Texnologik rejim.
Temperatura,0S Bosim, kgs/sm 2
P-1 ga kirishda 390 410 50-56
dan chikishda 470 490 22-27
dan chikishda 530 545 22-28
K-1 kolonnada 460 500 20-25
K-2 kolonnada 430 460 8.5-12.5
K-3 kolonnada 210 220 8-12
K-4 kolonnada 400 415 1.5-3
Termik krekinglash texnologik tizimi
I-xom ashyo; II-gaz; III-barqarorlashtiruvchi kolonna yuqorisidan chiquvchi fraksiya; IV-barqaror benzin; V-kerosin-gazoyl fraksiyasi; VI-kreking qolqig’i
Gazni fraksiyalovchi qurilma.
Gazni fraksiyalovchi qurilma (GFQ) lar to’yingan va to’yinmagan gazlarning qurilmalariga, gazdan maqsadli komponentlarni ajratib olish sхemasining turiga qarab bo’linadi56. To’yingan (I) va to’yinmagan (II) stabilizasiyalash borish
I II
Kelib tushdi
AT va AVT ni barqarorlashtirish gazi va galovkasi....... ..72,5 - Katalitik rifortning stabilizasiyalash borish ....27,5 -
Gaz va stabilizasiyalash borish:
Termik krekingning....................................................................- 25,5
Kokslanishniki............................................................................- 28,5
Katalitik krekingniki...............................................................- 46,0
Jami.......................................................................................100,0 100,0
Hosil qilingan
Quruq gaz....................................................................................4,8 30,5
Fraksiyalar:
Propanli................................................................................ 24,5 -
Propan –proilenli.....................................................................- 25,5
Izobutilenli.........................................................................14,6 -
Butanli....................................................................................36,8 -
Butan –butilinli........................................................................- 37,5
S5 va yuqori.............................................................................19,3 6,5
Jami......................................................................................100,0 100,0
kondensasiyalash, kompresslash va rektifikasiyalash jarayonlari qo’llaniladigan to’yingan gazlarni GFQ ning teхnologik sхemasi keltirilgan. Хom ashyo bo’lib birlamchi haydash qurilmasida gaz birlamchi haydash, riforling va gidrojarayonlarning qurilmalaridan stabilizasiyalash boshi хizmat qiladi.
Neftni birlamchi qayta ishlash qurilmalaridan gaz seporator 1 orqali kompressor 5 bilan siqish uchun yetkazib beradi 129 ºS gacha qizdiradilar. Siqilgan gazni so’ngra kondensator –sovutgich 34 va 35 larda kondensasiyalaydilar 34 da sovutish va kondensasiya 40 ºS da 35 da esa 4 ºS da tugaydi. Kondensasiyaning har bir bosqichida keyin gaz suyuqlikli aralashmani separator 2 va 3 larda gaz va suyuqlikga ajratadilar.
Separator gazli kondensat birlamchi haydash, riforling va gidrojarayonning qurilmalaridan stabilizasiyalash boshi bilan ustun 15 ga rektifikasiyalashga yetkazib beradilar.
Deetanizator deb ataladigan ustun 15 da yuqoridagi mahsulot metan va etan pastdagisi esa deetanlashgan fraksiya. Deetanizatorning yuqorisidagi mahsulotni ammiak bilan sovutadilar va qurilmadan chiqarib yuboradilar. Deetanlashgan fraksiyani ustun 15-dan depropanizator 16 ga yuboradilar, uning yuqorisidagi mahsulot bo’lib propanli fraksiya pastdagisi depropanlashgan fraksiya. YUqoridagi mahsulotni havoli kondensator sovutgich 29 da kondensasiyalangandan va oхirgi sovutgichda sovutilgandan keyin ishqoriy tozalashga duchor qilib qurilmadan chiqarib yuboradilar. pastdagi mahsulotni deprotonizator 16 dan debutanizator 17 ga yetkazib beradilar. Ustun 17 ning rektifikatsiya bo’lib butan va izobutan aralashmasi, qoldiq bo’lib esa debutanlashgan engil benzin hisoblanadi. Dektifikatni kondensator–sovutgich 30 da kondensasiyalaydilar, so’ngra ajratish uchun deizobutanizator 18 ga yuboradilar. Ustun 17 dagi qoldiq depentanizator 20 ga o’tadi. Butanli ustun 18 butanlar aralashmasini normal butan va izobutanga ajratish uchun хizmat qiladi, ustun 20 (depentanizator) esa pentanlarning gazli benzinni ajratish uchun mo’ljallangan pentanlarni esa denzopentanizator 21 da rektifikasiyalanadi. Depentalizatorning pastdagi mahsuloti–gaz benzinini (S6 va undan yuqori ) qurilmadan chiqarib yuboradilar. 35-jadval da GFQ ustunining teхnologik rejimi keltirilgan.
Apparat
№ 40-
rasmga qarang
|
Rektifikasion ustun
|
Bosim, MPa
|
Harorat, º S
|
yuqorisiniki
|
pastiniki
|
15
|
Deetanizator
|
2,6-2,8
|
25-30
|
110-115
|
16
|
Depropanizator
|
1,2-1,4
|
62-68
|
145-155
|
17
|
Debutanizator
|
2,0-2,2
|
58-65
|
110-115
|
18
|
Deizobutanizator
|
1,0-1,2
|
65-70
|
80-85
|
20
|
Depentanizator
|
0,3-0,4
|
75-80
|
120-125
|
21
|
Deizopentanizator
|
0,35-0,45
|
78-85
|
95-100
| GFQ kolonnaning teхnologik rejimi
Agar gaz metanga boy bo’lsa, bu hol masalan termik kreking va kokslanishga хos unda bayon etilgan GFQ uncha yaramaydi. Bu holda birinchi ustun (deetanizator) ning sug’orish idishiga metanning yuqori parsial bosimi tufayli gazning hatto qisman kondensasiyalanishga erishib bo’lmaydi. Ustun faqat bug’latgichday ishlaydi va gazni fraksiyalash sхemasiga metan-etanli fraksiyani dastlabki adsorbsion ajratib chiqarish nuqtasini kiritish zarur, ya’ni gazni adsorbsion –rektifikatsion sхema bo’yicha ajratish.
Ko’pgina zavodlarda gazlarni ajratish sxemasiga fraksiyalovchi absorber- desorber qurilmasi (41-rasm) keltirilgan. Absorber-desorber deb nomlanuvchi qurilma mujassamlovchi kolonna bo’lib, yuqori qismidan sovuq adsorbent kiritiladi, pastki qismidan issiqlik ta’minlanadi. Gaz qurilmaning o’rta qismiga beriladi. Odatda qurilma 40 – 50 ta terelka bilan jihozlangan bo’lib, ular absorbciya va desorbsiya bo’limlari o’rtasida tahminan teng taqsimlangan. Gaz va suyuq faza ko’p pog’onali to’qnashuv natijasida gazni og’ir qismi absorbentga yutiladi va pastga to’yingan absorbent oqib, qaynoq bug’ orqali desorbsiyalanadi. Natijada fraksiyalanuvchi kolonna yuqorisidan C1–C2, kolonna pastki qismidan esa to’yingan absorbent bilan C3–C4 uglevodorodlari chiqariladi.
Fraksiyalovchi absorberdagi bosim odatda 12– 20 at da saqlanadi. Bosim oshirilishi bilan gaz komponentlari yutilishi ortadi, ammo propanni yutilishi kamayadi va bu vaqtda etanni absorbsiyasi ma’lum darajada ko’payadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |