Sho'rchi tumanidagi "Dalvarzin tepa"yodgorligi haqida



Download 32 Kb.
Sana20.06.2022
Hajmi32 Kb.
#685049
Bog'liq
Abror Tangirberdiyev Diyarovich


Sho'rchi tumanidagi "Dalvarzin tepa"yodgorligi haqida.
Abror Tangirberdiyev Diyarovich inistitetda Denov tadbirkorlik va pedagogika unistiteti"tarix sirtqi mamlakatlar va yo'nalishlar fakultiteti sirtqi bo'lim 1kurs talabasi.O"zbekiston tarixi +998915838883
Annotatsiya:Ushbu maqolada Sho'rchi tumanidagi "Dalvarzin tepa"yodgorligi haqida hamda Kushonlar davrida Dalvarzintepa haqida ma‘lumotlar berilgan.
Kalit so'zlar:Dalvarzintepa,shaxar xarobasi,Surxondaryo,Sho'rchi,qal'a,savdogarlar,ruhoniylar.
Dalvarzintepa- qadimgi Shahar xarobasi. Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumani markazi- Sho‘rchi sharqdan 10 km shimoliy-sharqda joylashgan. Maydoni 47 ga. Dalvarzintepa 2 qismdan: qudratli mudofaa devori (qalinligi10 metrgacha) bilan o‘rab olingan shoh saroy qal'asi va shaharning o‘zidan iborat. Shahar ham mudofaaning istehkomli tizimiga ega bo‘lib, bu yerda aslzodalar, hunarmandlar, kulollar, savdogarlar va ruhoniylar istiqomat qilishgan.
O‘zbekiston san'atshunoslik ilmiy tadqiqotining san'atshunoslik ekspeditsiyasi Dalvarzintepada 1962 yilda dastlabki tekshiruv ishlarini va 1967 yildan buyon muntazam arxeologik qidiruv ishlarini olib boradi. Dushanba shaxrida «Kushonlar davrida Markaziy Osiyo» mavzuida o‘tgan xalqaro simpoziumi (1968) da ekspeditsiya topilmalari (haykallar, kulolchilik buyumlari, shahar mudofaa inshootlarini o‘rganish natijalari va h.k.) asosida Kushon podsholigining dastlabki poytaxti Dalvarzintepa o‘rnida bo‘lgan, degan faraz oldinga surilgan edi. Miloddan avvalgi 2-asr oxirlarida hozirgi Dalvarzintepa o‘rnida kichik manzilgoh paydo bo‘lgan. Kushon podsholaridan Kanishka davrida Dalvarzintepa shahar sifatida shakllangan. Miloddan avvalgi 1-ars oxiri- milod boshlarida Shimoliy Baqtriya hududida Dalvarzintepadan boshqa bunchalik yirik shahar manbalarda qayd etil-magan. Shahar hududida uni bir qancha mahallalarga ajratgan shohko‘chalar, shu-ningdek, torko‘chalar bo‘lgan. Kengligi 12 metrga yaqin shoh ko‘chalardan biri badavlat fuqarolarning uylaridan ikkitasiga (dala belgisi: DT-5 va DT-6) borib taqaladi. 1972 yi ekspeditsiya shu uylarning biridan vazni salkam 36 kg chamasi keladigan oltin bezaklardan va yombilardan iborat noyob xazinani va fil suyagidan ishlangan, dunyoda eng qadimgi bo‘lgan shaxmat donalarini topdi (qadimgi Dalvarzintepa xazinasi). Badavlat fuqarolarning mahallasidan tashqari shaharda, arkka (qo‘rg‘onga) yaqin yerda hunarmandlar va kulollarning uylari joylashgan.Shu yerda ko‘p xonali uy, kulolchilik buyumlarini quritish may-donchasi va11 xumdon ochildi. Qadimdasharobpazlar yashab, ishlagan uylar va musallasxonalar shaharning qarshi tomonida joylashgan. Dalvarzintepaning shim.-g‘arbiy qismidan Kushon ma'budalaridan biriga bag‘ishlangan ibodatxona topilgan. Shahar devori tashqarisida esa budda ibodatxonasi va aslzodalar dafn etilgan daxma topildi. Asosiy shohko‘chalardan biri o‘tgan shahar markazida budda majmuasi- ulug‘vor haykallari bo‘lgan ibodatxona qad ko‘targan (dala belgisi: DT-25).Milloddan avvalgi 3-asr oxiri- 4-asr boshlarida Kushon podsholigi eftaliylar tomonidan zabt etilgandan keyin Dalvarzintepa vayron kilinib hayot faqat uning bir qismidagina (hozirdaqal'a(hisor) shoh saroyio‘rnida) saqlanib kelgan. Arablar istilosidan so‘ng shahar batamom vayron kilinib, hayot Dalvarzintepadan 10 km chamasi sharqtsa, Budrochtepa o‘rniga ko‘chgan. 1989 yil Dalvarzintepani o‘rganishda yangi bosqich bo‘ldi- O‘zbekistan san'atshunoslik ekspeditsiyasi bilan Yaponiyaning Tokiodagi Soka un-ti va Kashixarada-gi Arxeologiya in-tining prof. Kyud-zo Kato rahbarligidagi ekspeditsiyasi qamkorlikda ish olib borishmoqda.Markaziy Osiyo buddaviylik tarixini o‘rganish, buddaviylik personajlari iko-nografiyasi, shaqarsozlik jarayonining o‘ziga xos jihatlari va qonuniyatlari, davlatchilikning shakllanishi, Buyuk ipak yo‘li izlari, Kushonlar davrida-gi diniy e'tiqodlarning o‘zaro ta'siri va ular Baqtriya-Toxariston san'atida aks ettirilishi yapon va o‘zbek olimlari oldidagi eng dolzarb ilmiy muammolar qatorida turadi.
Dalvarzintepa 1108.Kushon imperiyasi davrining (eramizning I-IV asrlari) yodgorliklari orasida Termizdan 60 km uzoqlikda Surxondaryo viloyatining Sho‘rchi tumanida joylashgan qadimiy Dalvarzintepa shaharchasi alohida o‘rin egallaydi.
Ushbu obyektni batafsil o‘rganish 1967 yilda tarixchilar Galina Pugachenkova va M.E. Masson tomonidan boshlangan. Qadimgi shaharning shimoliy qismida Baqtriya maʼbudasi ibodatxonasi va noyob rasmlar topilgan. Mazkur hududda miloddan avvalgi I asrning boshlarida barpo etilgan budda ibodatxonasining xarobalari topilgan, bu O‘zbekistondagi eng qadimgi buddaviylik binosi hisoblanadi. Kushon imperiyasi davrida bu yerda shaharlar, tumanlar va turar-joylar gullab-yashnagan.Dalverzintepa Ushbu obyektni batafsil o‘rganish 1967 yilda tarixchilar Galina Pugachenkova va M.E. Masson tomonidan boshlangan. Qadimgi shaharning shimoliy qismida Baqtriya maʼbudasi ibodatxonasi va noyob rasmlar topilgan. Mazkur hududda miloddan avvalgi I asrning boshlarida barpo etilgan budda ibodatxonasining xarobalari topilgan, bu O‘zbekistondagi eng qadimgi buddaviylik binosi hisoblanadi. Kushon imperiyasi davrida bu yerda shaharlar, tumanlar va turar-joylar gullab-yashnagan.1972 yilda qadimgi shaharchaning ko‘chalari o‘rganilayotganda uy deb taxmin qilinayotgan binolardan birida og‘irligi 36 kg bo‘lgan oltin buyumlar xazinasi topilgan. O‘zining ilmiy ahamiyatiga ko‘ra Dalvarzin xazinasi Britaniya muzeyida saqlanayotgan mashhur Amudaryo xazinasidan qolishmaydi.Ushbu joyda olib borilgan qazish ishlari davomida fil suyagidan yasalgan turli xil buyumlar topilgan, ular orasida dunyoda eng qadimgi shaxmat donalari (eramizning 1-2 asrlari), qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik buyumlari, tangalar va Yunon-Baqtriya davriga oid nozik sopol buyumlar alohida o‘rin egallaydi.Surxondaryo viloyatining Sho‘rchi tumanida joylashgan Dalvarzintepa yodgorligi 50 yildan buyon arxeologlar tomonidan tadqiq etilmoqda. Bu tadqiqotlar va o‘rganishlar davomida topilgan ashyolar tariximiz naqadar boy ekanidan dalolat beradi. Tarixiy eksponatlar orasida ham moddiy, ham madaniy jihatdan qimmatlisi Dalvarzintepa xazinasidir.Xazina qanday topilgan?— Sho‘rchi tumanidagi Dalvarzintepa Kushonlar davri madaniyatining mashhur yodgorligi sanaladi. Tepalikda o‘tgan asrning 60-yillaridan keyin qazilma ishlari boshlangan, — deydi Termiz davlat universiteti Tarix fakultetining magistratura yo‘nalishi ikkinchi bosqich talabasi Saidvali Sultonov. — 1972 yildagi qazishma ishlarida akademik Edvard Rtveladze boshchiligidagi bir guruh arxeologlar og‘irligi 36 kg. bo‘lgan oltin buyumlarni topadi. Kichik ko‘zadagi xazina qadimiy shahar uylardan birining poli tagiga ko‘mib qo‘yilgan ekan. Ko‘zada oltindan tayyorlangan sirg‘alar, bilakuzuklar, kamarbandlar, uzuklardan iborat 115 ta buyum bo‘lgan. Ularning har biri, avvalo, san'at asari sifatida bebaho ahamiyatga ega. Chunki oltin bezaklar zo‘r mahorat bilan tayyorlangan. Ular go‘zalligi, nafisligi, jimjimadorligi va nozik ishlanganligi bilan kishini lol qoldiradi. Xazina orasidagi kamarbandlarda afsonaviy hayvonlar tasvirlangan. Bu topildiq Kushonlar davrida Baqtriyada zargarlik san'atining yuqori darajada taraqqiy etganidan dalolat beradi.Dalvarzintepa xazinasi qayerda saqlanadi?Yaqin o‘tmishimizdan ma'lumki, o‘tgan asrda istilochilar yurtimiz boyliklarini turli yo‘llar bilan o‘z vataniga olib ketgan. Ular ba'zan qimmatbaho topilmalarni oddiy odamlardan arzon-garovga sotib olgan bo‘lsa, gohida shunchaki o‘ziga tegishli buyumdek cho‘ntagiga urishgan. Ne ajabki, o‘sha zamonda topilgan Dalvarzintepa xazinasi yurtimizda saqlab qolinadi.— Tarixda yaxshi bilasizki, o‘tgan asrning 70-80-yillarida yurtimiz siyosiy hayotini Sharof Rashidovsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi, — deydi S.Sultonov. — Nazarimda, Dalvarzintepa xazinasini saqlab qolishda Sharof Rashidovning xizmati bor. Chunki oddiy sopol idishni ham yurtimizda qoldirishni istamaganlar bunday katta xazinadan osongina kechib ketmagani aniq. Ehtimol, xazina boshqa insonlar sabab saqlab qolingandir. Nima bo‘lganda ham mana shu tarixni o‘rganishning o‘ziyoq biz, yoshlarga ulkan saboq bo‘lishiga ishonaman.Kushonlarning ilk poytaxti.Dalvarzintepadan Budda ibodatxonasining qoldiqlari, gipsdan ishlangan ajoyib haykallar, Buddaning boshi, qimmatbaho fil suyagidan tayyorlangan shaxmatning ikki donasi ham topilgan. Topilmalar orasida Kushonlar imperatori Vima Kadfiz tasviri tushirilgan muhr katta ahamiyatga ega. U Dalvarzintepa Kushonlar davlatining ilk poytaxti bo‘lganidan dalolat beradi.
Mazkur muhr mashhur yapon arxeologi, marhum Kato Kyudzo hamda taniqli olim Bahodir Turg‘unov ishtirokidagi qazishmalari vaqtida tangalar, g‘alati shaklga ega bo‘lgan tutqichli tangasimon buyum qatorida topilgan. Bu noyob topilma Surxon vohasi Kushonlar imperiyasi davrida ancha muhim ahamiyatga ega bo‘lgani, ma'muriy-siyosiy markazga aylantirilganini isbotlaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
www.ziyonet.uz.
O‘zbekiston tarixi A.S.Sagdullayev
O‘zbekiston tarixi Qamariddin Usmonov 1-kitob
O‘zbekiston tarixi Qamariddin Usmonov 2-kitob
Download 32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish