I.I.Meshaninov o‘z tadqiqotlarida fe’lning shaxs, zamon, mayl, nisbat, vid kabi grammatik kategoriyalariga alohida e’tibor berdi. Fe’l va kesim munosabati, nisbat, nisbatning gap semantikasiga, fe’l semantikasiga bog‘liqligi, harakat (faoliyat), holat fe’llari, ularning gapdagi o‘rni, ahamiyati kabi masalalarni nazariy yo‘nalishda atroficha yoritdi.
- Akademik V.V.Vinogradov (1895-1969) akad. L.V.Shcherba va prof. A.A.Shaxmatovlarning shogirdi. U dastavval Peterburg davlat universitetining so‘ngra Moskva davlat universitetining professori bo‘ldi. .V.Vinogradov 1946 yildan, akad. L.V.Shcherbadan so‘ng, sho‘ro davrining eng buyuk tilshunosidir. U o‘zi asos solgan rus adabiy tilining tarixchisi, tadqiqotchisidir. Olim tilshunoslik va adabiyotshunoslikka oid 250 dan ortiq asar yaratdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |