Haykal ishlashning yaxlit usuli.
Bu usulga ko'ra, bir bo‘lak loy ma’lum shaklga keltirilib, uning ortiqcha qismlari olibtashlanadi. Oxirida haykalga yakuniy ishlov beriladi. Ba’zida loy bo'lagini asosga mustahkam o‘rnatish uchun sim bo'laklaridan foydalaniladi.
«Sholg`om» ertagi qahramonlari haykallarini andazaga plastilindan 6-7 o‘quvchi birgalikda ishlang. Ularni ishlashda turli usullardan foy- dalaning.
Yasalgan haykallarni ertak mazmuniga ko'ra turlicha joylashtirish mumkin. Masalan, faqatsholg'om va boboni joylashtirsak, ertakning bir ko'rinishi hosil bo'ladi.
Boshqacharoq joylashtirib, ertakning boshqa ko'rinishini hosil qilamiz. Tasvirlarni bunday joylashtirishga kompozitsiya deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |