Mazkur loyiha xususiy sektordagi mahalliy hokim va rahbarlar salohiyatini rivojlantirish orqali salohiyatni oshirish sektor dasturini to’ldiradi. U mahalliy ma’muriyatning boshqarish, rejalashtirish va monitoring malakalarini oshirishga yo’naltirilgan. Hozirgi kunda UNICEF turli darajadagi mahalliy hokimiyat rahbarlari uchun Davlat va Jamiyat Qurish Akademiyasi bilan birgalikda o’qitish kurslarini tashkil qilmoqda. Akademiya xodimlari bilan hamkorlikda mavjud o’quv dasturiga maxsus kurs ishlab chiqildi va kiritildi. Bu kurs o’tkazilgan monitoring va Bola huquqlari Konvensiya natijalariga asoslangan menedjement kabi masalalarni qamrab olgan. Hozirgacha bu o’quv kursining ishtirokchilari hokimlar o’rinbosarlari va 9 viloyat turli sektorlarining rahbarlari bo’ldi.