TEST
2016-yil variantlar. 8-sinf Jahon tarixi
Angliyada bir palatali parlament vujudga kelgan yili dunyo tarixida bo`lgan voqeani belgilang.
A) AQShda “Ozodlik farzandlari” deb ataluvchi tashkilot tuzildi. B) Rossiyada qonun asosida krepostnoylik huquqi uzil-kesil qaror topdi.
C) Fransiyada birinchi marta Konstitutsiya qabul qilindi.
D) Buyuk Britaniya Fransiyani Kanadadan siqib chiqardi.
Fransiyada Lion to`quvchilari “Ishlab yashaylik yoki jang qilib o`laylik” shiori ostida qo`zg`olon ko`targan yilda Rim papasi … A) Birlashgan Italiya qirolligini qonuniyligini e’lon qildi.
B) Yaponiyada mavjud dinlar qatorida xristian dini ham bo`lishi kerakligi rasman tasdiqlandi.
C) Neapol qirolligi tuzilganligi e’lon qilindi.
D) Koreya yepiskopligi tuzilganligi e’lon qilindi.
Bir yilda bo`lib o`tgan voqealarni toping. 1. Rossiyada Dekabristlar qo`zg`oloni bo`lib o`tdi.
2. Buyuk Britaniya parlamenti ish tashlashni ta’qiqlovchi qonun chiqardi.
3. Fransiya qiroli Lyudovik XVIII vafot etdi.
4. Yuqori Peru Ispaniya zulmidan uzil-kesil ozod bo`ldi.
5. Uzoq kurashdan so`ng Do`st Muhammadxon Afg`oniston taxtini egalladi va o`zini amir deb e’lon qildi.
A) 2, 4, 5 B) 1, 3, 5 C) 1, 2, 3 D) 1, 2, 4
1716-yilda professional, doimiy ishlaydigan parlamentga asos solingan mamlakatda yer egalari qanday nomlangan?
A) pomeshchik B) lendlord C) fermer D) graf
Napoleon Bonapartning tug`ilib o`sgan vatanini aniqlang.
A) Sardiniya B) Krit C) Sitsiliya D) Korsika
XVII asr boshlarida Rossiyaning ichki ishlariga zo`r berib aralasha boshlagan davlatlarni aniqlang.
A) Polsha va Shvetsiya B) Shvetsiya va Fransiya C) Angliya va Fransiya D) Germaniya va Shvetsiy
Afrika qit’asining markaziy hududlari mustamlaka sifatida taqsimlanishi buyuk davlatlar tomonidan qachon tugallanganligini aniqlang.
A) XVIII asr oxiri – XIX asr boshlari B) XIX asr birinchi yarmi
C) XIX asr o`rtalari D) XIX asr oxiri – XX asr boshlarida
Yaponiyada 1507-yildan boshlangan notinch davr tarixga qanday nom bilan kirgan?
A) “Kurashuvchi viloyatlar davri” B) “Mustamlakachilik davri” C) “Xalqlar jangi” D) “Uchinchi Syogunlar davri”
XIX asrda Yaponiyada Syogun hokimiyatini ag`darish maqsadidagi ommaviy harakatning asosiy kuchini kimlar tashkil etardi? A) ryokalar B) ziyolilar C) fransuz harbiylari D) samuraylar
O`rta juz xonligi podsho Rossiyasiga bo`ysundirilgan yilda Lotin Amerikasining qaysi davlat o`z mustaqilligini e’lon qildi? A) Braziliya B) Urugvay C) Chili D) Yuqori Peru
XVII asrda Angliyada fuqarolar urushi yuz bergan davrda Hindistonda hukmronlik qilgan shaxsni aniqlang.
A) Akbarshoh B) Bahodirshoh C) Humoyun D) Shohjahon
Fransiya tarixida muhim ahamiyatga ega jirondachilar partiyasining nomi nimadan olingan?
A) Jironda departamenti (viloyati) nomidan
B) Partiya yetakchisi nomidan C) Jironda saroyi nomidan
D) Jironda monastiri nomidan
XIX asrning 30-yillarida Koreyaga mamlakatni chet davlat uchun ochish va uni mustamlakaga aylantirishga urinayotgan kapitalistik davlatlar xavf solayotgan edi. Bu xavf dastlab qanday ko`rinishda ifodalangan edi?
A) Amerikaliklarning teng bo`lmagan shartnomlar tuzishga harakat qilishlari
B) Buyuk Britaniya harbiy kemalari savdo munosabatlarini kuch bilan o`rnatishga urinishlari
C) Fransuz harbiy kemalarining Koreya portlarini kuch bilan ochishga urinishlari
D) Yevropalik xristian missionerlari faolligining oshganligi
Angliyada burjua inqilobidan so`ng quyidagi qaysi omillar tufayli diktatura o`rnatish zaruriyati yuzaga keldi? 1) Parlamentning mamlakatda fuqarolar totuvligini ta’minlay olmadi;
2) Aholining quyi tabaqalari manfaatlarini hisobga olinmaganligi;
3) Ommaviy ishsizlik ; 4) Narx-navoning o`sishi; 5) Qirolning yer-mulklarini qaysi zodagonlarga bo`lib berilishi; 6) Shotlandiyaga qarshi olib borilgan uzoq yillik urush; 7) Ispaniya bilan yaxshi diplomatik munosabatlarni o`rnatilishi tufayli tufayli kelib chiqqan norozilik.
A) 1, 3, 5, 7 B) 3, 4, 5, 6 C) 1, 2, 6, 7 D) 1, 2, 3, 4
Ispaniya zulmiga qarshi Niderlandiya xalqining 1566-yilgi qo`zg`oloniga qaysi qatlam rahbarlik qilgan?
A) savdogarlik B) hunarmandlar C) burjuaziya D) dehqonlar
XVII asrning birinchi choragida quyidagi qaysi davlatlarda hukmron sulolalar almashinuvi yuz bergan?
1) Angliya 2) Rossiya 3) Fransiya 4) Xitoy 5) Afg`oniston 6) Buxoro
A) 4, 5, 6 B) 1, 2, 6 C) 1, 2, 3 D) 1, 3, 5
Faqat to`g`ri ma’lumotlar ko`rsatilgan javobni belgilang. 1) Kommunistik jamiyat qurish haqidagi yangi ta’limot vujudga kelgan vaqtda G`arbning ilg`or mamlakatlarida hukmron dunyoqarash bo`lib o`tgan liberalizm mutloq monarxiyaga qarshi faol kurash olib bordi.
2) Konservatizm paydo bo`lgan asrda Buyuk Britaniya dunyoning birinchi sanoat mamlakatiga aylandi.
3) Simon Bolivar iste’foga chiqqan yili Urugvay mustaqillikka erishdi.
4) Argentina va Meksikada milliy mustaqillikka erishish uchun qo`zg`olon bir yilda sodir bo`lgan.
5) Xitoy imperatori chet elliklarning mamlakatga ko`plab kirib kelishini oldini olish maqsadida mamlakat bandargohlarini yopiq deb e’lon qilgan yili Hindistonda Sipohilar qo`zg`oloni bo`lib o`tdi.
A) 1, 3, 5 B) 3, 4, 5 C) 1, 2, 4 D) 1, 2, 3
Vena kongressining asosiy maqsadi nimadan iborat bo`lgan? A) Yevropada kelgusida ro`y berishi mumkin bo`lgan inqiloblarga qarshi birgalikda kurashish
B) Fransiyada Burbonlar sulolasi hukmronligini qayta tiklash va bu sulola hukmdorlari Yevropaning g`olib davlatlari manfaatlariga rioya qilib ish borishlarini ta’minlash
C) Yevropani g`oliblar manfaati yo`lida qayta taqsimlash
D) Napoleon I ning imperiyasiga butunlay chek qo`yish, Napoleonning keyingi hayotini hal qilish
XVII-XVIII asrlarda Shimoliy Amerikada tashkil topgan 13 ta mustamlaka shtatlar kim tomonidan boshqarilar edi?
A) Angliya qiroli tomonidan tayinlanadigan hokimlar tomonidan
B) Angliya qiroli tomonidan tayinlanadigan lendlordlar tomonidan C) Angliya qiroli tomonidan tayinlanadigan gubernatorlar tomonidan D) Angliya qiroli tomonidan tayinlanadigan senatorlar tomonidan
Angliya qiroli Yakov I davrida amalga oshirilgan ishlar to`g`ri ko`rsatilgan javobni toping. 1) Yangi ixtirolar qo`llashni ta’qiqlab qo`ydi. 2) Parlament mavqeyini yo`qqa chiqarib va eski feodal tartiblarni saqlab qoldi. 3) Mamlakatda senzura bekor qilindi. 4) Shotlandiya Angliyaga hujum boshladi.
5) Puritanlarga qarshi kurash boshlandi. 6) Parlament roziligisiz bironta ham soliq joriy etmaydigan bo`ldi
A) 1, 3, 6 B) 3, 4, 6 C) 1, 2, 5 D) 2, 4, 5
XVII asrda quyidagi qaysi davlatlar o`zlarini chet mamlakatlar uchun yopiq deb e’lon qilganlar va bu ta’qiqni buzganlarga o`lim jazosi belgilangan?
A) Xitoy va Koreya B) Xitoy va Yaponiya C) Yaponiya va Koreya D) Afg`oniston va Yaponiya
Yevropa siyosiy xaritasini kuch bilan o`zgartirib yuborgan Kongressni aniqlang. A) Nyurenberg jarayoni B) Vena kongressi C) Qrim konferensiyasi D) Kopengagen kongressi
Ma’lumki, XVII asrdan boshlab usti yopiq bozorlar qurilishi keng avj oldi. Bunday bozorlarning eng kattasi qaysi shaharlarda qurilgan?
A) London va Antverpenda B) London va Parijda C) Moskva va Londonda D) Rim va Parijda
1848-yilgi Germaniya inqilobining asosiy maqsadini ko`rsating. 1) Germaniyaning siyosiy tarqoqligiga barham berish; 2) Germaniyani Yevropaning qudratli davlatiga aylantirish;
3) Germaniyada respublika tuzumini o`rnatish; 4) Feodal tartiblarni biroz yumshatish; 5) Feodal tartiblarni tugatish.
A) 4, 5 B) 1, 5 C) 1, 3 D) 2, 4
Quyidagi voqealardan qaysi biri Londonda ishchilarning “Umumiy saylov huquqi uchun kurash ishchi assotsiatsiyasi” tuzilishidan avvalroq sodir bo`lgan? A) Amir Nasrullo harbiy islohot o`tkazdi B) Amir Nasrullo Qo`qonga hujum qildi
C) Amir Nasrullo Buxoro taxtini egalladi D) Amir Nasrullo Kitob shahrini bo`ysundirdi
Jung`oriya (Oyrat) xonligi tashkil topgan hududlarni aniqlang. A) Oltoy va Sharqiy Sibir
B) Shimoliy va G`arbiy Mo`g`uliston
C) Shimoliy va Markaziy Mo`g`uliston D) Janubiy va Sharqiy Mo`g`uliston
Quyida nomlari keltirilgan tarixiy shaxslar amalga oshirgan islohotlar to`g`ri ko`rsatilgan javobni aniqlang. 1) Tokugava Iayasu 2) Qirol Yonchjon 3) Imperator Kasa 4) Yosimune Tokugava 5) Imperator Musixito
a) yerni sotish, sotib olish va garovga qo`yishni ta’qiqlovchi qonun; b) xristian dinini ta’qiqlovchi qonun;
c) guruchdan spirtli ichimlik tayyorlashni man etadi; d) yirik feodallarning o`z qo`shiniga ega bo`lish huquqini bekor qilish;
e) umumiy harbiy majburiyatni joriy qilish.
A) 1-b, 2-d, 3-a, 4-c, 5-e B) 1-b, 2-c, 3-d, 4-a, 5-e C) 1-d, 2-c, 3-b, 4-e, 5-a D) 1-e, 2-a, 3-d, 4-c, 5-b
Pyotr I imperator deb e’lon qilingan yilda Xiva xoni kim edi?
A) Asfandiyorxon B) Sherg`ozixon C) Anushaxon D) Elbarsxon
Angliyada qachon bir palatali parlament vujudga kelgan? A) XVIII asr II yarmidagi sanoat to`ntarishi davrida B) XVII asr o`rtalarida yuz bergan Burjua inqilobi davrida
C) XVIII asr boshlaridagi parlament islohoti davrida D) XX asr boshlaridagi parlament islohoti davrida
“Roland haqida qo`shiq” dostoni yaratilgan mamlakat tarixida 1830-yilda sodir bo`lgan voqeani aniqlang. A) Lion to`qimachilarining qo`zg`oloni ko`tarildi. B) Mamlakat konstitutsiyai qabul qilindi.
C) Rim Italiya tarkibiga birlashtirildi. D) Mamlakat parlamenti tarqatib yuborildi.
Buyuk Britaniya sanoat rivojlanishi, savdo ko`lami va dengizdagi qudrati jihatidan dunyoda o`z taraqqiyotining cho`qqisiga erishgan davrni ko`rsating.
A) XIX asr oxiri B) XIX asr birinchi choragi C) XIX asr 50-yillari D) XIX asrning 70-yillari
Angliya qiroli Yakov I davrida amalga oshirilgan ishlar to`g`ri ko`rsatilgan javobni toping.
1) “Isloh qilingan din” cherkoviga qarshi kurash boshlandi; 2) Parlament mavqeyini yo`qqa chiqarish va eski feodal tartiblarni saqlab qolishga harakat qilindi; 3) Mamlakatda senzura joriy etildi; 4) Shotlandiya Angliyaga hujum boshladi; 5) Hukmron tabaqa davlat amaldorlari ortasida davlat xazinasini talon-taroj qilish kuchaydi; 6) Parlament roziligisiz bironta ham soliq joriy etilmaydigan bo`ldi; 7) Fransuz qirolidek cheklanmagan hokimiyatga intilish kuchaydi; 8) Ispaniya davlati bilan murosasozlik hukm surdi.
A) 1, 3, 5, 7 B) 1, 2, 5, 8 C) 1, 2, 6, 7 D) 2, 4, 6, 8
XVIII asr o`rtalaridagi qaysi jarayonlar Buyuk Britaniyada sanoat to`ntarishi uchun barcha shart-sharoitlarni vujudga keltirgan edi?
1) Qishloq xo`jaligi sohasida o`tkazilgan islohot natijasida ortiqcha ishchi kuchining vujudga kelishi;
2) Tovar sotish bozori shakllanishi;
3) Qirol tomonidan kerakli qonunlar qabul qilinishi;
4) Mamlakat aholisi va shaharlar sonining ortib ketganligi; 5) Qirol tomonidan sanoat burjuaziyasiga kerakli shart-sharoitlar yaratib berilganligi; 6) Mamlakatda yer oldi-sotdisi, mustamlakalardan kelayotgan boylik hisobiga katta sarmoyaga ega bo`lgan burjuaziya fabrikalar qurish imkoniga ega bo`lishi. A) 3, 4, 5, 6 B) 1, 2, 3, 5 C) 1, 2, 4, 6 D) 2, 4, 5, 6
Eronda Qojarlar sulolasi hukmronlik qilgan yillarni aniqlang.
A) 1802-1930-yilgacha B) 1796-1925-yilgacha C) 1758-1927-yilgacha D) 1796-1927-yilgacha
1855-yilda o`zini imperator deb e’lon qilgan va Efiopiyani yagona davlatga birlashtirgan tarixiy shaxs yirik feodallarni qanday huquqlardan mahrum qilgan?
A) O`z qo`shiniga ega bo`lish huquqidan B) O`z fuqarolari uchun istalgan dinni tanlash huquqidan
C) Soliq tartib qoidalarini o`zi belgilashi huquqidan D) O`z dehqonlarini erkin sotish va hadya qilish huquqidan
Xitoyda 1643-yilgi qo`zg`olon davrida kimni imperator deb e’lon qilishdi? A) Chjan Syan-Chjunni B) Abaxayni C) U San-Suyni D) Li-Szi-Chenni
Oliver Kromvel o`z faoliyati davrida qaysi davlatlarni mag`lubiyatga uchratishga muvaffaq bo`lgan? 1) Italiya 2) Shotlandiya 3) Irlandiya 4) Gollandiya 5) Ispaniya 6) Fransiya 7) Germaniya 8) Portugaliya
A) 2, 3, 4, 5 B) 1, 2, 3, 7 C) 2, 3, 5, 8 D) 2, 3, 5, 6
Angliyada fuqarolar urushi (XVII asr 40-y) yuz bergan davrda dunyoning yana qaysi davlatida qo`zg`olon natijasida hukmron sulolalar almashinuvi sodir bo`ldi? A) Rossiyada B) Hindistonda C) Yaponiyada D) Xitoyda
1646-yilda Angliya qiroli taslim bo`lgach, Parlament tomonidan o`tkazilgan islohotlar qaysi javobda to`g`ri ko`rsatilgan?
1) Yangi zodagonlar feodal to`lovlardan ozod etildi; 2) Yangi zodagonlarning qo`lidagi yer-mulklar o`zlariga xususiy mulk qilib berildi; 3) Ijro etuvchi hokimiyatni amalga oshiruvchi kengash tuzildi; 4) Ikki palatali parlament tuzildi; 5) Cherkov parlamentga bo`ysundirildi; 6) Yepiskoplarning yerlari musodara qilindi.
A) 1, 2, 5, 6 B) 2, 3, 4, 5 C) 3, 4, 5, 6 D) 1, 3, 4, 6
Angliyadagi qaysi voqea natijasida bozor munosabatlariga asoslangan yangi – kapitalistik jamiyat to`la qaror topishi uchun shart-sharoit yaratildi?
A) “Dengiz hukmdori”ga aylangach B) Burjua inqilobi natijasida mutlaq monarxiyaga barham berilgach C) Aholi tarkibida yangi qatlam – sanoat burjuaziyasi va yollanma ishchilar sinfining shakllanishi natijasida
D) Sanoat ishlab chiqarishi gurkirab rivojlanishi natijasida
XIX asrda Efiopiyadagi qaysi jarayon Buyuk Britaniyaning bu mamlakatni bosib olishdagi harakatlarini yo`qqa chiqardi? A) Efiopiya xalqining o`zgalarga qaram bo`lmaslik yo`lidagi irodali kurashi
B) Markaziy hokimiyatning kuchli ekanligi
C) Kasaning kuchli davlat qura olishi
D) Angliya va Fransiya o`rtasidagi ziddiyat
Pyotr I faoliyati bilan bog`liq voqealar to`g`ri ko`rsatilgan javobni toping. 1) Rossiyada kuchli harbiy dengiz floti tuzildi; 2) Daniya bilan ittifoq tuzildi; 3) Boyarlar dumasi o`rniga Senat tuzildi;
4) Ma’lum muddat harbiy xizmat o`taladigan zamonaviy qo`shin shakllantirildi; 5) Boltiq dengiziga chiqish uchun “shimoliy urush” bo`lib o`tdi. 6) Belorussiya bilan bo`lgan hal qiluvchi jangda Shvetsiya ustidan g`alaba qozondi.
A) 2, 3, 5, 6 B) 1, 3, 4, 6 C) 1, 2, 3, 5 D) 1, 2, 5, 6
XIX asrda Sardiniya qirolligi tomonidan Italiyani birlashtirishni eslang. Quyidagi qaysi shahar nisbatan keyinroq qo`shib olingan?
A) Rim B) Venetsiya C) Sitsiliya D) Milan
Rossiya imperiya davlatga aylangan vaqtda Xiva xoni bo`lgan shaxsni aniqlang. A) Abulg`ozixon B) Sherg`ozixon C) Anushaxon D) Elbarsxon
Rossiyada Pugachyov qo`zg`oloni bostirilgan vaqtda Afg`onistonda hukmronlik qilgan shaxsni aniqlang.
A) Temurshoh B) Sheralixon C) Ahmadshoh D) Mir Mahmud
Fransiyada monarxiya ag`darilib tashlangan vaqtda (1792-yil) yakobinchilar tomonidan ilgari surilgan talablarni aniqlang.
1) Mamlakatdagi boshqaruvni izga solish uchun harbiy xuntalar tashkil etish; 2) Qirolni darhol sud qilish va qatl etish; 3) Respublika e’lon qilish; 4) Feodal qaramlikni butunlay tugatish; 5) Inqilobiy diktaturani to`xtatish; 6) Chet ellik bosqinchilarga qarshi inqilobiy urush olib borish.
A) 2, 3, 4, 6 B) 1, 3, 4, 6 C) 1, 4, 5, 6 D) 2, 3, 5, 6
Subhonqulixon Xivadagi tarafdorlari xizmatidan foydalanib, xonlikni Buxoro xonligi tasarrufiga olgan yilda jahon tarixida yuz bergan voqeani belgilang.
A) Vilgelm III o`z qo`shini bilan Londonga kirib keldi va Angliya taxtiga o`tirdi
B) Angliyada Yakov II taxtga o`tirdi C) Angliya respublika deb e’lon qilindi
D) Buyuk Britaniyada parlament vakolati olti yil etib belgilandi
XVII asrda quyidagi qaysi voqeadan keyin Angliyada savdogarlar savdo ishlarini bajarish uchun ruxsatnoma olib o`tirmaydigan bo`ldi?
A) “Huquqqlar tog`risida bill” va “Huquqlar to`g`risida petitsiya” imzolangach
B) Fuqarolar urushida parlament qirol ustidan g`alaba qozongach C) Cheklangan monarxiya o`rnatilgach
D) Angliya va Shotlandiya o`rtasidagi uniya qonuniylashtirilgach
1841-yilda Qobul shahri aholisi qaysi davlatga qarshi qo`zg`olon ko`tardi? A) Eron B) Turkiya C) Rossiya D) Buyuk Britaniya
Fransiyada oliy tabaqaviy-vakillik muassasasi - General shtatlarni dastlabki chaqirgan hukmdor (a) va so`nggi chaqirgan hukmdor (b) ni belgilang.
1) Karl VIII 2) Lyudovik XI 3) Filipp IV 4) Filipp II 5) Lyudovik XVI 6) Lyudovik XIV
A) a-2, b-6 B) a-1, b-6 C) a-3, b-5 D) a-4, b-3
Yaponiya tarixida “Kurashayotgan viloyatlar” davrida Buxoro xonligida hukmronlik qilgan sulolani aniqlang. A) Shayboniylar B) Temuriylar C) Mang`itlar D) Ashtarxoniylar
Rossiyaning qaysi podshosi davrida Sobor qaroriga binoan Moskva uyezdidan dvoryanlarning ming nafariga yer-mulk ajratib beriladigan bo`ldi?
A) Pyotr I davrida B) Ivan III davrida C) Ivan IV davrida D) Vasiliy IV davrida
Quyidagi qaysi ta’limot tarafdorlari jamiyatdagi mavjud sinflar va qatlamlar orasidagi qat’iy chegaralarning saqlanishi jamiyatda tinchlik va tartibni saqlashning zarur shartlaridan biri deb ishonishgan?
A) Sotsializm B) Konservatizm C) Kommunizm D) Liberalizm
Fransiyada 1789-yil uchinchi toifa tuzgan yangi parlament Milliy Kengash nima uchun o`zini Ta’sis Majlisi deb e’lon qildi?
A) Mamlakat Konstitutsiyasini qabul qilish uchun B) Mutlaq monarxiyani saqlab qolish uchun
C) General shtatlarni tugatish maqsadida D) Yuqori toifalarning mol-mulkini soliqqa tortish maqsadida
Safaviylar sulolasining birinchi va so`nggi hukmdorini belgilang. 1) Ismoil Safaviy 2) Shoh Abbos 3) Taxmasp I 4) Taxmasp II 5) Mir Mahmud
6) Sulton Husayn A) 1, 6 B) 2, 5 C) 2, 3 D) 1, 4
Qachon “Ozodlik farzandlari” deb ataluvchi tashkilot tuzilgan? A) 1765-yil B) 1763-yil C) 1721-yil D) 1787-yil
Do'stlaringiz bilan baham: |