Sho`rlangan yerlarda kartoshka reja: I. Kirish. II. Asosiy qism


Kartoshka yetishtirish texnologiyasi



Download 85 Kb.
bet2/4
Sana25.06.2022
Hajmi85 Kb.
#703130
1   2   3   4
Bog'liq
SHO`RLANGAN YERLARDA KARTOSHKA

2.1. Kartoshka yetishtirish texnologiyasi
Kartoshka tuganaklari mo’’tadil iqlim sharoitida tuproqda saqlanmaydi, chunki sovuq harorat uni zararlaydi. SHuning uchun bu tuganaklar kuz faslida kovlab olinib, bahorda qayta ekiladi va xuddi bir yillik o’simlik sifatidat o’stiriladi
Yer tanlash, o‘tmishdosh ekinlar, almashlab ekishdagi o‘rni. Yer tanlash. Turli xil tuproqlarda kartoshkadan yuqori hosil olish mumkin. Ammo, kartoshka ildiz tizimi yaxshi rivojlanmagan, shuning uchun madaniylashtirilgan, mexanik tarkibi yengil, g‘ovak, havo va namlik bilan yetarli darajada ta’minlangan tuproqlar eng qulay hisoblanadi. Mexanik tarkibi og‘ir tuproqlarga ko‘p miqdorda organik o‘g‘itlar solib uni madaniylashtirish kerak. Kartoshka oq tomirini (stolonlarini) hech qanday qarshiliklarga uchramasdan o‘sishi va rivojlanishi hamda tugunaklarini erkin yiriklashishi uchun g‘ovakli tuproqlar zarurdir. Atmosfera va tuproq o‘rtasida gazlar almashinishi g‘ovak tuproqlarda yaxshi kechadi. Bunday tuproqlarda ildiz va tugunaklar kislorod bilan yaxshi taxminlanadi. ~ovak tuproqlarda harorat va suv bilan ta’minlash sharoiti yetarli darajada yaratiladi. Zichlashib qoladigan tuproqlarda tomirlar shoxlab ketadi, mayda, aynigan tugunaklar hosil bo‘ladi, bu o‘z navbatida umumiy hosilni kamaytirib, uni sifatini pasaytiradi. Kartoshka uchun ma’lum miqdordagi gumus bo‘lishi va tuproq eritmasi konsentratsiyasi uni talabi darajasida bo‘lishi kerak. Tuproq tarkibidagi gumus 3-3,5 foiz bo‘lsa kartoshka uchun yetarli, 1 foiz bo‘lganda uchun minimal hisoblanadi. RN-5,5-6,5 ga teng bo‘lsa kartoshka uchun eng qulay, rN-4,1 dan kam va 7,4 dan ko‘p bo‘lsa uni o‘sishi va rivojlanishi uchun noqulay sharoit hosil bo‘ladi. Tuproq tarkibidagi xlor miqdori 0,015 foizdan yuqori bo‘lsa uni o‘sishiga salbiy ta’sir etib hosildorligini pasaytiradi. Urug‘lik va o‘simlikda hosil bo‘layotgan tugunaklar uzoq muddat zax yerda qolishga bardoshli emas. Shuning uchun biroz suv bosadigan yerlarda kartoshka yetishtirish uchun zarur bo‘ladigan meliorativ ishlarini o‘tkazish maqsadga muvofiqdir. 136 O‘zbekistonda kartoshka o‘simligiga yoz faslida kamroq qiziydigan, organik moddalarga boy, tog‘li va tog‘oldi rayonlari tuproqlari eng qulay bo‘lib, u yerlarda yuqori hosil va sog‘lom urug‘lik beradi. Pastekislikda esa daryoning quyi terrasalaridagi salqin gidromorf yerlar kartoshka yetishtirishga eng qulay tuproqlar hisoblanadi. Gidromorf tuproqlar organik moddalarga boy bo‘lishi bilan birga kam qiziydi (55 rasm). Kartoshka yetishtirishga bo‘z va boshqa turdagi tuproqlar ham yaroqlidir. Mexanik tarkibiga ko‘ra yengil va qumoq tuproqlar kartoshka yetishtirish uchun eng qulay yerlar hisoblanadi. Kartoshka sho‘rlangan yerlarda ham yetishtiriladi. Yuqori hosil yetishtirish uchyaun bundvy tuproqlar tarkibidagi xlor miqdorini kuz-qish faslida 0,01 foizga tushiradigan hamda kartoshka o‘suv davrida uni ildiz qismi joylashadigan tuproq qatlamiga tuzlar ko‘tarilishi oldini olish meliorativ chora-tadbirlar o‘tkazilishi kerak. Kartoshka yetishtirish uchun tog‘lik va past – balandlik yerlar tanlanayotganida, uni relefi xususiyatlari hisobga olinishi kerak. Janubga nishab yerlar, shimolga nishabliga nisbatan kuyosh nuridan ko‘proq qiziydi (56 rasm), g‘arbiy va sharqiy tomonga qiya yerlar oraliq holatda bo‘ladi. 137 55 rasm. Sizot suvlarning chuqur –(1) va yuza – 0,6 m (2) turishiga ko‘ra (iyul oyida) 10 sm chuqurlikda tuproq harorati (Toshkent viloyati) 56 rasm. Nishabi janubga (1) va shimolga qaragan kartoshka ekilgan yerlarning 10 sm chuqurlikdagi harorati. Kartoshka, yuqori haroratdan qiynaladi, shuning uchun tog‘lik yerlarda nishabi shimolga va g‘arbga yo‘nalgan qiyaliklarga ekilgani ma’qul. O‘tmishdosh ekinlarga munosabati. Dehqonchilik tajribalari va kartoshkachilik izlanishlari shundan dalolat beradiki, kartoshkadan har yili muntazam ravishda yuqori hosil olish uchun o‘simlikni biologik talabiga ko‘ra almashlab ekish tizimi barcha shart-sharoitlariga (eng yaxshi o‘tmishdoshdan so‘ng joylashtirish, g‘ovak haydalma qatlamini yaratish, begona o‘tlardan toza, muntazam ravishda suv va mineral oziqalar bilan ta’minlash, kasallik va zararkunandalardan himoya qilish) qat’iy amal qilish orqali erishish mumkin. Amalda, ayrim hollarda bir yerga bir necha yil mobaynida surunkali ravishda ham kartoshka ekib yetishtiriladi. Bunday hollarda tuproq unumdorligi organik o‘g‘itlardan ko‘p miqdorda solib va uni meliorativ holatini yaxshilab borish hamda bundan tashqari kartoshka o‘simligiga xos bo‘lgan kasallik va zararkunandalarning ko‘payib ketish xavfi bo‘lmagandagina kartoshka yetishtirish mumkin. Bunday sharoitni yaratish nihoyatda qiyin. Shuning uchun bir yerga kartoshkani qayta - qayta ekish hosildorligini pasaytiradi. Bu, kartoshka biologiyasiga nomuvofiqligi bilan bog‘liqdir. Ammo, o‘simlikshunoslik nuqtai nazaridan muvofiq, lekin turli xildagi nemotodalar bilan zararlanishi fitopotologik jihatidan ko‘pchilik hollarda nomuvofiqdir. O‘zbekiston sabzavot-kartoshka tajriba stansiyasi ma’lumotlariga ko‘ra bir yerga surunkali ravishda kartoshka ekish uni hosildorligiga quyidagicha ta’sir etgan: birinchi yili –149,3, ikkinchi yili- 103,9 va uchinchi yili – 90,2 s/ga ni, so‘lish kasalligi bilan zararlanishi esa yillar bo‘yicha tegishlicha: 3,7, 12,2 va 21,7 foizni tashkil etgan. 138 Almashlab ekish dalani fitopotologik sanitariya jihatidan sog‘lomlashtiribgina qolmay, balki hosildorlikni ko‘paytiradi, o‘simlikni oziq moddalar bilan ta’minlanishini, tugunak sifatini yaxshilaydi, tuproq suv va fizik xususiyatlarini me’yoriga keltiradi, o‘simliklarni parvarishlashda va hosilni yig‘ishda mashina va mexanizmlardan keng foydalanishga imkon yaratish bilan birga ish unumdorligini oshirishga ijobiy ta’sir etishi aniqlangan. Kartoshka uchun o‘tmishdosh ekinlar turli iqlim sharoitlarda turlichadir. Ular kartoshka yetishtiriladigan xo‘jaliklarning tabiiy va iqtisodiy sharoitidan kelib chiqgan holda aniqlanadi. Kartoshka uchun qaysi ekinlar o‘tmishdosh sifatida foydalanishligi 10 jadvalda keltirilgan. 10 jadval. Kartoshka uchun yaroqli har xil o‘tmishdoshlar (D.Shpaara,1999). Ekinlar O‘tmishdoshlar yaroqliligi mumkin, o‘zini oqlamaydi yaxshi shartli mumkin mumkin emas Kuzgi arpa x Kuzgi javdar x Kuzgi bug‘doy x Bahorgi arpa x Suli x Makkajo‘xori silos uchun  Kuzgi indov x Bahorgi indov x Boqla x No‘xat x Lyupin x Kartoshka 0 zig‘ir x Nasha o‘simligi x 139 Qizil lavlagi  Yo‘ng‘ichqa  Beda, o‘t aralash x

Download 85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish