Shonazarova zumradning zoologiya fanidan



Download 412,35 Kb.
bet7/18
Sana17.07.2022
Hajmi412,35 Kb.
#813422
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
Bog'liq
Курс иши

Boshoyoqli mollyuskalar (Cephalopoda) — yuksak tuzilgan dengiz mollyuskalari sinfi. Tanasi (uz. 1 sm dan 5 m gacha) bilateral simmetriyali, odatda, tana va yirik boshboʻlimlaridan iborat. Oyogʻi voronkaga aylangan. Tanasi qalin mantiya bilan qoplangan. Ichki organlari keng mantiya boʻshligʻida joylashgan. Ogʻiz teshigi atrofida 8 yoki 10 ta paypaslagichlari (oyoqlari) boʻladi. Paypaslagichlarida bir necha qator boʻlib joylashgan juda koʻp soʻrgʻichlari bor. Koʻpchilik turlarining chigʻanogʻi evolyutsiya jarayonida reduksiyaga uchragan yoki mantiya burmalari ichida plastinka holida saqlanib qolgan. Haqiqiy chigʻanoq faqat nautilusda boʻladi. Urgʻochi argonavt chigʻanogʻi esa tuxumlarini olib yurishga moslashgan. Bosh miyasi togʻay skelet bilan qoplangan. Toʻtiqush tumshugʻiga oʻxshash egilgan bir juft jagʻlari ozigʻini ushlab turish va maydalash uchun xizmat kiladi. Qirgʻichlari va 2 juft soʻlak bezlari bor. Orqa ichagiga siyoh xaltasi yoʻli ochiladi. Bosh miyasi yirik, boshining ikki yonida yirik va yaxshi rivojlangan koʻzlari joylashgan. Boshoyoqli mollyuskalar rangini tez oʻzgartirish xususiyatiga ega (niqoblanish). Aksariyat turlarida nur taratuvchi organlari boʻladi. Qon aylanish sistemasi deyarli yopiq. Ayrim jinsli, baʼzi turlarida jinsiy dimorfizm yaxshi rivojlangan. Erkagi paypaslagichlarining oʻzgarishidan hosil boʻladigan spermatofori (gektokotil) yordamida urugʻ hujayralarini urgʻochisining mantiya boʻshligʻiga yoki urugʻ qabul qilgichiga kiritadi. Tuxumlari yirik, sariq moddasi koʻp. Tuxumdan voyaga yetgan davriga oʻxshash mollyuska chiqadi. Boshoyoqli mollyuskalar, odatda, reaktiv usudda faol harakat qiladi. Buning uchun boshining pastida joylashgan 2 ta tirqish orqali suv mantiya boʻshligʻiga kiradi; mantiya devorida muskullar kuchli qisqarganda suv voronkasi orqali kuch bilan otilib chiqib, mollyuska tanasini suradi. Koʻpchilik turlarida tanasining keyingi tomonida va ikki yonida bir juft suzgichlari boʻladi. Hozirgi Boshoyoqli mollyuskalar ning 650 ga yaqin turi okean va ochiq dengizlarda tarqalgan, 2 ta (toʻrt jabralilar, ikki jabralilar) kenja sinfga boʻlinadi. Toʻrt jabralilar eng qad. sodda tuzilgan (mas, nautilus), ikki jabralilar esa qolgan barcha hozirgi mollyuskalarni uz ichiga oladi. Pelagik va dengiz tubida hayot kechiradi. Yirtqich, bentofag va plantofag oziqlanadi. Koʻpchilik Boshoyoqli mollyuskalar goʻshti uchun ovlanadi. Ayrim turlari farmatsevtika sanoati uchun xom ashyo hisoblanadi. Dunyo boʻyicha har yili 1,63 mln. t ga yaqin Boshoyoqli mollyuskalar ovlanadi (qarang Mollyuskalar).

Mollyuskalar xilma-xil tuzilgan eng qadimgi hayvonlar guruhi hisoblanadi.Tok shilliq qurti ustki tomonidan chig`anoq bilan o`raglan. Uning chig`anog`i o`ng yoki chap tomonga burilgan. Tana bosh oyoq va vatseral qismlarga bo`linadi. Bosh qismiga og`iz teshigi bir juft ko`z joylashgan mo`ylov ong tomonidagisining ostiga jinsiy teshik ochiladi. Tok shilliq qurtining ovqat hazm qilish sistemasi oldingi o`rta va oxirgi ichakdan tuzilgan (60-rasm). Nafas olish organi o`pka varaqchalaridan tuzilgan. Qon aylanish sistemasi, yurak qorinchasi, yurak bo`lmachasi va yurak oldi bo`shlig`idan boshlangan. Ayirish sistamasi bitta buyrakdan iborat. Ayirish sistemasining yo`li nafas olish teshigi yoniga ochiladi. Tok shilliq qurti ikki jinsli. Unda bitta germofirodit bez tuxumdon va urug`don vazifasini bajaradi.




Download 412,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish