerak bo‘ladi. Ikkinchi
o‘quvchi birinchi o‘quvchi aytgan atamani va o‘zi ham
yangi atama aytadi, uchunchi o‘quvchi
esa birinchi va ikkinchi o‘quvchilar aytgan atamalarni aytadi va o‘zi yangi atama aytish bilan
davom ettiradi va hokazo. Masalan 1 -o‘quvchi “kub” deydi, 2-o‘quvchi “kub, daraja” deydi, 3-
o‘quvchi “kub, daraja, algebra”, 4-o‘quvchi esa “kub, daraja, algebra, sinus” va hokazo o‘yin shu
tariqa davom etiladi. Qaysidir o‘quvchi so‘zlarining ketma-ketlik tartibida yanglishsa yoki
birorta so‘zni aytmasdan ketsa, yangi qo‘sha olmasdan qolsa o‘yinni tark etadi va o‘yin qolgan
o‘quvchilar bilan davom ettiriladi. Eng oxirida qolgan o‘quvchi yutgan hisoblanadi. “Matematik
lug‘at” bu o‘yinda o‘quvchilar ikki guruhga yoki uch guruhga bo‘linadi o‘qituvchi biror harfni
aytadi. Guruhlar navbatma – navbat shu harf bilan boshlanadigan matematik bitta – bitta ayta
boshlaydilar. O‘qituvchi buni doska yoki varaqqa qayd qilib boradi. Agar guruhlardan birortasi
ko‘rsatilgan harf bilan boshlanuvchi
matematik atama topa olmasa, ilgari aytilgan atamatini
aytib qo‘ysa yoki matematikaga taalluqli bo‘lmagan so‘zni aytsa, u yutqazgan hisoblanadi.
Masalan o‘qituvchi “A” harfini tanladi. Birinchi guruh “algebra”, ikkinchi guruh “aksiyoma”,
uchunchi guruh “asos” va hokazo davom etadilar.
“Davom qildir” bu o‘yinda o‘quvchilar ikki guruhga yoki uch guruhga bo‘linadi
o‘qituvchi biror ta‘rif, teorema, natija va shunga o‘xshashlaridan birortasining boshlang‘ich
qismini aytadi-da guruhlardan navbati bilan bittasiga “davom qildir” deb aytadi. Agar guruh
chala qolgan jumlani to‘ldira olmasa, shu guruhga jarima beriladi va o‘yin boshqa guruhlar bilan
davom ettiriladi. Masalan “Sanashda ishlatiladigan sonlar, davom qildir” guruh esa “natural son”
deyishi kerak. “Bir va o‘ziga bo‘linadigan sonlar, davom qidir” guruh “tub son” deb javob
berishi kerak.“Matematik sharada” o‘yinida bir nechta matematikaga
oid atamalar varaqqa
yoziladi o‘quvchilar matematik atamadan yangi matematik atama hosil qilishlari kerak bo‘ladi.
Masalan “ko‘p”-sozidan o‘ng tomoniga “burchak” yoki “yoq” so‘zlarini yozish natijasida
“ko‘pburchak” yoki “ko‘pyoq” yangi so‘zni hosil qilamiz, “burchak”-sozining chap tomoniga
“to‘g‘ri” yoki “to‘rt” so‘zlarini yozish natijasida “to‘g‘riburchak” yoki “to‘rtburchak”
yangi
so‘zni hosil qilamiz. Mustaqil bajarish uchun qo‘yidagilarni tavsiya etaman, burchak, to‘g‘ri,
tekislik, kir, teng, progressiya, shtab, metr, metriya.
“PIRAMIDA”. “Piramida” oyinida oddiylikdan murakkablikka qarab boriladi ya`ni
sodda misoldan boshlab misollarni yechadilar. Eng yuqoridagi misolni birinchi bo‘lib yechgan
o‘quvchi piramida cho‘qqisini zabt etgan bo‘ladi va shu o‘quvchi o‘qituvchi
tomonidan
rag‘batlantiriladi.
“Ortiqchasini top” bu o‘yinda bir mavzu tanlanadi va shu mavzuga oid ta`rif, teotema yoki
formulalar yoziladi hamda shu mavzuga tegishli bo‘lmagan bitta tasdiq yoki formula yoziladi.
O‘quvchi shularning ichidan ortiqchasini topishi kerak bo‘ladi. Masalan qo‘yida keltirilgan
formulalar uchburchakning yuzalarini topish formulalari keltirilgan. Bu yerda 3–formula
ortiqcha chunki bu paralellogrammning yuzini topish formulasi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: